Kirish 3-7 bob. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11
Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o’rni
Download 118.51 Kb.
|
O\'zbekiston da. Yer VA yer resuslaridan foydalanishning huquqiy asoslar
Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o’rniYerlarni huquqiy muhofaza qilish monitoringi ekologik monitoring doirasida amalga oshirilib, u bilan uzviy bog’liq hamda uning alohida sohasi sifatida qaraladi. Jumladan,atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ekologik monitoring o’tkaziladi. Ekologik monitoring ko’p maqsadli axborot tizimi bo’lib, uning vazifasi atrof muhitga ta’sir etuvchi manbalar va chiqindilarni kuzatish, baholash va istiqbolni aniqlashdan iborat bo’lib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, yerlarning ifloslanishini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash qoida talablarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Ekologik monitoring o’tkazish asoslari O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining ”Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni 7-moddasida Ekologik 1Земелное право: Учебник./ Боголюбов С.А., Галиновская Э.А.;под ред Боголюбова С.А. –М.:ТК Велби,Изд- во Проспект,2004. –с.154. nazorat obyektlari keltirilgan bo’lib unga ko’ra, “Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat: yer, yer osti boyliklari, suvlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof muhitga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar; atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik”1. Ushbu qonun moddasidan ko’rishimiz mumkinki, yer ekologik nazorat obyekti hisoblanadi.Bundan tashqari, normada keltirilgan boshqa obyektlar muhofazasi ham yerni muhofaza qilish uchun zarur bo’lib, ularning ekologik nazorati ko’pincha birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yildagi №111-sonli Qaroriga Ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi to’g’risida” gi Nizomga asosan, "Atrof tabiiy muhitning davlat monitoring atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni bashorat qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirga uchrashini muntazam kuzatiladigan va bajariladigan tizim hisoblanadi”2. Shuningdek, ushbu Nizomda ko’ra, atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi uchta daraja bo’yicha amalga oshiriladi: respublika monitoringi; mintaqaviy monitoring; mahalliy (impakt) monitoring. 1O’zbekistonRespublikasining ”Ekologiknazoratto’g’risida”giqonuni (Qonunhujjatlarimilliybazasi, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son) 2O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2002-yildagi №111-sonliQarorigaIlovasifatidaqabulqilingan “O’zbekistonRespublikasiatrof-tabiiymuhitningdavlatmonitoringito’g’risida” giNizomga. O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Nizomning 12-bandiga ko’ra, atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:ifloslanish manbalari monitoringi va yer usti ekotizimlari monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan;yerlarning ifloslanishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan;atrof tabiiy muhit sanitariya-gigienik monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu normadan ko’rishimiz mumkinki, yerlarning ifloslanishi monitoringi - O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan doimiy tarzda yer tarkibi, uning tarkibidagi moddalar va unda mavjud bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori tekshirib boriladi. Bunda tegishli organlar bilan hamkorlik qilish juda muhim.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan atrof tabiiy muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyat muvofiqlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan barcha vazirliklar, idoralar va xo’jalik boshqaruvi organlari atrof tabiiy muhitning holati to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga taqdim etib borishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi— yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno, ekologik nazoratni amalga oshiradi. Yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zhekiston Respublikasining „Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni 9-moddasida ekologik nazoratning turlari keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: davlat ekologik nazorati; idoraviy ekologik nazorat; ishlab chiqarish ekologik nazorati; jamoatchilik ekologik nazorati. Davlat ekologik nazorati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216- son qaroriga ILOVA sifatida tasdiqlangan „Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NIZOM asosida olib boriladi. Nizomda davlat ekologik nazorati obyektlaridan biri sifatida yer keltirilgan. Yerni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish, monitoringi va ekspertiza o’tkazish, yerni va tuproq resurslarining muhofaza qilinishi holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mansabdor shaxslarga xo’jalik yurituvchi subyektga xo’jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. Yuqoridagi nizomda davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari keltirilgan bo’lib, ushbu organlardan quydagilari yerni huquqiy muhofaza qilish sohasida nazorat faoliyatini amalga oshiriladi: Davlat ekologiya qo’mitasi —atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida; Sog’liqni saqlash vazirligi —atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi yuzasidan; “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi— yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno1. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari yerni huquqiy muhofaza qilish borasida belgilangan tartibda: yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida: yer ajratish; yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish va ulardan foydalanish shartlariga rioya etish; qishloq xo’jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan shudgor yerlar saqlab qolinishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar bajarilishi holatini o’z ichiga; tuproqning unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklash va oshirishni; yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlashishdan, ikkilamchi sho’rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshqa jarayonlaridan himoya qilinishini; qishloq xo’jalik ekinlarini buta va mayda o’rmonlar, begona o’tlar bilan g’ovlab ketishidan va yerlar holati yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan himoya qilishni; tanazzulga uchragan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini konservatsiyalashni; buzilgan yerlarning rekultivatsiyasini; yerlarning buzilishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini kesib olish, foydalanish va saqlab qolishni; foydali qazilma boyliklarni qazib olish, qurilish va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo’jaligi va o’rmon yerlarini, boshqa yerlarni, ularga zarurat qolmaganda — maqsadga ko’ra foydalanishga yaroqli holga keltirishni o’z ichiga 1VazirlarMahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-sonqarorigaILOVAsifatidatasdiqlangan „Davlatekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NIZOM (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) oluvchi yerlarni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlar majmuasining bajarilishini”1ni ta’minlaydi. Idoraviy hamda ishlab chiqarish ekologik nazoratlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 286-son qarori2ga 1-ILOVA sifatida tasdiqlangan “Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to’g’risida NAMUNAVIY NIZOM” hamda ushbu qarorning 2-ILOVA si “Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida NAMUNAVIY NIZOM” lar bilan tartibga solinadi. Namunaviy Nizomlarda idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bog’liq bo’lsa, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan idoraviy ekologik nazoratni yuritish hamda ishlab chiqarish jaravonida atrof muhitga (suvga) chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar holati ustidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartiblari belgilab qo’yilgan. Qo’shimcha sifatida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida qonun yo’li bilan jamoatchilik ekologik nazorati o’rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-son qaroriga 1-ILOVA sifatida qabul qilingan “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NAMUNAVIY NIZOM bilan jamoatchilik ekologik nazorati o’tkazish asoslari belgilangan. Bunday jamoatchilik nazorati yerni muhofaza qilish doirasida ham amalga oshiriladi. Nizomga ko’ra jamoatchilik ekologik nazorati: fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari; nodavlat notijorat tashkilotlari; fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi3. 1O'zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-sonqarorigaILOVAsifatidatasdiqlangan „Davlatekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NIZOM(Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) 2O'zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining ”Ekologiknazoratsohasidanormativ- huquqiyhujjatlarnitasdiqlashhaqida” 2015-yil 8-oktyabrdagi 286-sonqarori (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) 3O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-sonqaroriga 1- ILOVAsifatidaqabulqilingan “Jamoatchilikekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NAMUNAVIYNIZOM (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son) Download 118.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling