Kirish 3-7 bob. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11


Download 118.51 Kb.
bet1/8
Sana09.04.2023
Hajmi118.51 Kb.
#1343987
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston da. Yer VA yer resuslaridan foydalanishning huquqiy asoslar


MUNDARIJA


KIRISh 3-7

  1. BOB.Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11

    1. Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari 8-11

    2. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari 12-18

  1. BOB.Yerlarni muhofaza qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmi ............................................................................................................. 19-28

2.1. Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimi 19-28

    1. Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o‘rni 29-34

    2. O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun .....

hujjatlarinitakomillashtirishmasalalari 35-49
XULOSA 50-52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 53-54

KIRISH


Kurs ishininig dolzarbligi. Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalaridan biridir. Chunki, jamiyatning moddiy farovonligi, mavjudligi va kelajak avlodlarning taqdiri tabiatning bebaho boyligi bo‘lgan yerga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga bog‘liqdir. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, nafaqat ekologik, balki ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ham egadir.
Tashqi ta‘sirlardan huquqiy himoya qilish obyekti bo‘lgan yerni huquqiy kategoriya sifatida tavsiflaganda, uning tarkibiga yer holatining sifatiga taalluqli boshqa elementlar ham kirishini ta‘kidlab o’tish joiz. Yerlarni ifloslanish va boshqa degradatsiya omillaridan himoya qilish bo‘yicha Yer kodeksida tuproq va uning unumdorligini saqlanishi belgilangan. Tuproq yerning unumdor ustki qatlami bo’lib, tabiiy organik va noorganik omillarning uzoq davom etgan ta‘siri natijasida shakllanadi. Uning qalinligi bir necha millimetrlardan 2 metrgacha bo’lishi mumkin. Shu bilan bog’liq holda alohida ta’kidlab o’tish joizki, yerning huquqiy muhofaza qilishning maqsadi uning umumiy maydonini saqlab qolish bo’lmay (u asosan o’zgarishsiz qolaveradi), balki yer holati sifatini saqlash, tiklash va yaxshilash hamdir. Shunday bo’lsada, yer maqsadsiz foydalanish, o’zboshimchalik bilan egallab olinish kabilardan ham muhofaza qilinadi.
Yer boyliklaridan samarali, ilm-fan tavsiyalari, tabiatning umumiy qonuniyatlari asosida foydalanish va uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash, shak- shubhasiz, hozirgi davrning birinchi darajali vazifalaridan biridir. Shunday ekan qishloq ho’jaligini yanada takomillashtirish yerlardan oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish kabi vazifalarni O‘zbekiston ni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining 3.3. bandida Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish masalalari ya’ni sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni
tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanishni tshkil etish1 kabi masalalar belgilanib o’tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqida ham qishloq ho’jaligi texnikalaribilan taminlanganlikka to’xtalib “ hozirgi paytda mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xo’jaligi texnikasining 38 foizi allaqachon o’z umrini o’tab bo‘lgan , ya’ni butunlay eskirgan. Ayniqsa, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog’ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yig’ib olishga mo’ljallangan texnikalar bilan bor-yo’g’i 34 foiz ta’minlangan, xolos. Bu mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz bo’yicha 16 ming 495 ta qishloq xo’jaligi texnikasi yetishmasligi aniqlangan. Buning oqibatida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishning imkoni bo’lmayapti va shuning uchun pirovard natijada kutilgan samaraga erishilmayapti”2 deb takidlab o’tilgan.
Bu boradagi ishlarning olib borilishining huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3459-son “Qishloq ho’jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”3gi Qarori, “Qishloq ho’jaligini o’z vaqtida qishloq ho’jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”4gi Qarori va mazkur qaror asosida qabul qilinga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 373-son Qarorlari asosida soha takomillashtirilib borildi.



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.O‘zbekistonRespublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 982-modda.
2O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz.
3O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3459-son “ Qishloq ho’jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qaror.Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018 y., 07/18/3459/0505-son.
4O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz.
Yerlarning muhofaza qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidahi nutqida “Birinchidan, yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish eng muhim vazifalardan biridir. Mamlakatimizda sug’oriladigan yerlar atigi 3 million 300 ming gektar bo’lib, uni ko’paytirishning hyech iloji yo’q. Chunki bizda suv resurslari cheklangan. Aholimiz esa yildan-yilga ko’payib bormoqda. Joylarda qat’iy nazorat yo’qligi oqibatida sug’oriladigan yerlarni fermerlar va boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan sotish, o’zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilish holatlari, afsuski, davom etmoqda. Joriy yilning o’zida 20 dan ortiq tumanda, jumladan, Bo’z, Angor, Navbahor, Jomboy, Ohangaron va boshqa tumanlarda sug’oriladigan yerlar fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan. Bunday noxush holatlarni deyarli barcha viloyatlarda kuzatish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi mavjud 700 ming gektarga yaqin lalmi yerning bor- yo’g’i 300 ming gektariga g’alla va moyli ekinlar ekilmoqda.
Qani, aytinglar, qolgan 400 ming gektar yerdan nega foydalanmaymiz? Bunday maydonlarni o’zlashtirish, ularni muntazam ravishda dehqonchilik ekinlari ekiladigan yerlarga aylantirish oson bo’lmaydi, deb o’tirsak o’tiraveramiz. Holbuki, bugungi vaziyat barchamizdan tashabbus ko’rsatib, jahondagi ilg’or tajribalarni chuqur o’rganish, fidoyilik bilan mehnat qilishni talab etmoqda. Bunday ezgu ishga qo’l urgan fermer va dehqonlarimizga biz har tomonlama ko’mak berishga tayyormiz.
O’zingizga ma’lum, har qarich yer – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi hisoblanadi. Undan noqonuniy, o’zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo’q. Afsuski, ana shu oddiy haqiqatni tushunib yetmagan yoki tushunishni va unga amal qilishni istamayotganlar hamon uchrab turibdi. “Yergeodezkadastr” qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan o’rganishlar natijasida joriy yilda 3 ming 600 ga yaqin fermer xo’jaligi g’alla va paxtani shartnomada qayd etilganiga nisbatan 19 ming gektar yerga kam ekkani aniqlangan. 833 ta fermer xo’jaligi esa 13 ming gektar yerda paxta va g’alla
yetishtirish bo’yicha shartnoma tuzgan bo’lsa-da, amalda bu ekinlarni umuman ekmagan. Unumdor yerlarni sotayotgan, noqonuniy tarzda uy-joy qurib olayotgan, shartnomada ko’zda tutilgan ekinlarni ekishdan bo’yin tovlayotgan fermerlarga nisbatan qat’iy choralar ko’radigan va qonuniy baho beradigan vaqt keldi1. Bunda yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Chunki tegishli huquq normalari yerdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi vazifani o’taydi, undan oqilona foydalanish va turli xil g’ayri qonuniy harakatlardan himoya qilish choralarini belgilaydi.
Aytish o’rinliki, yerdan oqilona foylanish va uni muhofaza qilishni huquqning yordamisiz amalga oshirish mumkin emas. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularni asrash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talablarini o’rnatadi va ushbu talablarga rioya qilish choralarini belgilaydi.
Yerlarning huquqiy muhofaza qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash va ularning rolini oshirish borasida O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 5199- son “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining 3 qismi uchinchi xat boshisida fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish2 belgilab o’tilgan
Mamlaktimizda fuqarolarni manfaatlarini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 20 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi





1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz.
2O’zbekiston Respblikasi Prezidentining “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017.10.09. 5199-son Farmon. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017 y., 06/17/5199/0078.
Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar hamda o’zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo’yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o’tkazish to’g’risida”gi Farmoni bilan fuqarolarning o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo’yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini e’lon qilish orqali noqonuniy egallangan yerlarni qonuniylashtirish amalga oshirildi.

Download 118.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling