Kirish 3-7 bob. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11
Download 118.51 Kb.
|
O\'zbekiston da. Yer VA yer resuslaridan foydalanishning huquqiy asoslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning vazifalari.
- I-BOB.YERLARNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNING UMUMIY TAVSIFI
Tadqiqotning predmeti. Tadqiqotning predmetini yerlarni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy holatini tartibga solishga oid milliy normativ- huquqiy hujjatlar majmui, ularni qo’llash amaliyoti hamda mavzuga oid ilmiy- nazariy manbalar tashkil etadi.
Kurs ishning maqsadi.O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilish tizimining huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ularni hozirgi zamon talablariga javob berish darajasini aniqlash va yanada takomillashtirish borasida tegishli nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishning vazifalari.-Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tartibini o’rganish; -Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimining ishtiroki; -Yerlarni muhofaza qilishning chora-tadbirlari; -Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o’rni; -O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari: I-BOB.YERLARNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNING UMUMIY TAVSIFIYerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlariYerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki, xalqning moddiy faravonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga bog’liq bo`ladi. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir. Yerni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasini mustaqilligi e’lon qilingan astlabki kunidayoq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi”1. KeyinchalikbunormaasosiyqonunimizxisoblanmishO‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyadaxamo’zaksinitopgan. Xususan, Konstitutsiyaning 55- moddasida “yer, yerostiboyliklari, suv, o’simlikvahayvonotdunyosihamdaboshqatabiiyzaxiralarumummilliyboylikdir, ulardanoqilonafoydalanishzarurvaulardavlatmuhofazasida” debbelgilabqo’yilgan.Ushbunormalardanko’rishimizmumkinki, yerumummilliyboyliksifatidaasosiyqonunlarimizbilanhammuhofazaqilinadi.Bunda ntashqari, Yerkodeksining 1-moddasidahamshundaynormabelgilangan. Undabelgilanganidek, “yerumummilliyboylikdir, O‘zbekiston Respublikasixalqihayoti, 1 O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil, N 9-12, 268- modda). faoliyativafarovonliginingasosisifatidaundanoqilonafoydalanishzarurvaudavlattom onidanmuhofazaqilinadi”. Yernimuhofazaqilishmaqsadihududnioqilonatashkiletish, tuproqunumdorligini, shuningdekyerningboshqaxossalarinitiklash, yerlarnisuvvashamoleroziyasidan, sellardan, suvbosishdan, zaxlashdan, qaytasho`rbosishdan, qaqrabqolishdan, zaranglashishdan, ishlabchiqarishchiqindilari, kimyoviyvaradioaktivmoddalarbilanifloslanishdanhimoyaqilish, qishloqxo`jalikyerlarinibutavamaydadov-daraxtlar, yovvoyio`tlarbosibketishidanvayerlarningmadaniytexnikaviyholatiniyomonlashtiru vchiboshqajarayonlardanhimoyaetish, yerlarnikonservatsiyaqilish, yerningunumdorliginioshirishgaqaratilganbo`ladi. Yerningtabiiyresurssifatidashundayalohidaxususiyatiborki, ungato`g’rimunosabatdabo`linsa, unimuhofazaetishto`g’risidag’amxo`rlikqilinsahosildorligidoimooshibboradi. Aksincha esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin.Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to`g’risida g’amxo`rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e`tibor qaratishlari lozim. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya`ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 2-moddasi “yer to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari” deb nomlanadi. Unga ko’ra,yer to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo’jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo’li bilan va boshqa tarzda qo’llab-quvvatlash; yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to’lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to’liq bo’lishini hamda undan erkin foydalanishga yo’l qo’yilishini ta’minlash1 kabilar. Yer kodeksining ushbu normasida belgilangan prinsiplarning deyarli barchasi yerlarni huquqiy muhofaza qilish va asrash majburiyatidan kelib chiqil belgilangan. Misol uchun, eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish prinsipini oladigan bo’lsak, bunda yer eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi sifatida talqin etiladi.Shunday ekan, har bir shaxs yerini eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi sifatida tushinib, unga nisbatdan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi lozim. O’zbekiton Respublikasi Yer kodeksida belgilangan normalarni o’rganib chiqish davomida ko’rishimiz mumkinki, Yer kodeksining barcha moddalari yuqoridagi prinsiplarda belgilab berilgan yerlarni huquqiy jihatdan muhofaza etishga qaratilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yana shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta`min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil g`ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Demak, yerdan oqilona, samarali, maqsadga muvofiq foydalanish va muhofaza qilishni qonunlarning yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabini belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. Yerni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator yer huquqiy normalar tuproq unumdorligini himoya qilishni tartibga solishga bag’ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda og’ir va uzoq muddatni talab etadi. Tuproqdan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiitni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 17- moddasida tuproqdan foydalanish shartlari belgilangan. Unga asosan: Tuproq deyilganida yer qobig’ining tiriklik uchun foydalaniladigan va o’simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi. Download 118.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling