Kirish 3-7 bob. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi 8-11
O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari
Download 118.51 Kb.
|
O\'zbekiston da. Yer VA yer resuslaridan foydalanishning huquqiy asoslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariO‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy qoida-talablar, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, maxsus vakolatli davlat organlarining qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining me’yoriy hujjatlari qabul qilingan bo’lib, yer qonunchiligining tizimini tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida yer huquqining muhim yo’nalishlaridan hisoblangan yerlarni muhofaza qilish huquqining qonunchilik asoslari yaratildi va tobora takomillashtirilmoqda. Yer huquqi o’zining rivojlanish tarixiga ega bo’lib, o’z navbatida yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik tizimi ham o’z rivojlanish tarixiga egadir. Yer qonunchiligining rivojlanish tarixini shartli ravishda uch bosqichga bo’lishimiz mumkin: Birinchi bosqich – eramizdan avvalgi ming yilliklardan (yani, shartli ravishda “Avesto” yaratilgan davrdan) to 1924 yilgacha bo‘lgan boy evolyusion davr; ikkinchi bosqich – 1924 – 1991 yillar, ya’ni sobiq ittifoq davri; uchinchi bosqich – 1991 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrga bo’lishimiz mumkin. Birinchi bosqich eramizdan ming yillar ilgarigi davrdan to sotsialistik tuzumgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda mavjud bo‘lgan yer munosabatlariga oid hujjatlarning bazilarigina yetib kelgan xolos. Xususan, ajdodlarimizning muqaddas kitobi “Avesto” huquq manbai sifatida ko’pgina insoniy qadr-qimmatlar asosida insonning yerga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini tartibga solishga ham xizmat qilgan. “Avesto”da atrofmuhit, yer, suv va havoni ifloslantirish og’ir jinoyat hisoblanib, buning uchun 400 qamchi urib jazolash belgilab qo’yilgan1. Undan tashqari “Avesto”da yerdan unumli foydalanish, uni ifloslanishdan saqlash haqidagi qoidalar hamda ularga rioya 1BoboevH.B., XasanovS.X. Avestodasiyosiy-huquqiyqarashlar. // Davlatvahuquq. -2000. № 2-3. – 16 b qilmaslikning huquqiy oqibatlariga alohida o’rin ajratilgan. Odam yoki it o’ligini yerga ko’mib, uni olti oygacha qazib olmagan kishi ming darra, agar bir yilgacha qazib olmasa ikki ming darra bilan urishi ko’rsatilgan1. Uyg’onish davrining yetuk mutafakkirlaridan biri bo’lmish Ibn Sino o’z asarlarida boyligini yerga ko’madigan odamlarni manaviyatsiz va axloqsiz odamlar qatoriga kiritadi3. Mamlakatimiz tarixida yer bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karim” ham muhim o’rin egallaydi. Islom huquqi boshqa huquqiy tizimlardan nafaqat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini balki, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni har tomonlama qamrab olgan holda tartibga solishi bilan ham ajralib turadi. Islom huquqshunosligidagi asosiy huquq manbalaridan biri hisoblangan Burhoniddin Marg’inoniyning “Hidoya” asarining XXXI kitobi yer munosabatlarini tartibga solishga bag’ishlangan bo’lib, unda yerdan foydalanish tartibi belgilab berilgan. “Hidoya”da belgilanishicha, ijaraga topshirilayotgan yerning yoki boshqa mol-mulklarning foydalanish maqsadini shartnomada aniq ko’rsatish lozim bo‘lgan , aks holda ijara shartnomasi haqiqiy sanalmagan. “Hidoya”da ko’rsatilishicha, “yer ijarasi, agar undan foydalanish maqsadi ko’rsatilmasa, haqiqiy emas”. Shu bilan birga, agar ijaraga beruvchi shartnomada: “Men yerni ijaraga ijarachi xohishi bo’yicha foydalanishga beraman, degan”2 tartibda belgilasa, ijarachi o’z xohishi asosida foydalanishi mumkin. Musulmon qonunchiligida yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun javobgarlik masalasiga ham alohida e’tibor berilgan.Chunonchi, yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanganlar javobgarlikka tortilgan.“Agar kimda-kim yerni bug’doy ekish uchun ijaraga olsa-yu, deyiladi “Hidoya”da, - beda eksa, u tuproqqa yetkazilgan zarari uchun javob beradi”3. Ushbu davrga qisqacha xotima yasab shuni aytish mumkinki, yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar turli davrlarda turli shakl va 1 Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va manaviy-marifiy talimotlar taraqqiyoti. T.:“Yangi asr avlodi” – 2001. - 76 b. 3.Irisov A. Abu Ali Ibn Sino. “Fan”,1960. - B.45. 2Хидая. Комментарии мусулманского права.Т.ИИИ.-Т.:Типо-Литография .Лахтина С.И. 1983.-С.257. 3Yerhuquqi. / Mas'ulmuharrirlarUsmonovM.B., Jo‘raevY.O. –T.: TDYuI, 2002. – B.35. usul, tamoyillar asosida tartibga solingan bo’lib, o’sha davrning siyosiy, iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos keladi. Yerlarni muhofaza qilish borasidagi qonunchilikning ikkinchi davri sotsialistik tuzum davri, yani 1924 yildan to 1991 yil – O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar davrni o’z ichiga oladi. XX asrning boshlariga kelib, yerlarni qishlok xo’jaligi maqsadlari uchun o’zlashtirish natijasida insonlar tomonidan yetkazilayotgan zarar ko’lami oshib borishiga qaramasdan, undan foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilikni yaratish masalasiga deyarli e’tibor berilmagan. 1918 yilda qabul qilingan RSFSR Konstitutsiyasida yerga nisbatan xususiy mulkchilik butunlay bekor qilindi va barcha yerlar umummilliy boylik deb elon qilindi hamda hyech qanday to’lovlarsiz barcha yerlar davlat ixtiyoriga olib berilishi ko’rsatildi. 1920 yil 24 sentyabrda qabul qilingan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Konstitutsiyasi yerni milliylashtirishga qaratilgan huquqiy normalari yuqorida ko’rsatilgan RSFSR Konstitutsiyasida qanday bo’lsa shundayligicha ko’chirib olindi. Bu paytda hali mustaqil hisoblangan Xorazm Xalq Sovet Respublikasining 1920 yil 30 aprelda qabul qilingan Konstitutsiyasida esa yerga nisbatan xususiy mulk huquqi saqlanib qolindi, yani fuqarolarga yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida biriktirib berishga ruxsat etilar edi. Faqat 1923 yil 20 oktyabrda qabul qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi konstitutsiyasidagina yerga nisbatan xususiy mulk huquqi bekor qilindi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1921 yil 23 sentyabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham dastlab yerga nisbatan xususiy mulk huquqini saqlab qolgan bo’lsa, 1924 yil 19 oktyabrda Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb elon qilinishi munosabati bilan yerga nisbatan bo‘lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi. 1924 yili O’rta Osiyoda milliy chegaralanish o’tkazilishi munosabati bilan qabul qilingan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida yerga nisbatan bo‘lgan xususiy mulkchilik batamom bekor qilindi va yer davlat mulki deb etirof etildi hamda yer uchastkalari fuqarolarga faqat foydalanish uchungina beriladigan bo’ldi. 1937 yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer ilgarigidek davlat mulki deb elon qilinishi bilan birga yer uchastkalari yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, doimiy berilishi belgilab qo’yildi. Demak, yuqorida qayd etilgan hujjatlarda asosan yerlarga nisbatan mulkchilik shakli to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqilgan bo’lib, yerlarni muhofaza qilish masalasiga umuman to’xtalib o’tilmagan. Yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan tegishli huquqiy normalarning mavjud emasligi uni muhofaza qilishga qaratilgan moliyaviy va kapital mablag’larni ajratishga imkon yaratmas edi. yerdan foydalanuvchi yangi sub’ektlar ya’ni oldingi yersiz kambag’al dehkonlar yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida yetarli bilimga, ishchanlik qobiliyatiga, iqtisodiy, texnik vositalarga ega emas edilar. 1954 yilning 31 dekabrda Ittifoq Ministrlar Sovetining «er fondini yagona davlat hisobiga olish to’g’risida»gi qarorida yerdan to’g’ri va oqilona foydalanishni nazorat kilib borish va hisobga olish vazifalari belgilab qo’yildi, chunki yerlarning kadastri va monitoringini olib bormasdan turib, ularni muhofaza qilishni huquqiy jihatdan tartibga solib bo’lmas edi. 1968 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Ittifoq va ittifoqdosh Respublikalar yer qonunchiligi asoslari”da yerlarni muhofaza qilish huquqiy mexanizmidagi mavjud huquqiy bo’shliq muayyan darajada to’ldirildi. Jumladan, qonunchilik asoslarining 11-12 va 39-40 moddalarida yerdan foydalanuvchilarning yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq majburiyatlari mustahkamlab qo’yilgan. Unda birinchi bor yer qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka oid masalalar o’z aksini topgan. Ittifoq Oliy Sovetining 1970 yil 14 maydagi “yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi farmoni bilan javobgarlikka tortishning iqtisodiy choralari belgilab qo’yildi. 1970 yil 25 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yer to’g’risidagi kodeksida bevosita yerlarni muhofaza qilishga bag’ishlangan bob bo’lmagan. yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq masalalar kodeksning “yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari” deb nomlanadigan bobida qisman belgilab qo’yilgan. Jumladan, 33-moddada “yerlarni muhofaza qilish va tuproq unumdorligini oshirish majburiyatlari” belgilangan bo’lib, unga ko’ra “yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko’rishlari, tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlash yuzasidan tashkiliy-xo’jalik, agrotexnika, o’rmon- melioratsiya va gidrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishlari, yerlarning sho’rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo’l qo’ymasliklari, begona o’tlar paydo bo’lishining oldini olishlari, shuningdek, tuproqning holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlarga yo’l qo’ymasliklari zarur. Yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ixota daraxtlarini o’tqazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar va yerlarni tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar iqtisodiy va sotsial rivojlantirish davlat planlarida nazarda tutiladi hamda tegishli vazirliklar, davlat komitetlari, idoralar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi”1. Mazkur kodeksning 32, 34, 35, 36, 37-38, 40 moddalari ham yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarnitartibga solishga qaratilgan. 1978 yil 19 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan yer davlatning mutlaq mulki deb belgilandi va fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda yordamchi xo’jalik yuritish, bog’dorchilik va polizchilik, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun berish mumkinligi o’rnatildi. Shu Konstitutsiyaning 13-moddasiga ko’ra fuqarolar o’zlariga berib qo’yilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishga majbur ekanligi belgilandi2. Yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik rivojlana borib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1989 yil 8 iyulda bo’lib o’tgan “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish 1 O‘zbekiston SSR yer kodeksi. / O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining vedomostlari. – 1970. - № 33. 401-modda. 2 O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi.-T., 1978. – 4 b to’g’risida”gi Kengashida respublikaning har bir xo’jaligida tomorqa yer ajratish bo’yicha komissiyalar tuzish lozimligi takidlandi. Bundan tashqari, ushbu kengashda ilgari mavjud bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklaridagi uy hayvonlari va tomorqa yer uchastkalari miqdorlari bo’yicha cheklashlar bekor qilindi hamda bundan buyon har bir xo’jalik o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, fuqarolarga tomorqa yer uchastkalari ajratib berish lozimligi ko’rsatildi. Ko’rinib turibdiki, ushbu kengash ham faqat yer ajratib berishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilgan bo’lib, yerlarning muhofazasi haqida hyech narsa aytilmagan. Yer huquqiy munosabatlarni rivojlantirish tarixida SSSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yil 28 fevralda qabul qilingan “SSSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning yer to’g’risida” gi qonun asoslari muhim rol o’ynaydi. Buning sababi esa ushbu qonunda yerlarni berish tartibi, yerni berishda mahalliy Kengashlarning vakolatlari bilan bir vaqtda birinchi marotaba yerdan foydalanish qoidalari buzilganda yer-huquqiy javobgarlik masalalari huquqiy jihatdan tartibga solinganligidadir.Bu javobgarlik masalasining kiritilishi yerlarni muhofaza qilish borasida tashlangan ilk qadamlardan biridir. 1989 yil 23 noyabrda SSSR Oliy Soveti tomonidan “SSSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning ijara to’g’risida”gi qonunda hamda “O‘zbekiston Respublikasining ijara to’g’risida”gi nizomda yer ijarasi tushunchasi obektlari, ijara shartnomasining muddati, ijarachilarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va boshqa shu kabi masalalarni tartibga soladi. 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “yer to’g’risida”gi qonunida oldingi qonundan farqli o’laroq yerlarni muhofaza qilishga oid maxsus bob ajratilgan. Ushbu bobni tashkil qilgan 3 ta moddada (53-55- moddalar) yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi, yerlarning holatiga ta’sir qiladigan ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirishga, loyihalashga, qurishga va ishga tushirishga oid ekologik talablar, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag’batlantirish kabi masalalar o’z aksini topgan1. Ammo mazkur qonunning 53-55-moddalarini tahlil qilar ekanmiz, ulardagi normalarning qo’proq qishloq ho’jaligida foydalaniladigan yerlar muhofazasiga bag’ishlanganligini, yerning boshqa toifalarini (o’rmon fondidan tashqari) muhofazasi bilan bog’liq normalarning yo’qligini ko’ramiz. Umuman, O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda yerga bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi 100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lishiga qaramasdan ahvol yaxshi tomonga o’zgarmadi, aksincha bu boradagi munosabatlarni tartibga solish lozim darajada bo’lmadi. Yerlarni muhofaza qilish qonunchiligi rivojlanishining uchinchi bosqichini, yani mustaqillikdan to 2006 yilgacha bo‘lgan davrni shartli ravishda uchga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Bularga: 1-bosqich: 1991 yildan to 1998 yilgacha bo‘lgan davr; 2-bosqich: 1998 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan davr; v) 3-bosqich: 2005 yil va undan keyingi yillar kiradi. Mustaqillik yillaridagi yer qonunchiligi rivojlanishinining bunday bo’linishi shartli bo’lib, bazi olimlarimiz mustaqillik davridagi yer qonunchiligi rivojlanishini davrlarga ajratishda boshqacha ham yondashganlar.Jumladan, T.I.Karimov, P.R.Reymov, J.T.Mamatmo’minov, B.Ya. Ko’shakaevlar mustaqil O‘zbekiston da yer qonunchiligining rivojlanishi va takomillashuvini qo’yidagi uch bosqichga bo‘lgan lar; Birinchi bosqich; 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Yer to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan davrdan boshlab 1998 yilga qadar davom etdi. Ikkinchi bosqich; 1998 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda yerga oid bo‘lgan ko’plab normativ-huquqiy hujjatlar jumladan, yer kodeksi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Davlat yer kadastri to’g’risida” va shu kabi boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. 1 O‘zbekiston SSRning yer to‘g‘risida qonuni. // O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining vedomostlari - 1990. - № 16-18. 294-modda. Uchinchi bosqich; 2003 yildan, yani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida”gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan Oliy Majlisning yangi tahrirdagi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlanib, hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Mustaqillikdan so’ng yer qonunchiligining rivojlanish bosqichlari haqida gapirar ekanmiz, bunda har bir davrning o’ziga xos xususiyatlariga to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida takidlaganimizdek, mustaqillikdan so’ng yer sohasidagi qonunchilik rivojining birinchi bosqichi O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan, yani 1991 yildan 1998 yilgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga oladi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Mustaqillik sharoitida, ya’ni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish uchun samarali huquqiy mexanizmini yaratishga, yangi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy negizlarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Bunda, tabiat obyektlari ichida eng muhim unsurlardan bo‘lgan yer resurslariga bog’liq huquqiy normalar muhim o’rinni egallaydi. “yer o’lkamizning asosiy boyligi,degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, u yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy shartsharoitni yaratib beradi. Shu sababli respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko’p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi”1. Shuning uchun ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunning 7 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilandi2. 1 Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston, 1996. – B.216. 2 O‘zbekiston SSJning Oliy Kengash Axborotnomasi. - 1991. - №11. 268 – modda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonunidagi ushbu qoidalar konstitutsion qoidalar hisoblanib, ular 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida” o’z ifodasini topdi va rivojlantirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yer resurslari bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlar uchun asosiy huquq manbasi bo’lib hisoblanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy kabi ijtimoiy munosabatlar bilan birga har bir mustaqil davlatning muhim belgisi sanalgan yerga nisbatan mulk huquqi alohida yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini tartibga solishning asosiy sharti sifatida e’tirof etilgan. Asosiy Qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog’liq yerga oid huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir1. Xususan, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” – deb, mustahkamlangan bo’lib, unda atrof tabiiy muhitning asosiy ajralmas qismi hisoblangan yer resurslariga nisbatan fuqarolarning majburiyatlari belgilangan. Konstitutsiyaning “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” – deb, nomlangan XII bobi 54-moddasida mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart deb belgilab qo’yilgan. Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e’tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayoni bevosita yer bilan bog’liq ekanligi mustahkamlanadi. Zero ko’pchilik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun yer ular joylashgan kenglik (joy)ni anglatsa, qishloq xo’jalik korxonalari uchun ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq biologik omildir. yerdan foydalanish huquqi haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni anglab olishimiz kerakki, bu nafaqat foydalanish uchun berilgan huquq, balki yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta’minlash majburiyatini ham yuklaydi. Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanish huquqi va majburiyati chambarchas bog’liqdir. Konstitutsiyaning 55-moddasida “yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” 1 deb, ifodalangan bo’lib, davlatni yerga doir siyosatining asosiy tamoyillarini o’z ichiga oladi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi yer va boshqa tabiiy boyliklar xalqimizning umummilliy boyligi, mulki ekanligi; ikkinchidan, yer resurslaridan faqat oqilona foydalanish zarurligi; uchinchidan, yer-huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi. Davlatning yer egasi sifatidagi vakolati xususiy yer egasining vakolatidan farq qiladi.Bunda davlat so’zini yerga nisbatan xo’jalik ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi deb emas, balki yerni fuqarolarga, yuridik shaxslarga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun yoxud yer uchastkalarini ijaraga beruvchi subyekt sifatida tushunish lozim. Asosiy Qonunimizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo’nalishi sifatida-atrof muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati e’tirof etilgan bo’lib, o’z navbatida viloyat, shahar, tuman hokimiyati va boshqaruv organlarining yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishdek mas’uliyatini belgilaydi. Konstitutsiyadagi qoida-talablar yerga doir huquqiy munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me’yoriy– huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. Umuman olganda, yerga oid munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlari qo’llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda yer resurslari normativi, standart va yo’riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo’llaniladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yer ijtimoiy munosabatlarning muhim ob’ekti sifatida milliy huquq tizimimiz deyarlik barcha huquq sohalari bilan uzviy aloqadorlikdadir.Xususan, yer tabiatning ajralmas qismi sifatida bevosita ekologiya huquqi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Shuning bilan bir qatorda yer xo’jalik yuritishda ishlab chiqarishning muhim vositasi sifatida, yerga nisbatan mulk huquqi va ashyoviy huquqlarni qo’llashda fuqarolik huquqi, xo’jalik huquqi, qishloq xo’jalik huquqi kabi huquq sohalarida ham huquqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Yerlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini belgilash va kafolatlashda shuningdek, boshqa huquq sohalari, ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy javobgarlik huquqi kabilarining qonunchilik hujjatlari qoida-talablaridan ham unumli foydalaniladi. Umuman olganda hozirgi kunda, yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari murakkab tizimga ega bo’lib, o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra biz ularni o’rganish va tahlil qilishning samarali bo’lishi uchun bu tizimni quyidagi qismlarga bo’lamiz: yerlarni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy asoslari; yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar tizimi; yerlarni muhofaza qilish sohasidagi qonunosti me’yoriy hujjatlari tizimi. Yuqorida yerlarni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini batafsil ko’rib chiqdik. Mustaqillik yillarida yerlarni muhofaza qilishning samarali qonunchilik tizimi yaratildi va hozirgi kunda mazkur tizimini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Yer bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi “Yer to’g’risida”gi qonun hali mamlakatimiz sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda qabul qilingan bo’lib, bu davrda davlatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham, “markaz”ga to’la qaram edi, yer munosabatlarini tartibga solishda uning vakolatlari cheklangan edi. Shunday sharoitda qabul qilingan “Yer to’g’risida”gi qonuni bozor iqtisodiyoti hamda tabiat resurslaridan foydalanishning hozirgi talab va sharoitlariga javob bermasligi tabiiy bir hol edi. Respublikamiz davlat boshqaruvi tizimida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi, joylarda hokimliklar ta’sis etildi. 1993 yil 7 mayda “Yer to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritilib, 5-7 moddalaridagi “ijroiya qo’mitalari” so’zlari “hokimiyat organlari” degan so’zlar bilan almashtirildi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, hokimiyat organlari tushunchasi o’z ichiga “davlat hokimiyati organlari”, “ijroiya organlari”, yoki “sud hokimiyati” tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu sababdan, yer fondlarini kim tasarruf etish huquqiga ega degan masalaga “ yer to’g’risida”gi qonun aniq javob berishi kerak edi. Undan tashqari, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yerga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Yerlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunosti meyoriyhujjatlar tizimiga ham bir qancha misollar keltirishimiz mumkin, bularga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 noyabrdagi “Yer maydonlari ajratish bo’yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya to’g’risida” gi Nizomini keltirishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 noyabrdagi “Yer maydonlari ajratish bo’yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya to’g’risida”gi Nizomga muvofiq Komissiya zimmasiga yerlarni muhofaza qilishga oid majburiyatlar ham yuklatilgan bo’lib, jumladan Nizomning 4-qism 5-bandida Komissiya “Yerdan foydalanishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda olib qo’yish xaqida takliflar kiritadi” deyilgan. Yer bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik rivojining 2- bosqichi 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksini qabul qilishdan boshlanib to 2005 yilgacha bo‘lgan yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr yerdan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan juda ko’p qonunchilik hamda qonunosti hujjatlarini qabul qilinganligi bilan xarakterlanadi. Qo’yida biz ana shu davrda qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlarni hisobga olgan holda yangidan qabul qilindi. Ushbu kodeksda yer umummilliy boylik, respublika xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deb belgilanib, uning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iboratligi qayd etildi. Yer kodeksida davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari, yer fondi toifalarining huquqiy holati, yer tuzishning huquqiy asoslari, yer monitoringi, davlat yer kadastri, yerga nisbatan mulkchilik, yerdan foydalanish huquqining vujudga kelishi va tugatilishi asoslari hamda tartibi, yer servituti, yer uchun haq to’lash, yer egalari, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari, yerlarni pay jamg’armasiga berish, oila pudrati asosida yerdan foydalanish, yerlarni muhofaza qilish, yer xususidagi nizolarni hal etish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar o’zining huquqiy asoslarini topdi. Undagi ko’pgina qoidalar yangi bo’lib, ular bugungi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotimizdagi ijobiy o’zgarishlarni tartibga solishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Mazkur kodeksning 11-bobi yerlarni muhofaza qilish deb nomlanib, unda, yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi, obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag’batlantirish kabi masalalarni tartibga soluvchi huquq normalari o’z aksini topgan. Kodeksning 12-bobi, ya’ni yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazorat deb nomlangan bo’lib, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilovchi normalar mustahkamlab qo’yilgan. Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo’lishi hamda tuproqning saqlanishini, o’simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o’tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda ham “tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” (VIII bob) belgilangan1. Mazkur kodekslar bo’yicha yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan huquqbuzarliklar va ularga qo’llaniladigan yuridik javobgarliklar bilan bog’liq masalalarning batafsil tahlili tadqiqot ishining keyingi boblarida yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida yerdan oqilona foydalanuvchilar uchun yer solig’ini belgilashda muayyan imtiyozlar belgilangan. Xususan, kodeksning soliq solinmaydigan yer uchastkalari (101 – modda) deb nomlangan moddasining o’n to’rtinchi bandida “yangi o’zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug’oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko’pi 1 O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. bilan besh yilga” soliq to’lashdan ozod qilinishi ko’zda tutilgan.Shuningdek, ushbu kodeksning yer solig’i stavkalari deb nomlangan 99 – moddasida “Qishloq xo’jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi”1, deb belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi normalar orqali yer munosabatlari subyektlarining yerdan oqilona foydalanish va uni sog’lomlashtirish bilan bog’liq faoliyatlari iqtisodiy jihatdan muayyan darajada rag’batlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining faoliyatida yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi 5199-son “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ham yerlardan oqilona foydalanish mehanizmi foydalanmaslik holatlarlariga nisbatan qo’llaniladigan choralar belgilangan. 1 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. XULOSAYerlarni huquqiy muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalaridan biri bo’lib, mamlakatimizda so’nggi yillarda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularni asrash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talablarini yanada kuchaytiradi. Ammo, shunga qaramay ushbu mavzu doirasida o’z yechimini kutayotgan qator muammolar borki, ularni huquqning aralashuvisiz hal qilib bo’lmayd. Amalga oshirilgan tatqiqot ishi natijasida quyidagi amaliy ahamiyatga ega takliflar va yer qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi: So’nggi yillarda mamlakatimizda muntazam ravishda amalga oshirib kelinayotgan yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning samarasini yanada oshirish, bunday tadbirlarning davomiyligini ta’minlash maqsadida yerlarni huquqiy muhofaza qilish borasida kamida keyingi 15 yilga mo’ljallangan Konsepsiyasini ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz. Ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishda Yergeodezkadastr davlat qo’mitasi, Ekologiya va atrof muhitni Bugugi kunda amaliyotda ko’p uchraydigan muammolardan bo‘lgan yerdan xo’jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko’p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligi to’g’risida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Yerlarning muhofazasini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini tashkiliy- huquqiy jihatdan shakllarish va rivojlantirish zarur. Hozirda tomorqa yerlaridan foydalanish bo’yicha jamoatchilik nazorati yo’lga qo’yilgan. Ammo, yerlarning muhofazasi bo’yicha jamoatchilik nazoratini shakllantirish va kuchaytirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni yer uchastkalarining geografik joylashuvi, geolik tuzilishi, tuproq tarkibi, unumdorlik darajasi, rayonlashtirilishi, qishloq xo’jalik ekinlarining ekilganlik holati kabilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi Nizomini ishlab chiqish. Ushbu Nizomda yerlarni muhofaza qilishda jamoatchilikning ishtirokiga oid normalar kiritish. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 38-moddasiga quyidagicha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilinadi: 38-modda. yer to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganda yer uchastkasini olib qo’yish. Ushbu Kodeks 36- moddasi birinchi qismining 6 -11bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini qonun hujjatlarida belgilangan tegishli tartibda yo’l qo’yilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etish to’g’risida oldindan ogohlantirganidan keyin yoki tegishli ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin belgilangan muddatda ko’rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf qilmagan taqdirdayer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo’yish haqidataqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda yer uchastkasini olib qo’yish haqida qaror chiqaradi. Yer sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirishning muhim yo’nalishi sifatida yer sohasidagi jinoyatlar uchun yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini jazo chorasi sifatida yuklash istiqboli o’rganildi. Ekologik jinoyatlar uchun jazoning asosiy maqsadi bo’lib, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni real (naturada) qoplash bo’lishi, jazoning boshqa maqsadlari esa, qo’shimcha maqsadlar bo’lishi lozimligi asoslandi.Tabiatga yetkazilgan zararni qoplash usullari yoki turlari sudning hukmida ishning aniq holatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Bunday shakllar sifatida: yer rekultivatsiyasi, suvni tozalash ishlarini amalga oshirish, zahaaarlangan suv havzasini tozalash va keyinchalik baliqlar bilan to’ldirish; yerni ifloslantirish natijasida zarar ko’rgan hayvonot yoki o’simlik dunyosi obyektlarini ko’paytirish. Sud tomonidan yetkazilgan zararni natura shaklida qoplashning asosiy yoki qo’shimcha jazo sifatida qo’llanilishi buzilgan yerlarni tez va real qayta tiklanishiga imkon beradi, degan xulosaga kelindi. Shu bois, O’zR JKni 521-modda bilan to’ldirish taklif qilindi: “521- modda. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplash majburiyatini yuklash.yetkazilgan zararni natura holatida qoplash majburiyatini yuklash atrof tabiiy muhit, tabiiy obyektga yetkazilgan zararni bevosita qoplash orqali amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplash shakli (yer rekultivatsiyasi, suv havzasida baliq ko’paytirish, daraxt yetishtirish va h.k.) sud tomonidan belgilanadi. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplashning imkoni bo’lmasa, sud yetkazilgan zararni o’z mablag’lari hisobidan qoplash majburiyatini yuklashi mumkin”. 6.AQSh, Daniya, GFR, Ispaniya kabi bir qator davlatlarda ekologik jinoyatlar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi belgilangan bo’lib, ushbu ijobiy tajriba O‘zbekiston Respublikasining yer va jinoyat qonunchiligini takomillashtirishda foydali bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Ya’ni, yerlarni muhofaza qilish qoida-talablariga rioya qilmagan yuridik shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo’llash taklif etiladi. Download 118.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling