Taklif etilayotgan mashqlar katta mushak guruhlarini ishga tushiruvchi, ta’sir mashg‘ulotlari, alohida mushak va mushaklar guruxlari uchun mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Gantellar, shtangalar, rezina va qo‘l ostidagi yasama predmetlar sport anjomi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Bo‘yin mushaklari uchun mashqlar:
boshni oldinga qilgan holda tayanib, kaftlarni bilan polga tiralib, bo‘yinni oldga-orqaga va yon tomonlarga bukish. Kurash ko‘prigida turib bo‘yinni oldga-orqaga bukish.
devorga bosh bilan tayanib turgan holda bo‘yinni oldga-orqaga va yon tomonlarga bukish. Boshni erkin tutib chalqancha yotgan holda, peshonaga og‘irliklar qo‘yib bo‘yinni yon tomonlarga bukish.
boshni erkin tutib korin bilan yotgan holda boshga og‘irliklar qo‘yib yuqoriga va pastga ko‘tarib tushirish.
Qul va yelka aylanasi uchun mashqlar:
Umumiy ta’sir mashqlari. Qo‘llarni yuk bilan turli hollarda bukib-rostlash: ko‘krakdan, turib, yotib, o‘tirib va yonlama taxtada yotib. Bruslarda yotgan holda qo‘llarni bukib-to‘g‘rilash, zarur hollarda ko‘shimcha yuklar bilan. Yakkacho‘pda osilib tortilish. Arqonga oyoqlar yordamisiz ko‘tarilish.
Panjalarni rivojlantirish uchun mashqlar. Tennis koptogini, qo‘l espanderini ko‘p martalab qisish. Qo‘l panjalarini bukish, to‘g‘rilash va og‘irliklar bilan tirsak bo‘g‘imida aylanma harakatlar qilish. Arqonda osilib turgan yukni aylanuvchi grifga o‘rash. O‘tirgan holatda qo‘llarda og‘irlik bilan panjalarni yuqoriga va pastga bukib to‘g‘rilash. Yotgan holda kaft bilan tayanchini panjalar tayanchiga almashtirish.
Qo‘l bukuvchilarini rivojlantirish mashqlari. Turgan holatda og‘irliklarni pastdan va yuqoridan ushlab qo‘llarni bukib to‘g‘rilash. O‘tirgan yoki yotgan holatda gantellarni ko‘krakka yaqinlashtirib uzoqlashtirish. Turgan holatda gavdani oldga egib shtanga bilan qo‘llarni bukib to‘g‘rilash.
Qo‘l rostlovchilarini rivojlantirish mashqlari. Ogirliklarni bosh orqasidan, tirsaklarni yuqorida tutgan holda ko‘tarib tushirish. Rezina tasmaning bir uchini oyoqlar bilan ushlab, tirsaklarni vertikal ushlagan holda, qo‘llar to‘g‘rilangungacha rezinani yuqoriga tortish.
Do'stlaringiz bilan baham: |