Kirish 3 Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligi 5


Del’tasimon mushaklarni rivojlantirish uchun mashqlar


Download 300.41 Kb.
bet10/20
Sana20.10.2023
Hajmi300.41 Kb.
#1711633
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Voleybolchilarni sakro

Del’tasimon mushaklarni rivojlantirish uchun mashqlar. To‘g‘rilangan qo‘llarda gantellarni ushlagan holda yelka sathigacha yuqoriga va yon tomonlarga ko‘tarish. O‘tirgan holatda, qo‘llarni bir oz bukib, ikki gantelni ko‘tarish.
Ko‘krak mushaklarini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar. Yotgan holatda to‘g‘ri qo‘llarda gantel ushlab, ularni bir-biriga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish. Mahkamlangan rezinaga yon bilan turgan holda, to‘g‘ri qo‘llar bilan uni ko‘krakkacha cho‘zish.


Bel mushaklari uchun mashqlar.
Yelkalarda og‘irlik bilan egilish. Tovonlar bilan gimnastik devorga tiralgan holda og‘irlik bilan gavdani bukish. Og‘irliklarni (yadro, tosh, shtanga diski) boshdan oshirib irg‘itish. Rezina ning bir uchini oyoqlar bilan bosgan holda, boshqa uchini ushlab gavdani egish va rostlash.
Qorin mushaklari uchun mashqlar.
Yerda va yonlama taxtada yotgan holatda, qo‘llar bosh ortida, og‘irlik yoki va ularsiz gavdani ko‘tarish, xuddi shu amal yerda yoki yonlama taxtada yotgan holda. Oyoqlar iblan qimirlaydigan tayanchga ilingan holda gimnastik skameykada o‘tirib gavdani bukib to‘g‘rilash. Yotgan holatda oyoqlar bilan turli harakatlarni bajarish: yuqoriga-pastga, yon tomonlarga, aylana va h.k.
Osilgan holatda oyoqlar bilan aylana harakatlar bajarish. Turgan holatda, oyoqlar yelka kengligida, gavda oldinga egilgan, qullar gantellar bilan ikki tomonga yozilgan - gavda burilishlarini bajarish, qo‘llarni chap va o‘ng oyoqlarning uchiga tekkizish. Gimnastik burchak holatini osilgan yoki tayangan holda saqlab turish.
Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
Umumiy ta’sir mashqlari. Ko‘kraklar va yelkalarda og‘irliklar bilan o‘tirib turish. O‘tirgan holatdan og‘irlik bilan sakrab turish. Og‘irliklar bilan sakrash.
sonni rostlovchi mushaklar uchun mashqlar. Bir oyoq bilan oldinga qadam tashlab, yelkalarda og‘irlik bilan o‘tirib turish, orqadagi oyoq tizzada bir oz bukilgan. Bir oyokda o‘tirib turish.
Sonni bukuvchi mushaklar uchun mashqlar. Qoringa yotgan holda sherikning qarshiligini yenggan holda oyoqlarni bukish. Mahkamlangan rezinani oyoqlar bilan cho‘zish.

Download 300.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling