Kirish. Adabiy jarayonda ro`y bеrayotgan yangiliklar va yangi tamoyillar
Download 73.84 Kb.
|
1-mavzu taqdimot (1)
Bu davrning xayrli va umidbaxshligi shundaki, SSSR deb atalgan sotsialistik jamiyatning tayanchi parchalandi, uning tarkibidagi 15 Respublika mustaqil bo'lib ajralib chiqqan. Ammo bu jarayon osonlik bilan kechmadi. Dastlab Boltiqbo'yi respublikalari qurbonlar berish evaziga qiyinchilik bilan mustaqillik e'lon qildilar. Mustamlaka o'lkalarning shirin noniga, tayyor mahsulotlariga, tekin qul-ishchi kuchiga o'rgangan sovet hukumati ularni osongina qo'ldan chiqarishni istamadi. Qadimdan tanish usullarni ishga solib, bu hududga armiya olib kirdi. Ammo g'isht qolipdan ko'chgan edi. Eston, Litva, Latviya xalqlarini istiqlol yo'lidan qaytarib bo'lmadi.Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada qarashlar turlichaligi mavjud bo`lib, bu turlichalik ikkita asosiy ko`rinishga ega: birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiyestеtik tamoyillardan kеlib chiqqan holda davrlashtirish lozim dеb hisoblaydi.Bu o`rinda har ikki tomonni ham to`la yoqlash yoki to`la inkor qilish maqbul emas, aksincha, o`rtaliq mavqеni egallash to`g`riroq bo`lur edi. Chunki ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o`zgarishlar adabiyotda sеzilarli darajada aks etmagan davrlar ham bo`lganidеk, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo`lishi tabiiy.Davrlashtirish o'z adabiyotshunosligining eng murakkab, eng dolzarb muammolaridan sanaladi. Davrlashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud: 1. Dinastik 2. Adabiy oqimlar, madaniy hodisalar bilan bog'liq 3. Asrlar bo'yicha, yillar bo'yicha davrlashtirish 4.Tarixiy (mamlakatda ro'y bergan eng muhim siyosiy voqea-hodisalarga asoslagan) 5. Adabiy-nazariy (badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra). (Har biriga )Adabiyot tarixini davrlashtirish asosan asrlar bo'yicha davrlashtirish tamoyiliga asoslangan. Buning o'ziga xos sabablari bor. Bu sabablar ham ob'ektiv, ham sub'ektiv asoslarga ega. Ob'ektivligi shundaki, hali adabiyotshunosligimizda uzoq asrlik adabiyotimiz tarixining o'ziga xos adabiy-estetik xususiyatlari tadqiq etilib, fan isteomoliga kiritilmagan. Sub'ektiv sabab shundan iboratki, sovet davrida adabiy jarayonni siyosiy voqea- hodisalar bilan bog'lab davrlashtirish kompartiya manfaatlariga mos tushardi.Download 73.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling