Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar
Download 0.81 Mb.
|
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)
O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga kiritilayotgan o'zgartirishlar:
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Mazkur Yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi, «Elektron to'lovlar to'g'risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida»gi, «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi va «Bank siri to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq banklar uchun majburiy bo'lgan buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.». 2. 23-bandda: oltinchi xatboshidagi «soat 17-00 ga» degan so'zlar «soat 18-00 ga» degan so'zlar bilan almashtirildi; yettinchi xatboshidagi «soat 15-00 ga» va «soat 16-00 ga» degan so'zlar tegishlicha «soat 16-00 ga» va «soat 17-00 ga» degan so'zlar bilan almashtirildi; sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilar chiqarib tashlandi; o'ninchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblanadi. 3. 110-bandning birinchi xatboshisidagi «kun» degan so'z «ish kuni» degan so'zlar bilan almashtirildi. 4. 144-banddagi «Axborotlash boshqaruv tizimi (bundan keyingi o'rinlarda ABT deb yuritiladi)ga» degan so'zlar «Bank tizimi ma`lumotlar ombori (bundan keyingi o'rinlarda BTMO deb yuritiladi)ga» degan so'zlar bilan almashtirildi. 5. 145-banddagi «Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat byudjyeti kassa ijrosi departamenti» degan so'zlar «Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti» degan so'zlar bilan almashtirildi. 6. 146-band quyidagi tahrirda bayon etiladi: «146. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti tomonidan, tijorat banklari balanslari Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti tomonidan tahlil qilinadi.». 7. 147-banddagi «vakolatli departamentlari ABT dan» degan so'zlar «departamentlari BTMO dan» degan so'zlar bilan almashtirildi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling