Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Аgrobank АTB Romitan filiali tomonidan mijozlarga beriladigan kreditlarning elektron tarzda amalga oshirish jarayonlari


Download 0.81 Mb.
bet7/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1296102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)

4. Аgrobank АTB Romitan filiali tomonidan mijozlarga beriladigan kreditlarning elektron tarzda amalga oshirish jarayonlari.

Agrobank mobile ilovasi.
“Agrobank Mobile” – bu jismoniy shaxslar uchun internet tizimiga ulangan holda masofadan xizmat ko‘rsatish bo‘lib, mobil qurilmalarga (uyali telefon, planshet) o‘rnatilgan dastur orqali istalgan joydan o‘z hisobraqamlarini boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.
“Agrobank Mobile” mobil ilovasi orqali quyidagi bank operatsiyalari amalga oshiriladi:

  • - hisobraqamlar holatini kuzatib borish va ularni to‘ldirish;

  • - hisobraqamlar orqali mablag‘larni ko‘chirish;

  • - bank kartasi qoldiqlari va uning aylanmalari buyicha ma'lumot berish;

  • - omonat qoldiqlari va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha ma’lumot olish;

  • - kreditlar qoldiqlari va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha ma’lumot olish;

  • - kreditlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

  • - kommunal to‘lovlarni to‘lash;

  • - uyali aloqa va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

  • - internet va raqamli televideniya xizmatlari uchun to‘lovlar;

  • - iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish;

  • - bankdagi yangiliklar va takliflarni kuzatib borish.

Online xizmatlar
Masofaviy bank xizmatlari
Masofaviy bank xizmatlari (MBX) — bu Agrobankdagi hisobingizni internet yoki telefon orqali masofaviy boshqarish imkoniyatidir. Siz hisobingiz bo’yicha bank operatsiyalarini Sizga qulay vaqtda istalgan joyda o’tkazishingiz yoki ularni nazorat qilishingiz mumkin.

Internet banking Internet banking — bu personal kompyuter yoki Internet orqali Sizning Agrobankdagi hisoblaringizning holati haqidagi ma’lumotni olishning va to’lovlarni amalga oshirishning xavfsiz usuli hisoblanadi.


i-Key driverni kompyuteringizga o'rnatish uchun yuklab oling
Internet banking tizimida ishlash uchun qo'llanma
Internet banking xizmatidan foydalanish bo'yicha shartnoma namunasi
Internet banking uchun i-Key kalitlari (64bit), Internet banking uchun i-Key kalitlari (64bit) (davomi)
Internet banking uchun i-Key kalitlari (32bit), Internet banking uchun i-Key kalitlari (32bit) (davomi)

SMS banking — bu Agrobankdagi hisobingizda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va balans qoldig’i haqidagi ma’lumotlar haqida tezkorSMS-xat olish imkoniyati hisoblanadi.


Bu yuridik shaxslarga mobil telefon yoki elektron pochta orqali o’z hisoblari holatini nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat. Mijozlar Online tizimda SMS-xatlar oladilar:

SMS-informer xizmatiga ulanish SMS- malumot xizmatlari ko’rsatish Kelishuviga imzo chekish bilan amalga oshiriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling