Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar
Agrobank ATBda raqamlashtirish jarayonlarining
Download 0.81 Mb.
|
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)
2. Agrobank ATBda raqamlashtirish jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mohiyati.
“Agrobank” raqamlashtirish jarayonida faol ish olib bormoqda Kundalik hayotimizda transformatsiya, raqamlashtirish, masofaviy boshqarish strategiyasi rivojlanishning asosiy bosqichiga aylanib ulgurdi. Bugungi bozor talabi, iste’molchilar istagi zamonaviy axborot texnologiya yutuqlaridan samarali foydalanishni taqoza etmoqda. “Agrobank” ham bank xizmatlarini raqamlashtirishga, masofaviy xizmatlar ko‘lamini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Ushbu muhim tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda, bir qator zamonaviy xizmatlarni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib hayotga tadbiq etib kelayotganligini e’tirof etishimiz o‘rinli. Bank tomonidan yaqinda joriy qilingan shunday qulayliklardan biri kartomat qurilmasidir. Mazkur qurilma mijozlarga qisqa vaqt rejimida, tun-u kun bank xodimlarining yordamisiz, mustaqil ravishda Visa kartalarni olish imkoniyatini beradi. “Agrobank” so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi bank xizmatlari sohasida birinchilardan bo‘lib taqdim qilgan xizmatlarni bir eslab o‘tsak: “Sberbank” bilan hamkorlikda, Rossiyadan O‘zbekistonga Uzсard va Humo kartalariga pul o‘tkazish; Humo va Uzcard kartalaridan Rossiya kartalariga pul o‘tkazish; onlayn mikroqarz xizmati; Humo kredit kartalari; multivalyutada Visa kartalari; Humo va Uzcart to‘lov tizimlarida, Click bilan hamkorlikda kobrend kartalari; yuridik shaxslar uchun onlayn kreditlar; mobil ilova orqali istalgan bankning hisob raqamlariga pul o‘tkazish xizmatlari shular sirasidandir. Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlar bozoridagi ulushning shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer-to-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (digital banking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, Kosnotsium konsepsidanraqamli bankning kontseptsiyasiga o’tish, CRM (Castomer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijojlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlarning hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlariga raqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o’z faoliyatini asosan mobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin: omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish; axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab ochiq API tizimidan foydalanish; moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat; mobil to‘lovlarning rivojlanishi; banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling