Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Download 0.81 Mb.
bet4/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1296102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)

Interaktiv xizmatlar - foydali xizmat turlarini o‘zida jamlagan sayt bo‘limidir. Bu yerda siz bank qonunchiligiga oid foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar bilan tanishib qolmasdan ariza blankalarni ko‘chirib olishingiz, onlayn talabnomalar jo'natishingiz, tez-tez uchraydigan savollaringizga javob topishingiz, bank mijoziga aylanishingiz uchun zarur ma’lumotni olishingiz mumkin.
Bankning joriy interaktiv xizmatlari:

  • Agrobank Mobile

  • Mobil Savdo

  • Online xizmatlar

  • Online arizalar

  • Ariza blankalari

  • Bank xizmatlari bo'yicha tariflar

  • Bank qonunchiligi

  • Fuqarolar murojaatlari

  • Tez-tez uchraydigan savollar

Muassasalar, tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga Bank nomidan berilgan ishonchnoma asosida, talab va daʼvolarni bildirish haqida qaror qabul qilish;
Filial faoliyatining natijalari, uning oylik, chorak va balanslarida, daromad va xarajatlar hamda yillik xisobida topib, belgilangan vaqtda va toʼla hajmda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasiga, shu
2-chizma.
АTB Аgrobank Romitan filiali kapitali (mlrd. soʼm)

2.1-jadval.

2017

34,4

2018

37,3

2019

59,7

2020

95,5

2021

107,4

Plastik kartochka bank tomonidan chiqariladigan va bankda plastik kartochka saqlovchisining hisobraqami mavjudligini tasdiqlovchi hamda tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʼlovni amalga oshirish huquqini beruvchi personalizatsiya qilingan toʼlov vositasi hisoblanadi.


Plastik kartochkalar bir tomondan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, ikkinchi tomonidan mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat koʼrsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar oʼrtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek, naqd pulni terminal va bankomatlar orqali olishda qoʼllaniladi.
Soʼmdagi hisobraqam boʼyicha mijozga berilgan plastik kartochkaning xizmat qilish muddati 5 yil.
Plastik kartochkalarda saqlanayotgan pul mablagʼlariga bank tarifiga muvofiq foizlar hisoblanadi.
Soʼmdagi maxsus plastik kartochka hisobraqamlarini ochish tartibi
Plastik kartochka hisobraqamini ochish va kartochka olish uchun mijoz PKB xodimiga murojaat qilishi lozim. PKB xodimi mijozga kartochka hisobraqamini ochish, plastik kartochkani berish va undan foydalanish tartibini toʼliq tushuntiradi.
Mijoz (jismoniy shaxs) plastik kartochka hisobraqamini ochish va plastik kartochkani olishi uchun bank filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
a) soʼmdagi plastik kartochka hisobraqamini ochish toʼgʼrisida ariza (arizaga pasport nusxasi ilova qilinadi);
b) plastik kartochkaga xizmat koʼrsatish va undan foydalanish boʼyicha “Аgrobank” АTB filiali bilan ikki nusxada tuzilgan shartnoma (shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi).
4.3. Korxona va tashkilotlar ish haqi loyihasi boʼyicha kartochka hisobraqamini ochish va plastik kartochka olish uchun nechta xodimiga plastik kartochka zarurligini koʼrsatgan holda bank filialiga xat bilan murojaat qilishi va bank filiali bilan ish haqi loyihasi boʼyicha ikki nusxada shartnoma tuzishi lozim.
Bundan tashqari, tashkilotning har bir xodimi bilan plastik kartochkaga xizmat koʼrsatish va undan foydalanish boʼyicha “Аgrobank” АTB Romitan filiali oʼrtasida ikki nusxada shartnoma tuziladi.
Mijoz tegishli hujjatlarni bankka taqdim qilgandan keyin PKB xodimi hujjatlarning toʼgʼri toʼldirilganligini tekshirib chiqadi va DUET dasturiga mijoz toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni kiritadi. PKB xodimi tomonidan DUET tizimida har bir mijozga xos raqam - identifikator beriladi. Har bir mijozga berilgan identifikator ushbu filialning boshqa mijozlarida takrorlanmasligi lozim.
PKB xodimi DUET tizimida har bir mijozga (jumladan ish haqi loyihasi boʼyicha tashkilotga) 20 raqamli 22618000KXXXXXXXNNN - “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʼyicha majburiyatlari” (“22618” - balans hisobraqami, “000” - soʼm kodi, “K” - hisobraqam kaliti, “XXXXXXXX” - mijozning identifikatori, “NNN” - hisobraqamning tartib raqami) hisobraqamini ochib, mijozga plastik kartochkani va shartnomaning bir nusxasini beradi.
Ish haqi loyihasi boʼyicha tashkilot bilan hamda uning xodimlari bilan plastik kartochkaga xizmat koʼrsatish va undan foydalanish boʼyicha “Аgrobank” АTB filiali oʼrtasida shartnomalar tuzilgandan soʼng tashkilotning masʼul xodimiga unga berilgan ishonchnomaga asosan tashkilot xodimlariga ochilgan plastik kartochkalar beriladi.
Аgrobankning xizmat kartalaridan foydalanish tartibi
Аgrobankfiliallarining plastik kartochka boʼlimlarida quyidagi xizmat kartalaridan foydalaniladi:
1) Nazoratchi kartochkasi - nazoratchining avtomatlashtirilgan ish joyida ishlashga ruxsat beradigan kartochka.
2) Paketli amaliyotlar kartochkasi - paketli amaliyotlarning Аvtomatlashtirilgan ish joyida ishlashga ruxsat beradigan kartochka.
3) Buxgalter kartochkasi - buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joyida ishlashga ruxsat beradigan kartochka.
4)Аdministrator kartochkasi - administratorning avtomatlashtirilgan ish joyida ishlashga ruxsat beradigan kartochka.
5) Kliring kartochkasi - kliringning avtomatlashtirilgan ish joyida ishlashga ruxsat beradigan kartochka.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling