Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar
Download 0.81 Mb.
|
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)
Mundarija Kirish………………………………………………………..…………….…..2 1. Agrobank ATB toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar…….………….……4 2. Agrobank ATBda raqamlashtirish jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mohiyati ...................................................................................................................6 3. Agrobank ATBda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari va dasturiy ta’minot………………………………………………..………………...13 4. Аgrobank АTB Romitan filiali tomonidan mijozlarga beriladigan kreditlarning elektron tarzda amalga oshirish jarayonlari...............................................................................................................20 5. Pul muomalasi va jamgʼarma amaliyotlarini tashkil qilishdagi raqamli texnologiyalar..........................................................................................................28 Xulosa.............................................................................................................33 Adabiyotlar ro’yxati...….................................................................................34 Ilovalar ……………………………………………………………………...35 Kirish АTB “Аgrobank” faoliyatining har bir yili oʼziga xos boʼlib, bankning mamlakat iqtisodning yuksalishiga qoʼshayotgan xissasi yildan-yilga ortib bormoqda. Raqobatga qaramay, Bank Oʼzbekiston moliya bozorining barcha ustuvor yoʼnalishlarida oʼz ishtirokini kengaytirmoqda. АTB “Аgrobank” bir necha funktsiyalarni – chakana bank xizmatlari, korporativ bank, xalqaro moliya muassasalari va xorijiy banklarning kredit liniyalari boʼyicha xizmat koʼrsatuvchi bank, investitsion bank kabi funktsiyalarni muvaffaqiyatli uygʼunlashtirib kelmoqda. Bugungi kunda bank aholi va yuridik shaxslarning depozitlaridagi mablagʼlarni ishonchli himoya qilish bilan birga mijozlarga oʼz vaqtida va toʼla hajmda xizmat koʼrsatmoqda. Mijozlarga hisob-kitob amaliyotlaridan tortib yirik loyihalarni moliyalashtirishgacha boʼlgan xizmatlarni taklif qilmoqda. Bankning faoliyati rivojlanayotganligi, nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham jiddiy hamkor sifatida obroʼsining mustahkamlangani, uning aktivlari hamda depozit bazasining oʼsishiga zamin yaratmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida 2017-2021 yillarda Oʼzbekistonni yanada rivojlantirish boʼyicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017 yil uchun moʼljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilash taklifi berildi. Davlat rahbari tomonidan “Аynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʼnalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy oʼzgartirishlar kiritish uchun poydevor boʼlishi kerak.”-deb taʼkidlab oʼtildi . Poydevor sifatida esa Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevtomonidan qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʼyicha ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi . Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʼnalishlari alohida muhim oʼrin egallaydi. Dunyodagi taraqqiy topgan 20 ta davlat ishtirokida tashkil etilgan, “Katta yigirmalik” deb nom olgan guruh doirasida qabul qilinayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, jahon iqtisodiyotida barqaror oʼsish surʼatlariga erishish yoʼlida hozircha biron-bir jiddiy siljish koʼzga tashlanayotgani yoʼq” deb aytgan gaplari mamlakatimiz iqtisodiyotida, ayniqsa moliya-bank tizimida sezilarli ishlar amalga oshirilganidan darak beradi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling