Kirish Agrobank atb toʼgʼrisida umumiy ma’lumotlar


Agrobank ATBda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari va dasturiy ta’minot


Download 0.81 Mb.
bet5/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1296102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Hisobot Orifjonov Shaxzod (2) (2)

3. Agrobank ATBda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari va dasturiy ta’minot.

Korxonada ishlatiladigan birinchi texnik vositasi bu kompyuter hisoblanadi. Axborotni avtomatik yoki avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashga mo`ljallangan qurilmalarning yig`indisiga hisoblash texnikasi deyiladi. o`zaro bog`langan qurilmalarning konkret to`plamiga hisoblash sistemasi deyiladi. Ko`pgina hisoblash sistemalarning markaziy qurilmasi elektron hisoblash mashinasi (EHM) yoki komp`yuter deb yuritiladi.  Kiritish qurilmasi ham qoida bo`yicha, yagona konstruktiv birlik shaklida bo`ladi. Kirish ma`lumotlari turli-tuman, kiritish manbalari esa bir necha xil bo`lishi mumkin. CHiqarish qurilmasiga ham bu narsa taalluqli. Komp`yuterning umumiy tuzilishi quyidagigilardan iborat: 


Xotiralovchi qurilma – bu EHM bloki bo`lib, vaqtinchalik (operativ xotira) va davomli (doimiy xotira) programma, kirish va natija ma`lumotlarini, shuningdek oraliq natijalarni saqlashga mo`ljallangan. Axborot operativ xotira faqat quvvat berilganda (yoqilganda) vaqtinchalik saqlanadi. Ammo operativ xotira katta tezlikka ega. Doimiy xotirada ma`lumotlar komp`yuter o`chiq turganda ham saqlanadi, biroq ma`lumot doimiy xotira va markaziy protsessor bilan ma`lumot almashish ko`p xollarda anchagina sekin bajariladi.  Arifmetik-logik qurilma – EHM bloki bo`lib, unda programma komandalari bo`yicha ma`lumotlarni qayta ishlash yuz beradi. Bu komandalar sonlar ustida arifmetik amal, kodlarni o`zgartirish va hokazolardan iborat. Boshqaruv qurilmasi komp`yuterning barcha bloklari ishini muvofiqlashtiradi. Ma`lum ketma-ketlik asosida operativ xotiradan bir komanda ketidan boshqa komandani chaqirib oladi. Har bir komanda dekodlashtiriladi, operativ xotira yacheykalaridagi komandadan ehtiyojga qarab ma`lumotlar elementi ALQga uzatiladi; ALQ ko`ringan joriy komandani amalni bajarishga sozlaydi (bu amalni bajarishda shuningdek kiritish – chiqarish qurilmasi qatnashishi mumkin); bu amalni bajarishga komanda beriladi. Bu jarayon quyidagi holatlardan biri bo`lmaguncha davom etadi: kiritish ma`lumotlari oxiriga etsa, biror bir qurilmadan ishni to`xtatish komandasi kelib tushsa, komp`yuter quvvati o`chirilgan bo`lsa. Yuqori keltirilgan EHM tuzilishining printsipi fon Neyman arxitekturasi nomini olgan.  Zamonaviy komp`yuter arxitekturasini quyidagi printsiplar belgilaydi: 
1. Programmali boshqaruv printsipi. EHMda hisoblash jarayonini avtomatizatsiya qilishni ta`minlash. Bu printsiplarga asosan, har bir masalani echish uchun programma tuziladi. Programma komp`yuterdagi amallar ketma–ketligini aniqlaydi. Programma boshqaruvining unumdorligi, bu masala ko`p martalab echilsa yuqori bo`ladi (hattoki turli boshlang`ich ma`lumotlar bilan). 2. Xotira saqlanuvchi programma komandalari xuddi ma`lumotlar (berilganlar) kabi son ko`rinishida uzatiladi va qayta ishlanadi. Programma bajarilishidan avval operativ xotiraga joylanadi. Bu narsa bajarish jaryonini tezlashtiradi. 3. Xotiraga ixtiyoriy murojaat qilish printsipi. Mazkur printsipga asosan, programma elementi va berilganlarning operativ xotiraning ixtiyoriy joyiga yozish mumkin. Bu esa berilgan adresga hoxlaganicha (xotiraning konkret uchaskasiga), boshqalarini ko`rib chiqmay murojaat qilish imkonini beradi. Bu printsiplarga asoslanib ta`kidlash mumkinki, zamonaviy komp`yuter ─ bu, texnik qurilma bo`lib, u boshlang`ich ma`lumotlarni xotiraga raqamli kodlar shaklida kiritilgach, qayta ishlash programmasi (u ham raqamli kodlarda tasvirlanadi) orqali avtomatik tarzda hisoblash jarayonini amalga oshiradi, berilgan programma bilan masalani echish natijalarini odam tasavvuriga mos ko`rinishda bosib chiqaradi.  Albatta, komp`yuterning real tuzilishi ancha mukammal. YUqoridagi tuzilishni ko`proq komp`yuterning logik tuzilishi deb atash to`g`ri keladi.  Zamonaviy komp`yuterlar, xususan, personal komp`yuterlarlarda traditsion fon Neyman arxitekturasidan chetlashishlar yuz bermoqda. Bunga sabab ishlab chiqaruvchilarning komp`yuter sifati va unumdorligini oshirishga bor fikrini qaratayotganlaridir.  EHMning sifati ko`plab ko`rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Bular komandalar guruhi, markaziy protsessorning ishlash tezligi, bir vaqtning o`zida komp`yuterga ulanadigan qurilmalar soni va boshqalar. Tezlik asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi, u vaqtning kichik birligida protsessorning qancha operatsiya bajara olish imkoniyati. Amaliyotda foydalanuvchini komp`yuterning tez echish xususiyati, unumdorligi qiziqtiradi. 
Xullas, bularning hammasi va boshqa faktorlar komp`yuter element bazasini printsipial va konstruktiv mukammallashtirish, protsessor unumdor ishlashiga, xotira qurilmalari, kiritish − chiqarish qurilmalarining paralel ishlashi va boshqalarni yaratishga sabab bo`lmoqda. SHuningdek, elementlar ishlash tezligini istalgancha oshirish mumkin emas (zamonaviy texnologik chegirmalar va fizik qonunlardan kelib chiqadigan cheklashlar ham bor). SHu tufayli komp`yuter texnikasi ishlab chiqaruvchilar EHM arxitekturasini mukammallashtirish muammolarini echish uchun doimo izlanishdadir.  Bu harakatlar natijasida, ko`p protsessorli komp`yuterlar arxi-tekturasi paydo bo`ldi. Ularda bir necha protsessorlar bir vaqtda ishlaydi. Bu fakt bunday komp`yuter unumdorligi protsessorlar unumdorligining yig`indisiga teng deganidir. YUqori quvvatli komp`yuterlarda murakkab hisoblashlar va avtomatik loyihalash sistemalari uchun ikkita yoki to`rtta protsessor bo`ladi. O`ta yuqori quvvatli EHMlarda (bunday mashinalar yadro reaktsiyalarini real vaqt birligida modellashtarishda, ob–havoni global masshtabda prognozlashtirishda ishlatiladi) protsessorlar soni o`ntadan ham oshib ketadi.  Komp`yuter ishlashining tezligi operativ xotira tezligiga etarlicha bog`liq. SHuning uchun, qisqa vaqtda yozish–o`qish operatsiyasini bajaradigan operativ xotira elementlarini izlash ishlari ham olib borilyapti. SHu bilan birga tezlik bilan birga xotira elementlarining narxi ham oshib borayapti. SHuning uchun tez harakat qiladigan operativ xotiraning katta hajmi har doim ham iqtisodiy tomondan qo`l kelavermaydi.  Muammo ko`p bosqichli xotira qurish bilan echiladi. Operativ xotira ikki–uch qismdan iborat bo`ladi. Asosiy qism nisbatan sekin ishlaydi, (ancha arzon) elementlardan, qo`shimcha qism (kesh–xotira) tez ishlaydigan elementlardan tashkil topadi. Protsessor ko`p murojaat qiladigan ma`lumotlar kesh–xotirada, saqlanadi.  Avvallari kiritish–chiqarish qurilmalari ishini markaziy protsessor boshqarar, bu esa anchagina vaqt olardi. Zamonaviy komp`yuterlar arxitekturasi markaziy protsessor ishtirokisiz to`g`ridan–to`g`ri murojaat qilish kanallarining borligi bilan ajralib turadi. Bu kanallar operativ xotiraga kiritish – chiqarish qurilmalari bilan ma`lumot almashish imkonini beradi. SHuningdek, periferiya qurilmalarini boshqarishni amalga oshiruvchi mahsus protsessorlar bor bo`lib, ular komp`yuterning unumdorligini oshiradi. Komp’yuterni klassifikatsiyasi usullari  Komp`yuter turlarining nomenklaturasi bugungi kunda juda ko`p. Ular vazifasi, quvvati, o`lchami, element bazasi va hokazolarga qarab ajratiladi. SHuning uchun EHMlar turli xususiyatlari bo`yicha klassifikatsiya qilinadi.  Albatta, ta`kidlash kerakki, har qanday klassifikatsiya qandaydir ma`noda shartli bo`ladi. CHunki komp`yuter fani va texnikasi rivojlanishi rivojlanmoqda. Misol uchun, bugungi mikro EHM quvvati bo`yicha 5 yil avvalgi mini EHMga nisbatan kam emas yoki yaqin o`tmishdagi super komp`yuterlar bilan ham bahslasha oladi. Undan tashqari, biror firma talabi bilan yasaladigan maxsus komp`yuterlar qaysi guruhga kiradi, bu ham shartli. Keng tarqalgan komp`yuter klassifikatsiyasi kriteriyalarini ko`rib chiqamiz. Vazifasiga qarab klassifikatsiyalash. 
• Katta elektron hisoblash mashinalari (EHM) 
• Super EHM 
• Mini EHM 
Mikro EHM 
• Personal komp`yuterlar 
Katta EHMlar yoki maynfreymlar - bu katta mikdor, hajmdagi ma`lumotlarni kayta ishlash uchun yaratilgan. Favqulodda ishonchli, yuqori tezligi, kiritishchiqarish kanallarida katta mikdorda ma`lumot o`tkazish bilan farqlanadi. Bu EHMlarga minglab terminallar (displey klaviatura bilan) yoki personal komp`yuterlar ulanishi mumkin. Ko`pgina ulkan korporatsiya, bank, chet el davlat tashkilotlari o`zlarining ma`lumotlarini aynan katta EHMlarda qayta ishlaydilar va saqlaydilar. Katta EHMlar narxi millionlab dollar tursa ham, hisoblarga ko`ra ularda ma`lumot saqlash, uzatish nisbatan arzon. CHunki boshqa holda minglab personalga asoslangan tarmoq orqali xizmat ko`rsatish qimmatga tushib ketar ekan.  Ular xalq xo`jaligining katta sohalarida xizmat qilish uchun qo`llaniladi. 64– razryad paralel ishlovchi protsessorlar (ular soni 100 tagacha etadi) bilan xarakterlanadi, integral tezligi o`n milliardlab operatsiya bo`lib, ko`p istemolchi(mnogopol`zovatel`skiy) rejimida ishlash bilan belgilanadi. Bu klassdagi komp`yuterlar ishlab chiqarishda etakchilikni IBM firmasi egallab turibdi. Eng taniqli super EHM modellari IBM 360, IBM 370, IBM ES/ 9000, Cray 3, Cray 4, Vax-100, Aitachi, Fujitsu VP2000 lar hisoblanadi. Katta EHMlarda bazali hisoblash markazlari tuziladi, ular bir necha bo`lim yoki guruhlarga bo`linadi (ular tuzilishi 4 rasmda berilgan). Xizmat ko`rsatuvchilar – o`nlab odamlar bo`ladi. 
3-chizma.
Аgrobank aktivlari (mlrd. soʼm)

3.1-jadval.

2017

291,3

2018

423,6

2019

518

2020

653

2021

822,3

Ish haqi loyihasi boʼyicha tashkilot bilan hamda uning xodimlari bilan plastik kartochkaga xizmat koʼrsatish va undan foydalanish boʼyicha “Аgrobank” АTB Romitan filiali oʼrtasida shartnomalar tuzilgandan soʼng tashkilotning masʼul xodimiga unga berilgan ishonchnomaga asosan tashkilot xodimlariga ochilgan plastik kartochkalar beriladi.


4-chizma.
АTB Аgrobank Romitan filiali depozitlari (mlrd. soʼm)

4.1-jadval

2017

188,3

2018

334,7

2019

293,3

2020

359,7

2021

462,4




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling