Kirish Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi


Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish


Download 108 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi108 Kb.
#1204785
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indek

2. Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish.
Aholi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlari iste’mol qilishini tavsiflash jami aholi, shuningdek turli ijtimoiy-kasbiy guruh a’zolarining go’sht, sut, baliq, tuxum, non va boshqa mahsulotlarni aholi jon boshiga o’rtacha yillik iste’molini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda faqatgina miqdorga emas, sifatga ham e’tibor beriladi. Bu maqsadda iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyalilik darajasi, shuningdek, oqsil, uglevod va vitaminlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Biroq xalqaro statistika amaliyotida bunday ko’rsatkichlar zarur axborotlarning yetishmasligi sababli kamdan-kam hollardagina ishlatiladi.
Aholining madaniyati va ma’lumoti darajasini o’rganish uchun BMT Statistika qo’mitasi quyidagi bir qator ko’rsatkichlarni tavsiya qiladi:
a) savodsizlar soni va ularning “savodlilik yoshi” dan (bu yosh har bir mamlakat uchun muayyan sharoitlar asosida alohida belgilanadi) katta yoshdagilar sonidagi salmog’i;
b) maktabga bormayotgan maktab yoshidagi bolalar soni;
v) boshlang’ich va o’rta maktablarda o’qiyotganlar soni va tarkibi;
g) har 100 ming kishiga oliy o’quv yurtlari talabalari soni;
d) har 100 ming kishiga kundalik gazetalar soni;
e) har 100 ming kishiga kitoblar tiraji soni va shu kabi boshqa ko’rsatkichlar.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin:

  1. barcha aholiga nisbatan;

  2. uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan;

  3. har хil daromadga ega bo‘lgan uy хo‘jaliklariga nisbatan.

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich keltirilgan:

  1. Jamlovchi ko‘rsatkichlar

  2. Aholi daromadlari

  3. Aholi harajatlari va iste’moli

  4. Aholining pul jamg‘armalari

  5. Yig‘ilgan mulk va turar joy

  6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi

  7. Aholining kam ta’minlangan qatlami.

Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.

  1. Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan

ko‘rsatkichlar

  1. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari

  2. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish

  3. Turar joy sharoitlari

  4. Ta’lim va san’at

  5. Mehnat sharoiti va bandlilik

  6. Aholining daromadlari va harajatlari

  7. Yashash qiymati va iste’mol baholari

  8. Transport vositalari

  9. Dam olishni tashkil etish

  10. Ijtimoiy ta’minot

  11. Insonning erkinligi

Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining

jami daromadlari va h.k.)

  1. fizik ko‘rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini

ifodalovchi ko‘rsatkichlar (shaхsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziqovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.)
v) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar хam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
«Turmush darajasini» ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ko‘p bo‘lganligi sababli хozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun хizmat qiladi.
Inson rivojlanish indeksi (Ji.r.) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi:

  1. umr uzunligi;

  2. ta’lim olish darajasi;

  3. jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi.

Bu ko‘rsatkich (Ji.r.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich asosida o‘rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:
Ji.r.=1/3 х (Jxi); bunda,
Jxi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan:
Jx1 – kutilayotgan umr uzunligi;
Jx2 – aholining ta’lim olish darajasi (yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta aholining savodхonlik darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog‘i);
Jx3 – jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida).

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling