Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari


YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI


Download 0.59 Mb.
bet3/22
Sana16.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1359760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-mavzu Fanga Kirish

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI













(1441-1501)
Alisher Navoiy aytganidek:
«So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik
keltirasan».
  • Til- aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
  • Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi.
  • Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi.
  • Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

Me’yor tushunchasi

  • Nutq tushunchasi to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn)gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.
  • Adabiy til me’yorlari til vositalarining nutqda qo‘llanishini belgilab beruvchi qoidalar yig‘indisi bo‘lib, ular har bir til bo‘limida ko‘rib chiqiladi, ya’ni leksikologiyada leksik–semantik me’yorlar, fonetikada orfoepik va orfografik me’yorlar, grammatikada morfologik va sintaktik me’yorlar o‘rganiladi.
  • Nutq uslublari o‘zlariga xos belgi va farqlardan qat’iy nazar, adabiy til me’yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy me’yor tilning tovush tizimini, grammatik qurilishi hamda uning lug‘at tarkibidagi eng tiniq hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. U tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlashgan shaklidir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling