Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari


YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)


Download 0.59 Mb.
bet6/22
Sana16.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1359760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-mavzu Fanga Kirish

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Og’zaki nutq so‘z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag‘al bo‘ladi. Unda bir xil so‘zlar, bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir.
  • Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam (pauza), ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.
  • Suhbatdoshlarning og‘zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bo‘lishiga qarab, og‘zaki nutq ikki shaklga bo‘linadi. Bularning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Monolog so‘zlovchini o‘ziga yoki tinglovchilarga qaritilgan nutqidir. Monolog nutqida so‘zlovchi o‘ziga ma'lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari haqida ma'lumot beradi.
  • Monolog nutq tinglovchilari suhbatga faol aralashuviga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintetik jihatda monologik nutq murakkab tuzilgan bo‘lib, keng qamrovlidir.
  • Monolog nutq kishilarning aloqa tajribasida katta o‘rin egallaydi va juda xilma-xil og‘zaki va yozma ravishda so‘zga chiqishlarida namoyon bo‘ladi.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Nutqning monolog formalariga leksiyalar, dokladlar, majlislarda nutq so‘zlashlar, e'lonlar, buyruqlar va boshqa ko‘p og‘zaki va yozma axborotlar oiddir.
  • Monolog nutqning hamma formalarining umumiy va xarakterli xususiyati uning haqiqiy yoki hayoliy eshituvchiga nisbatan aniq yo‘nalganligidir. Bu yo‘nalishdan maqsad tinglovchilarga zarur ta'sir ko‘rsatishga erishishdir.
  • Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan nutqning eng qiyin va murakkab formasidir. Har birimiz o‘zimizning nutq tajribamizdan yaxshi bilamizki, suhbatda qatnashish qandaydir maxsus axborot bilan chiqishga nisbatan ancha yengildir.
  • Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha keng bo‘lib, u o‘zining mazmuni va grammatik tuzilishiga ko‘ra ko‘p jihatdan yozma nutqqa to‘g‘ri keladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling