Kirish. Akademik yozuvning mazmuni va vazifalari


YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)


Download 0.59 Mb.
bet8/22
Sana16.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1359760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
1-mavzu Fanga Kirish

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Tilning barcha qoidalariga (orfografik, morfologik, sintaktik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonematik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma'no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi yozma nutq deyiladi.
  • Yozma nutq ham og‘zaki nutqqa o‘xshab aloqa vazifasini bajaradi. Biroq og‘zaki va yozma nutqlarda fikr almashish har xil usul va vositalar bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki nutq aniq tovushlarga suyanadi. Yozma nutq yozuv belgilari (harf) yordamida chizma (grafik) shaklida tasvirlanib, ularning har biri og‘zaki nutqning ayrim tovushlarini bildiradi.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Yozma nutq jamiyat tarixida va kishilar hayotida ham og‘zaki nutqdan so‘ng vujudga keladi va uning asosida shakllanadi. Yozma nutq har xil tekstlarni tuzish, ko‘chirib olish va bayon qilishni va ularni o‘z ichida yoki tovush chiqarib o‘qishni o‘z ichiga oladi. Yozma nutqning xususiyati shuki, u boshqa vaziyatda, ayni shu joyda yo‘q bo‘lgan talabaga qaratilgan bo‘ladi va u yozilgan narsani faqat bir qancha vaqtdan so‘ng o‘qiydi.
  • Yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning bo‘lmasligi yozma nutq tuzishda ma'lum qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Yozuvchi fikrlarini yaxshi tushuntirish uchun ifodalash vositalaridan (ohang, mimika, ishora) foydalana olmaydi. Yozuvchi o‘z atrofini o‘rab olgan vaziyatga suyana olmaydi, chunki u talabaning idrok qilishiga og‘irlik qiladi. Shuning uchun yozma nutq har qanday og‘zaki nutq formasiga nisbatan ancha mukammal va ravon bo‘ladi.

YOZMA VA OG‘ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI (davomi)

  • Doklad, dars konspekti, maqola, hikoya, xat va boshqalar yozayotganingizda o‘z fikringizning mazmunini juda aniq va ravon so‘z formasida ifoda qilish uchun faol va ongli suratda ishlaysiz. Siz buning uchun kerakli so‘zlarni topishga harakat qilasiz, aniq va yaxshiroq gaplar tuzishni ta'minlaydigan so‘zlar tartibini tanlaysiz.
  • Yozma nutqning, ayniqsa, katta ahamiyati shundan iboratki, u kishilar o‘rtasidagi aloqani kengaytiradi va atrofni o‘rab olgan borliqni bilish chegarasini ancha oshiradi.
  • Yozma nutqda kishilik jamiyatining tarixiy tajribalari - uning fan, san'at va butun insoniyat madaniyati erishgan yutuqlari qayd qilingan va mustahkamlangandir. Yozuv tufayli ko‘pgina avlodlar tomonidan to‘plangan bilimlar millionlab kishilarning boyligi bo‘lib qoladi va har bir o‘qimishli kishi o‘zining bilish faoliyatida ulardan foydalanishi mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling