ularning soni 100 taga yetkazildi. 2020-yilda “24/7 –
kunu tun» rejimida ishlaydigan “Elektron ofislar” soni 184
taga oshirilib, ular soni 308 taga yetdi. Oʻz-oʻziga xizmat
koʻrsatuvchi 12 dona avtomatlashtirilgan toʻlovlarni qabul
qilish qurilmasi ishga tushirildi. Bu qurilmalar orqali karta
balansini toʻldirish hamda inkassatsiya amaliyoti joriy
qilindi.
Shu kabi samarali mehnat natijasida bankning kredit
reytingi 2020-yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi
tomonidan “VV-/V” — “Barqaror” va “Standard & Poorʼs”
reyting agentligi tomonidan “VV-/V” darajasida baholandi.
Shuningdek, “Standart and Sensetive Ratings” milliy reyting
agentligi tomonidan milliy shkala boʻyicha bankka kreditga
layoqatlilik va ishonchlilik darajasi “uzA+” — “Juda
yuqori” deb baho berildi.
2020-yilning yanvar oyida jismoniy shaxslar uchun “Oilaviy
biznes” mobil ilovasi ishlab chiqildi.
U orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat
dasturlari asosida “onlayn” tarzda ajratiladigan imtiyozli
kreditlarni olish imkoniyati yaratilgan. Oʻtgan yilning fevral
oyida jismoniy shaxslar uchun “Xalq mobile” mobil
ilovasining yangi versiyasi, yuridik shaxslar uchun “Xalq
biznes” mobil ilovasi yaratildi. Yangi — “Quick statement”
mobil ilovasi esa tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish
va qonunbuzilish holatlarini juda qisqa fursatlarda aniqlash
imkonini bermoqda. Bunda foydalanuvchilar ushbu mobil
ilova orqali bank tizimida korrupsiyaga oid xavf-xatarga
duch kelganda, anonim yoki shaxsini maʼlum qilgan holda
xabar berishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar Xalq banki tizimida xotin-qizlar
Do'stlaringiz bilan baham: |