Kirish Amaliyot mavzulari


“Ahror sport ” MCHJda buhgalteriya hisobotini tashkil etishning huquqiy va metodologik asoslari


Download 322.81 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi322.81 Kb.
#1545272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ahror sport mchj hisobot

2. “Ahror sport ” MCHJda buhgalteriya hisobotini tashkil etishning huquqiy va metodologik asoslari.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik- huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish zaruriyati taqozo etdi.
Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi.
Tahlil (baholash) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar,
mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.
Korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. Tasarrufida mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi.
Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan o‘zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llarni ko‘rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya’ni moliyaviy menejment bilan shug‘ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin.
Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida
boshqarishning 4 darajali tizimini ko‘zda tutadi.
Birinchi daraja – qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar majmui, ya’ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja – turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va umuman mamlakat bo‘yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xilma-xil uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyalar.
To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me’yoriy boshqaruvining ana shu to‘rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Ma’lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizimini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. Ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
huquqi, burchi va mas’uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni topshirish va chop etish bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda buxgalteriya hisobining milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgartirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o‘rtasida munosib muomala tili bo‘lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o‘rganish va ularni mamlakatimiz amaliyotida keng qo‘llanish zarurligi sabab bo‘layotir.
Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati, asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ko‘rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy andozalarida (BHMA) o‘z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi BHMA lar tasdiqlandi:
1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot.
2. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar.
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot.
4. Tovar-moddiy zaxiralar.
5. Asosiy vositalar.
6. Lizing hisobi.
7. Nomoddiy aktivlar.
8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jami-
yatlariga qo‘yilgan investitsiyalar hisobi.
9. Pul oqimi to‘g‘risida hisobot.
10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash.
11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar.
12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi.
14. Xususiy kapital to’g’risida hisobot
15. Buxgalteriya balansi.
16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan voqealar.
17. Kapital qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalari.
19. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish.
20. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi.
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
20. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi.
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
22. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi.
23. Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish.
24. Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish.
2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash.
3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish.
Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ma'lumki, buxgalteriya hisobi "biznes tili" deb qabul qilingan. Chunki, iqtisodiy sub'ektlar bir-biri bilan iqtisodiy aloqada bo'lar ekanlar ular o'z sheriklarning moliyaviy holatini yaxshi bilishlari shart. Moliyaviy holatini o'rganish uchun esa uning moliyaviy hujjatlarini tushunish kerak bo'ladi. Yoki hamkorlikdagi sub'ektlar bir-biriga zid kelmaydigan bir xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash zarur. Bir so'z bilan aytganda, moliyaviy hisobot tiniq va aniq hamda eng asosiysi ishonchli bo'lishi lozim.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS)ning ahamiyati butun dunyoda har yili oʻsib bormoqda. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi standartlashtirish jarayoni xalqaro darajada murakkab va milliy buxgalteriya standartlarining xilma-xilligi bilan bogʻliq bir qator muammolarni hal qilishni talab qiladi. Ular buxgalteriya ob’ektlarining turli baholashlarini, hisobot koʻrsatkichlarining turli ta’riflarini belgilaydi.
“Ahror sport ” MCHJ korxonani rivojlantirish strategiyasida o’z faoliyatini kengaytirib jahon bozoriga mahsusotini eksport qilish vazifasini ko’zda tutgan. Shu bois korxona o’z hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzishni oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari asosida hisobotlarni tuzishda Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari (IAS) – bu Londonda joylashgan mustaqil xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilot – Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi (IASB) tomonidan chiqarilgan eski buxgalteriya standartlari huquqiy asos hisoblanadi. IAS 2001-yilda Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS) bilan almashtirildi. Xalqaro Buxgalteriya Standartlari (IAS) 1973-yilda tashkil etilgan Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi (IASC) tomonidan chiqarilgan buxgalteriya hisobining birinchi xalqaro standartlari edi. Bundan asosiy maqsad, hozirgi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab biznesni taqqoslashni osonlashtirishdan iborat va moliyaviy hisobotga oshkoralik va ishonchni oshirish, shuningdek global savdo va investitsiyalarni rivojlantirishdan iborat.
Standartlarning nomlanishi:
IAS-01 Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
IAS-02 Tovar-moddiy zaxiralar
IAS-07 Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
IAS-08 Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o‘zgarishlar va xatolar
IAS-10 Hisobot davridan keyingi xodisalar
IAS-12 Foyda soliqlari
IAS-16 Asosiy vositalar
IAS-17 Ijara
IAS-18 Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad
IAS-19 Xodimlarning daromadlari
IAS-20 Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochib berish
IAS-21 Valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarning ta’siri
IAS-23 Qarzlar bo‘yicha xarajatlar
IAS-28 Qaram tadbirkorlik subyektlaridagi va qo‘shma korxonalardagi investitsiyalar
IAS-29 Giperinfilatsiyali iqtisodiyotlarda moliyaviy hisobot berish
IAS-32 Moliyaviy instrumentlar taqdim etish
IAS-33 Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda
IAS-34 Oraliq moliyaviy hisobotlar
IAS-36 Aktivlarning qadrsizlanishi
IAS-37 Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar
IAS-38 Nomoddiy aktivlar
IAS-39 Moliyaviy instrumentlarni tan olish va baholash
IAS-40 Investitsion mulk
IAS-41 Qishloq xo‘jaligi
Moliyaviy hisobotning konseptual asosi:
MHXS1 MHXS birinchi marta qo‘llash
MHXS 2 Aksiyaga asoslangan to‘lov
MHXS 3 Biznes birlashuvi
MHXS 4 Sug‘urta shartnomalari Standartlarning nomlanishi:
MHXS 5 Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat
MHXS 6 Foydali qazilmalar zaxiralarni qidirish va baholash
MHXS 7 Moliyaviy instrumentlar va ma’lumotlarni ochib berish
MHXS 8 Operatsion segmentlar
MHXS 9 Moliyaviy instrumentlar
MHXS 10 Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar
MHXS 11 Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha kelishuv
MHXS 12 Boshqa tadbirkorlik subyektlarida ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochib berish
MHXS 13 Haqqoniy qiymatni baholash
“Ahror sport ” MCHJ ham yuqorida ko’rsatilgan meyoriy hujjatlarga muvofiq ish faoliyatini olib bormoqda.



      1. Ahror sport ” MCHJda buhgalteriya hisobini tashkil etish.

Korxona o‘z ishlab chiqarishi va boshqaruv ehtiyojlaridan, ularning murakkabligi va ishlovchilar sonidan kelib chiqqan holda, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi. Bunda korxona buxgalteriya hisobining registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishining xususiyatlariga mustaqil ravishda moslashtirishi mumkin:
– yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv qoidasi);
– tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligi;
– barcha xo‘jalik muomalalarini registrlarda yalpi aks ettirish;
– birlamchi hisob hujjatlari asosida hisob, birlamchi hujjatlar ma’lumotlarini korxonani boshqarish va uning xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobini tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plash va bir tizimga solish;
Korxonalar buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishda Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 21-son BHMAdan foydalanadi. Korxonada birlamchi hisob axborotining muayyan moddiy boyliklarni olib kelish yo‘li bilan barcha xo‘jalik muomalalarini yalpi hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
Korxonada amalga oshiriladigan muomalalarni hujjatlashtirish uchun birlamchi hisob hujjatlarining namunaviy shakllari, idoraviy shakllari, shuningdek, tegishli namunaviy shakllarga nisbatan mustaqil ishlab chiqilgan, majburiy rekvizitlari mavjud bo‘lgan va amalga oshirilgan muomalalar hisobida to‘g‘ri aks ettirishni ta’minlaydigan shakllarni qo‘llashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobining birlamchi hisobida qo‘llaniladigan hujjatlarning majburiy rekvizitlari quyidagilar: hujjatning nomi, tuzilgan sana, xo‘jalik muomalasining mazmuni, xo‘jalik muomalasining o‘lchov
birligi (miqdoriy yoki qiymat ifodasida), xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va uni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning ism-sharifi, shaxsiy imzolari va boshqalar.
Soddalashtirilgan tizimda hisob ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
– Boshlang‘ich hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish.
– Buxgalteriya hisobotini tuzish.
– Korxona uchun zarur boshqa axborotni olish uchun buxgalteriya hisobi registrlari ma’lumotlaridan foydalanish.
Korxonada buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklida hisob registrlarining quyidagi ikki turidan foydalanish mumkin:
1. Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari;
2. Tegishli hisob obyektlarini hisobga olish qaydnomalari.
Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari tahliliy va jamlama hisoblar registri bo‘lib, uning asosida farmasevtika korxonada muayyan sanada mablag‘lar mavjudligi va ularning manbalarni belgilash va buxgalteriya hisobini tuzish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari kombinatsiyalashgan registr ham bo‘lib, farmasevtika korxona tomonidan qo‘llaniladigan barcha buxgalteriya schyotlarini o‘z ichiga oladi, ularning har biri xo‘jalik muomalalarining hisobini yuritish imkonini beradi.
Bunda u balansning tegishli moddalari mazmunini asoslash uchun batafsilroq bo‘lishi lozim.
Korxona daftarni qaydnoma ko‘rinishida yuritib, uni har oy uchun yoki muomalalar hisobi butun hisobot yili uchun yuritiladigan daftar shaklida ochishi mumkin, bu holda oxirgi sahifasiga daftardagi mavjud sahifalar soni yoziladi, u rahbar va bosh buxgalterning imzolari, shuningdek, farmasevtika korxona muhrining izi bilan tasdiqlanadi. Xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari yil boshida (korxona faoliyati boshida) aktivlar va passivlarning har bir turi bo‘yicha mavjud bo‘lgan qoldiqlar summalari qaydi bilan ochiladi. So‘ngra «Muomala mazmuni» ustunida oy qayd qilinadi va xronologik tartibda pozitsiyali usul bilan har bir birlamchi hujjat asosida oyning barcha xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. Bunda Daftarda «summasi» ustuni bo‘yicha qayd etilgan har bir muomalaga doir summalar bir vaqtning o‘zida tegishli vositalar turlari va manbalarini hisobga olish schyotlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo‘yicha ikkiyoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. Vositalar va ularning manbalari debet va kredit oborotlarining bir oy uchun yakunlari hisoblanganidan so‘ng ularning har biri bo‘yicha keyingi oyning 1-kuniga saldosi chiqariladi.
Barcha schyotlar debet oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlarining umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi kerak. Soddalashtirilgan shakl bo‘yicha hisobni tashkil etish uchun farmasevtika korxonalar schyotlar rejasi asosida xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlari ish rejasini tuzishlari zarur. U farmasevtika korxonaga asosiy vositalar va ular manbalarining hisobini asosiy bosh schyotlardagi buxgalteriya hisobi registrlarida yuritish va bu bilan umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini beradi.



Download 322.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling