Kirish Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligi


XIV-XV asrlar Temuriylar davrida naqqoshlik va xattotlik san’atining taraqqiyoti


Download 174.66 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi174.66 Kb.
#1021235
1   2   3
Bog'liq
amir tuemur va temutiylar davrida me\'morchilik tarraqiyoti

XIV-XV asrlar Temuriylar davrida naqqoshlik va xattotlik san’atining taraqqiyoti.


15-asrda Samarqand va Hirotda me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at va adabiyot nihoyat darajada taraqqiy etadi. Bu ikki poytaxt shaharlarida ko’plab hashamatli jamoat binolari qad ko’taradi. Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulug’bek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni itmomiga yetkazadi. Go’ri Amirning kirish peshtoqi, SHohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, SHahrisabzdagi Qo’kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir.
Ulug’bek, ayniqsa Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor beradi. Uning davrida Samarqand shahrining Registon. maydoni shakllandi. U qaytadan rejalashtirilib, maydonga Ulug’bek madrasasidan tashqari peshtoqli va ulkan gumbazli xonaqoh, karvonsaroy, o’ymakor yog’ochlardan ishlangan masjidi Muqatta’ bino qilindi. Ikki yuz o’n gumbazli Ko’kaldosh jome masjidi qad ko’tardi. Bu oliy imoratlardan faqat Ulug’bek madrasasigina bizning davrimizgacha saqlangan. Madrasa me’morlik jihatidan musulmon SHarqida shu turdagi binolarning klassik namunasi hisoblanadi. U ikki qavatli, hujralarining old tovdonlari to’rt qirrali ayvon burchaklarida darsxonalar, g’arbiy tomonida esa masjid joylashgan. Imorat peshtoqi sharq tomonga, Registon maydoniga qaragan. Madrasa peshtoqi, to’rt burchagidagi minoralari va devorlari naqshinkor parchin va koshinlar bilan qoplangan, beqiyos me’moriy ko’rinishga ega.
Ulug’bek davrida yana bir yirik me’moriy majmua-SHohizinda ansambli kompozitsiyasi jihatidan to’la qurib bitkazildi. Uning markaziy qismdagi naqshinokr obidalar orasida ayniqsa, Qozizoda Rumiy maqbarasi me’moriy jihatdan eng ajoyibi hisoblanadi. U peshtoqli, ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bo’lib, koshinkor va beqiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan naqshlangan. Ulug’bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida tapxi, matematik yechimlari, naqsh va bezaklari jihatidan eng nodir inshootlardan hisoblangan Samarqand rasadxonasi alohida o’ringa ega. CHunki u SHarqning ko’p asrli ilmu ma’rifat va madaniyati tarixida shuhrat topgan rasadxonalar orasida Movarounnahrda qad ko’targan yakkayu yagonadir. SHarq mamlakatlarida ilmu ma’rifatni, xususan astronomiya va matematika fanlarining rivoji yo’lida rasadxonaning qo’shgan hissasi nihoyatda buyukdir.
Jamoat binolari qurilishi me’morchiligida Registon maydonida bino qilingan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, «Bog’i maydon»da qad ko’targan «CHilsutun» («Qirk ustun») va «CHinnixona» saroylari, ayniqsa diqqatga sazovor. Tillakori madrasasi o’rnida bo’lgan Mirzoyi karvonsaroyida ko’pincha xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar qo’nishgan. Boburning ta’riflashicha, «CHilsutun» va «CHinnixona» saroylari nihoyatda muhtasham va ko’rkam bo’lgan. «CHilsutun» toshlardan farsh qilingan baland tagkursi ustiga ikki qavatli qilib qurilgan, uning burchaklarida ichki aylanma zinapoyali minoralari bo’lgan. Zinapoyalar orqali saroyning yuqori qavatiga chiqilgan. Ikkinchi qavatning markazida chordara uslubida qurilgan xonaning to’rt tarafi o’ymakor tosh ustunli ayvon bo’lgan. CHordara uslubida bino qilingan CHinnixona saroyining devorlari, xususan ularning izora (panelь) qismlari xitoydan keltirilgan rangdor va naqshli chinnilar bilan qoplangan, shu sababli bu oliy imorat shu nom bilan shuhrat topgan. 15-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandda hashamatli binolar qurish birmuncha cheklandi. Bu davrda ikki qavatli Xo’ja Ahror madrasasi (1456), Ishratxona (1464) va Oqsaroy (1470-yillar) maqbaralari kabi imoratlar qad ko’tardi.
14-15 asr me’morchiligida imoratlarni o’ziga xos yangi ma’lum maqsadga qaratilgan yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo’llaniladi. Binolarning peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi.
Bu davr me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar yanada takomillashtirilib, yuqori darajali ma’naviyatni anglatuvchi o’ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan imoratlar o’zining uyg’unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o’zining mukammalligi, yetuk shakli nafisligi va go’zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi 14-15 asrlar qurilish san’atining ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib chiqqan mohir me’mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi ko’p asrli tajribasi o’z ifodasini topgan. Bu me’moriy obidalarning muhandisu tarrohlari go’zallikning ob’ektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o’z ijodlarida davrning g’oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning me’moriy usuli, naqshi, o’ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va takrorlanmasdir.
15-asrning 2-yarmida Movarounnahrning ma’naviy hayotida sufiylik tariqatining ta’siri kuchayib.dunyoviy ilmlarga deyarli ahamiyat berilmay, Samarqand rasadxonasidek «Dor ul-ilm» qarovsiz qolgan bir paytda Xuroson shaharlari, xususan uning poytaxti Hirot obodonlashib, u ilm-fan, adabiyot va san’atning markaziga aylandi. Hirotda, ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506) hukmronlik qilgan davrda bir qancha oliy imorat va inshootlar qad ko’taradi. Hirotning obodonlashishi va unda amalga oshirilgan qurilishlarning askariyati o’sha vaqtlarda Sulton Husayn devonida bosh vazirlik lavozimida bo’lgan va nihoyatda davlatmand Mir Alisher Navoiyning nomi bilan ham bevosita bog’liqdir. Navoiyga zamondosh muarrixlarning shahodat berishicha, Xurosonda, xususan Hirot va uning buluklarida Navoiy tashabbusi bilan uch yuzdan ortiq jamoat binolari:masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, istirohat bog’lari, rabot va karvonsaroylar haada sug’orish inshootlaridan ariq (kanal), hovuz, ko’prik, koriz, bandlar (suv omborlari) qurilgan. Qurilishlarning ko’pi Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablag’iga amalga oshirilgan. Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidi» risolasida qayd etilishicha, Alisher Navoiy-ning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming «shohruhiy» dinorga teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, jumladan jamoat qurilishlariga sarf qilgan. 15-asr muarrixi Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy o’z mablag’iga 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko’prik, 9 hammom va bir qancha masjid, mad-rasa, xonaqoh va shifixonalar kabi hayrli imorat va inshootlar qurdirgan. Astrobod shahrida qurilgan Mir saroyi va Jome masjidi, shuningdek Marv shahrida bino qilingan Xusraviya madrasasi shular jumlasidandir.
Shu bilan birga Navoiy jangu jadallar va zilzilalar oqibatida vayron bo’lgan ko’pgina jamoat binolarini qayta tiklashdek sermashaqqat ishlarni ham amalga oshiradi. U Hirot va boshqa shahar-qishloqlarda 12 ta masjidni qayta tuzattiradi, jumladan 13 asrda Hirotda bino qilingan Jome masjidi, 1405-1418 yillarida Mashhadda qurilgan Gavharshod masjidi, 11-asr boshida Gurg’on yaqinida o’rnatilgan Qobus minorasi, 11 asrda Marv va Hirot oralig’ida qurilgan Arslonjoziba raboti va ko’pgina boshqa imoratu inshootlar ta’mir etiladi.
Binolar majmuotining’ eng ko’rkami va yirigi Navoiy tomonidan Hirot yakinida bunyod etiladi. Navoiy vazirlik lavozimidan iste’fo bergach, Husayn Boyqaro unga Injil anhori bo’yidan yer va suv ajratib beradi. Bu yerda Navoiy hovli joy, bog’cha va katta kutubxona bunyod etadi, ayni paytda bir qancha xayrli qurilishlarni ham boshlab yuboradi. Qurilishning bosh tarhi Navoiy tomonidan taklif etiladi. Binokorlik ishlari Hirotning mohir me’mor, muhandis, binokor va naqqoshlari tomonidan bajariladi. Injil bo’yida nihoyatda naqshinkor «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisida ko’rkam «Xalosiya» xonaqohi qad ko’taradi. «Qudsiya» jome masjidining g’arbida «SHifoiya» davolash uyi, uning qarshisida esa «Safoiya» hammomi, ular qoshida tosh hovuz ham quriladi. Madrasa va xonaqohlarda bir necha ming kishi istiqomat qilib fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. Xondamirning yozishicha, «Xalosiya» xonaqohida har kuni zaifa va miskinlarni ziyofat qilib, laziz taomlar bilan to’ydirishgan. Yangitdan quriladigan har bir bino yoki ta’mir etiladigan har bir yodgorlikka mukammal me’moriy zeb berish uchun Navoiy qurilishga hamma vaqt ko’plab turli kasbdagi binokor ustalarni: mohir muhandisu me’morlar, koshintaroshu toshtaroshlar, o’ymakor naqqoshlaru muzahhiblar (zarhal tortuvchi) hamda parchinpazlarni jalb qilar edi. Xondamirning «Xulosat ul-axbor» nomli asarida yozishicha, 1498 yilda Hirot Jome masjidini ta’mir etib tiklashda qariyb yuzta hunarmand ustalar qatnashgan. Ta’mirlash ishlari boshidan oxirigacha bevosita Navoiy boshchiligida amalga oshirilgan. «Ko’p kunlar u etagini beliga qistirib, yollangan ishchilar singari ustalarga g’isht uzatardi va boshqa ishlar qilardi. Tez-tez me’mor, usta va kosiblarga qimmatbaho sarupolar kiydirardi va ko’p navozish ko’rsatar va bosha in’omlar bilan xushdilu hursand qilardi. SHunday qilib, uch-to’rt yillik ish olti oy muddat ichida tamomlandi». Navoiy tomonidan ta’mir ettirilgan Hirot Jome masjidi hovlisining uzunligi 114 metr, eni 84 metr bo’lib, oltita darvozasi bo’lgan. Jome masjidi hozir ham Hirotning eng go’zal obidalaridan biri.
Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligi to’g’risida so’z yuritilar ekan, shuni ta’kidlash joizki, unda hozirgi zamon shaharsozligida infrastruktura deb ataladigan uyg’unlikka erishishga harakat qilingan. Masalan, 15-asrning 80-yillarida Hirot yaqinida Injil anhori bo’yida qurib bitkazilgan ko’rkam imoratlar majmuasida uy-joylardan tashqari, madrasa, xonaqoh, shifoxona, hammom, hovuzlar, savdo rasualari bo’lgan. Dam olish hiyobonlari, bog’-rog’lar esa xushhavo joylarda barpo qilinib, ularga shahar me’morchiligining tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Bu davrda jamoat binolarini ismi jismiga monand, ma’nodor, hamda jarangdor nomlar bilan atashga ham katta ahamiyat berilgan. SHuningdek bunday nomlar zaruriyatga qarab, abjad hisobida kurilish yili tarixini ham ifodalashi lozim bo’lgan. Ixlosiya, Xalosiya, SHifoiya, Safoiya, Unsiya, Hudsiya, Nizomiya, Xusraviya va Fanoiya shular jumlasidandir. Masalan, Ixlosiya madrasasining nomi Navoiyning maktabdosh do’sti Sulton Husayn Boyqaroga bo’lgan ixlosini, minnatdorchiligini bildirsa, Xalosiya-ozodlik, SHifoiya-sog’liq, shifo; Safoiya-poklik, soflik ma’nosini anglatgan. Xusraviya madrasasining nomi esa binoning birinchi g’ishtini qo’ygan shahzoda Muhammad Sulton nomini hamda uning qurilish yilini ifodalagan. Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligida o’zining kompleksligiga va bajargan vazifasi jihatidan jamoat binolari orasida shifoxona va hammomlar alohida o’rin tutadi. Bunday binolar O’rta va Yaqin Sharkda 8-9 asrlardayoq qad ko’tarib, 15 asrda Samarqand, Buxoro, Gurganch, Marv, Hirot, G’azna, Ray, Ham adon va Isfixon kabi Sharqning nufuzli shaharlarida keng tarqalgan edi.
15 asrda me’morchilikning bu sohasida ilk o’rta asrlar an’analari yanada rivojlantirildi. Hirot shahrida shunday shifoxonalardan biri Sulton Abusaidning (1439—1469) katta xotini Milkat og’o tomonidan qurdiriladi. Unga Hirotning yetuk tabiblaridan Mavlono Darvishali mutasaddi qilib tayinlanib, barcha muolaja ishlari unga topshirilgan edi. Bunday jamoat shifoxonasi «Dor ush-shifo» (Davolash uyi) nomi bilan yuritilib, ularga zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolaganlar. Dor ush-shifoda maxsus dorixonalar bo’lib, ularda doripazlar bemorlar uchun dori-darmonlar tayyorlab berganlar.
Xondamirning ta’riflashicha, Injil sohilida qurdirilgan «SHifoiya» shifoxonasi «Ixlosiya» madrasasining ro’parasida joylashgan bo’lib, gumbazi naqshinkor moviy koshinlar bilan qoplangan. Devorlari qizil g’ishtdan terilgan. Hovlisida sarhovuz bo’lib, sahnidan mayin tog’ shabadasi mutassil esib turgan. «SHifoiya» shifoxonali tabobat ilmgohi tarzida bo’lib, unda tabib va hakimlar bemorlarni davolashdan tashqari tabobat ilmi bilan ham shug’ullanganlar.
Alisher Navoiyning inoyati bilan o’sha davrda yetishib chiqqan G’iyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulxay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulxay Tuniy, Muhammad Mu’in, Xutbuddin Odam kabi mashhur tabiblar «SHifoiya» da uzoq vaqt faoliyat ko’rsatganlar. Bu davrda Hirot Dor ush-shifosi, ayniqsa, kahhollari (ko’z kasalliklari tabiblari) g’oyat shuhrat topadi. Bir safar hatto Xo’ja Ahrorning Navoiyga yozgan maxsus maktubi bilan Mavlono Fazlulloh davolanish uchun Samarqanddan Hirotga yuboriladi. Xo’ja Ahror kasal bo’lganida esa Navoiy farmoniga binoan Nizomuddin Abdulxay tabib Samarqandga keladi. SHubhasiz, Hirotning 15-asr tabib va hakimlari tabobat sohasida ko’plab ilmiy kitob va risolalar yozganlar. Navoiyning tabobat ilmiga rahnamoligi tufayli Hirotda Dor ush-shifo ochiladi. Unda mashhur Tabiblar faoliyat ko’rsatib, tib ilmi rivojiga o’z hissalarini qo’shadilar. E’tiborli tomoni shuki, shifoxonada davolash va davolanish uchun barcha sharoqtlar mavjud bo’lib, bemorlarga dori-darmonlar, kundalik nonushta va tushlik ovqatlar muhayyo etilgandi. Navoiyning vafotigacha uning tarbiyasida 12 mingga yaqin madrasa tolibi, shoir, olim, muzahhib, musavvir va zargarlar, duradgor va binokor ustalar kamol topadilar.
Xalq salomatligi yo’lida qayg’urgan Navoiy Hirot va uning atrofida, Shifoiya, Ziyoratgoh Darai Zang, Tuvurchi, CHilduxtaron, Tarnob, Panjdeh, Fayzobod, Sa’dobod kabi bir qancha hammom ham qurdiradi.
Navoiyning rejasi va tarhi bilan bino kilingan yirik me’moriy mukammal majmuotlar, uning tashabbusi bilan qurilgan katta-kichik inshootlar ulug’ shoirning me’morchilik san’ati bobida ham boy bilimga ega bo’lganligidan guvohlik beradi. Me’moriy jihatdan bekamu ko’st qurilgan har bir binoni Navoiy oddiygina boshpana emas, balki o’zining jozibasi bilan kishilarga orom va estetik zavq beruvchi san’at asari deb hisoblagan. O’zining bunday fikrini u:
Tarix qilsa muhandisi mohir.
Har zamon o’zga shakl etar zohir.
Har kishi g’olib o’lsa savdosi.
Daf’i savdo qilur tamoshasi misralarida ifodalagan.
Navoiyning me’morchilik va san’at sohasida yetarli bilimga va yuksak badiiy tasavvurga ega ekani, san’atga bo’lgan ixlosu e’tiqodi, shavku zavqi tufayli u asarlarida yaratgan qahramonlarini ko’pincha mohir musavvir, usta binokor, qo’li gul naqqosh, zukko me’mor qiyofasida tasvirlaydi. Navoiy SHarq me’morchiligi va musavvirligi an’analari tarixining zo’r bilimdoni ekanini nafaqat o’zi yaratgan obrazlar misolida, balki hayotiy faoliyatida ham chuqur namoyish eta oldi.
15-asrning madaniy hayotida istirohat bog’lari tashkil etish san’ati ham diqqatga sazovordir Samarqand. Buxoro, Marv, Hirot kabi yirik shaharlar atrofida go’zal oromgohlar barpo etiladi. Bu davrda ham sayrgoh bog’lar asriy an’analarga asosan ikki xil usulda: chorbog’ va qo’riqxona tarzida tashkil etiladi. CHorbog’lar tarhi mutanosiblik (simmetriya) asosida to’g’ri geometrik shakllardan tuzilgan tartibli gulzor va mevazorlardan iborat bo’lib, ko’riqxonalar tabiatning xushmanzara bag’rida barpo etilgan.
Istirohat bog’lari gulzorlar bilan o’ralgan baland saroy va naqshinkor shiyponlar, ularga eltuvchi sersoya so’lim xiyobonlar, zilol suvli ariqlar, markazida girdi va ichi tosh-taxtalar bilan farsh etilgan hamda atrofiga g’ujum va majnuntollar o’tqazilgan to’rt yoki sakkiz burchakli hovuzlardan iborat bo’lgan. Bunday istirohat bog’larini o’z ko’zi bilan ko’rgan Xondamir «bu sharofatli Joy nafis bezaklar va g’aroyib ixtirolar bilan orasta qilingandir», deb ta’riflagan. SHubhasiz, bunday ta’rif Hirotning eng yirik istirohat bog’i «Bog’i Jahonaro» manzarasida o’z ifodasini topgan edi. Bog’i Jahonaroning umumiy maydoni qariyb bir kvadrat kilometrga teng bo’lib, bog’da oldi gulzor, atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan o’ralgan baland saroydan tashqari CHorbog’ va CHorchaman hamda hiyobon ko’rinishida tashqil etilgan to’rtta bog’, ular o’rtasidagi keng hovuzning to’rt tomoniga qurilgan to’rtta naqshinqor shiypon va kamonda nishonga o’q uzib mashq va musobaqa qilishga mo’ljallangan maxsus binot-sadoqxona (tir) joylashgan edi.
XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyo badiiy hayotida portret san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon, Imomqulixon portretlari shular jumlasidandir. Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdulla Buxoriy, Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o’rinni egalladilar. Ularning bizgacha yetib kelgan ayrim asarlari yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko’plab qurildi. Тemur Hindiston yurishidan so’ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Тemur davrida Saroy Mulk xonim Go’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar bunyod etirdi. XV asrda madrasa me’morchiligi o’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo’ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo’yicha rejalashtirilsa ham, asosiy shakllari, ularning o’zaro nisbatlari va bezaklariga ko’ra har biri o’z qiyofasiga ega edi. Тemuriylarning ikki san’at durdonasi-Samarqanddagi Ulug’bek va Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo’yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Тemuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o’z ichiga oluvchi to’siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Тemur davrida shayx Burxoniddin Sag’orjiy xilxonasi – Ruhobod maqbarasi va Тemuriylar xilxonasi -Go’ri Amir. Shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko’rinishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi. Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shahrisabz, Тermiz, Тoshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo’yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Тoshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontohur majmuasi, bo’lib, Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.
Тemur davrida ulkan inshoot-Тurkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Qadamjolar me’morchiligi ham o’ziga xos tuzilishga ega. Тemur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Тemur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O’g’li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Хorazm me’morchiligi an’analarini ko’rish mumkin.
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo’lib, uch qavatlidir.
Тemuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo’lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo’lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog’larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo’lib, toq va ravoqlari beqiyos bo’lgan. Тemur va Ulug’bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Тemur o’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.
Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko’tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko’kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo’ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalish bo’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo’ldi. O’rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Хattotlik- qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. Samarqanddagi Тemuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo’lgan. Тemur, o’g’illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug’bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo’lgan. Bu davrda qayta ko’chirilgan Abdurahmon as-So’fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to’qqiz falak ko’rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo’limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Тemur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Тuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko’p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Хattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta’liq noyob qo’lyozma asarlar ko’chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Amir Тemur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Тurkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko’chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo’lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg’unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o’z o’rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Тarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Тemur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko’chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko’chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo’yoqlarning uyg’unligi ajralib turadi.
Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog’liq bo’lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so’ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Тarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Тemuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Тemurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg’ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Хusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Хuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Тemuriylar bilan bog’liq bo’lib, temuriylarning Bag’dod, Sheroz, Тabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Тurkiston san’atiga xos bo’lgan Тurkiy obrazlarda Хitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.
Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Хayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Тaliliy, Pir Ahmad Bog’i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo’yoqlar ustalik bilan qo’llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari hirotga ko’chib o’tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Тemur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Хalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o’ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Тemur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va shahzodalar bor bo’yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Тemur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko’plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko’rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug’-Тemurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Хalil Sulton va Ulug’bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida to’q yashil va jigarrang ko’pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo’lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Hirot va Sheroz miniatyuralari qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.
Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.
Ulug’bek davrida mashhur bo’lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o’ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo’lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»hamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shohnoma» asariga ishlangan bo’lib hozir Тurkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug’bek davrida as-So’fiyning «Siljimas yulduzlar ro’yhati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko’rsatilgan bo’lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo’lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko’chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o’rgatishi mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.
Тemuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo’ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me’morchilik bilan bog’liq bo’lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog’och va tosh o’ymakorligi bilan ham bog’liq edi. Qabr toshlariga qisman o’simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so’zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o’yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag’ana yoki suna shaklida bo’lib, bo’z rangli marmardan, ayrim hollarda o’ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog’och o’ymakorligida Go’ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Тemur va Ulug’bek davrlarida metall o’ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o’yib, bo’rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. Yassaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo’yish san’atining eng yuksak namunasidir.
Amaliy san’atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o’simliknoma naqshlarni qora bo’yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo’lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo’yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo’llaydi. Тemur va temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan to’qimachilik, gilamdo’zlik, kashtachilik yuksak san’at darajasiga ko’tarildi.
Oʻzbekiston hududida xalq hunarmandchiligi koʻp asrlar davomida rivojlanib keldi. Oʻzbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan badiiy hunarmandchilik turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoda mashhur. Ushbu sohaning mohir ustalari tomonidan yaratilgan hamda meros qilib qoldirilgan betakror buyumlarning nafisligi, ulardagi shakl va bezaklarning mukammalligi beixtiyor badiiy mushohadaga undashi bilan kishini hayratga soladi.

Markaziy Osiyo hududida, ayniqsa, temuriylar davlatida ilm, fan, madaniyat hamda sanʼatning yuqori darajada rivojlanishiga katta ahamiyat berilib, kerakli sharoitlar yaratilgan edi. Amir Temur ulkan va qudratli saltanat barpo etib, maʼnaviyat va madaniyatning yuksalishi, gullab-yashnashi, oʻtmishdagi ajoyib anʼanalarning yangi tarixiy vaziyatda qayta tiklanishi uchun sharoit yaratdi. Sohibqiron ijtimoiy faoliyatining ana shu buyuk yuksalish xususiyati badiiy madaniyat sohasida yaqqol namoyon boʻldi. Hozirgi Oʻzbekiston hududidan Buyuk ipak yoʻli boʻylab necha asrlar davomida qatnagan karvonlar orqali Sharq va Gʻarbga bir qator buyumlar olib oʻtilgan. Bular orasida hunarmandlar tomonidan yaratilgan goʻzal namunalar ham bor edi. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivoj topib, isteʼmol mollarini ishlab chiqarish gʻoyat koʻpaydi. Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoxruxiya, Andijon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa koʻpgina shaharlari oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan oʻrta asr Sharqining hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylandi.
Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bogʻliq boʻlgan yangi-yangi guzarlar, koʻchalar, bozor rastalari vujudga keladi. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi, gilamdoʻzlik va binokorlik yuksak darajada rivojlangan edi. Bu davrda shahar va qishloq aholisi oʻrtasida toʻqimachilik mahsulotlariga talab gʻoyat yuqori boʻlgan. Shaharlarda ip, ipak, jun, zigʻir va kanop tolasidan turli rangdor, guldor hamda nafis va dagʻal gazmollar toʻqib chiqarilgan. Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar toʻqish keng yoʻlga qoʻyilgan. Manbalarda atlas, kimxob, banoras va duxobalar qatorida tovlanuvchan, yaltiroq xoro, nafis va guldor debo kabi shoyidan toʻqilgan gazmollarning nomlari uchraydi. Gazlamalar sifati va bezagiga qarab ayni shu matodan kiyim kiygan shaxslarning ijtimoiy jihatdan qaysi tabaqaga mansubligini aniqlash mumkin boʻlgan. Bu davrda jundan har xil gulli, qalin patli va taqir gilamlar, paloslar ham toʻqilar, namatlar bosilar edi. Namat uy-roʻzgʻorda faqat toʻshama sifatida emas, balki harbiy kiyim-boshlar tayyorlashda ham keng ishlatilgan. Gilam, palos va namatlar shaharlik hunarmandlardan tashqari, qishloq aholisi, xususan, chorvadorlar tomonidan ham tayyorlangan. Sirkor kulolchilik rivojidagi beqiyos yuksalish ham XIV asr oxiri — XV asr boshlariga toʻgʻri keladi. Amir Temur va temuriylar davrida kulolchilikning yangi turi — mahalliy koshindan foydalanish asosida Xitoydan keltirilgan chinniga taqlid paydo boʻldi.
Amir Temur va temuriylar davri sopol buyumlarining farqi ranglar uygʻunligida, bezak lar majmuida va texnologik usullarda oʻz ifodasini topgan. Rangiga koʻra idishlar monoxrom va polixrom turlarga boʻlinadi. Monoxrom turida idish asosan koʻk rangda naqshlanadi, bu eng ommaviy tur hisoblangan yoki qora rang bilan naqshlangan idish ustidan havorang sir berilib, u kam uchraydi. Polixrom turida koʻk, toʻq jigarrang va havorang boʻyoqlar yetakchilik qiladi. Temuriylar davriga kelib kulolchilik madaniyatida katta oʻzgarishlar roʻy berdi, eski uslubdan voz kechildi. Shu bilan birga yangi uslub, shakl, ranglarga oʻtildi. Shu kungacha saqlanib qolgan moviy rang temuriylar davridan buyon sevimli rangga aylanib qolganki, u uy-roʻzgʻor sopol buyumlarida hanuz ishlatiladi. Ushbu davrda metallga badiiy ishlov berish sanʼati ham nihoyatda rivoj topdi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari oltin, kumush va bronzadan yasalgan xilma-xil idishlar, misdan tayyorlangan uy-roʻzgʻor jihozlari, qurol, harbiy anjomlar, turli zargarlik ziynatlari va ibodat bilan bogʻliq buyumlar ishlab chiqaradigan markazlar edi. Movarounnahrda bronza va misdan yasalgan buyumlarga kumush tolalar qadab naqsh tushirish texnikasi, shuningdek, oltin va kumushdan yasalgan saroy asbob-anjomlarini qimmatbaho toshlar bilan bezatish boshlandi.
Amir Temur va temuriylar davrida zargarlik buyumlari hamda qurol-yarogʻ yasash metallga badiiy ishlov berishning maxsus tarmogʻi edi. Zargarlar ayol taqinchoqlari, ot abzali va harbiy anjom qismlari ishlab chiqarishda oltin, kumush, mis, bronza va jezdan foydalanardi. Ularga zumrad, feruza, chaqmoqtosh, marmar, marvarid, laʼl, billur yoki shishadan koʻz qoʻyilardi. Yogʻoch, suyak, shisha, marmar, nefrit, aqiq bilan bogʻliq hunarmandchilik turlari ham ushbu davrda nihoyatda rivoj topdi. Yogʻoch, nefrit va marmar ham maishiy buyumlar, ham meʼmorchilik jihozlarining qismlari boʻlmish ustun, eshik, sagʻana kabilarni yasashda keng qoʻllangan.
Poytaxtimizning goʻzal maskanlaridan birida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyida aynan Amir Temur va temuriylar davriga oid hunarmandchilik buyumlari talaygina. Yillar oʻtgani sa yin muzey ekspozitsiyasi va fondlaridagi ashyolar soni bir necha barobar koʻpa yib bormoqda. Muzeydagi har bir eksponat oʻzining noyobligi va betakrorligi bilan qiziqarlidir. Muzeyda saqlanib kelinayotgan, temuriylar davriga oid hunarmandchilik buyumlaridan Shoxruxiya qalʼa-shahridagi arxeologik qazishmalardan topilgan sopol buyumlar, Samarqand shahridan topilgan bronza buyumlar, qush, nilufar guli tasviri aks etgan sopol laganlar, shamdon, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim masjidi va Ulugʻbek madrasasidan topilgan meʼmoriy qoplamalar va boshqa bir qator eksponatlar eʼtiborga loyiq. Bugungi kunda muzey kolleksiyasida ushbu davrga oid 55 dan ziyod kandakorlik buyumi, 33 ta toshbuyum (asosan Shoxruxiyadan topilgan) — qayroqtosh, urchuq, qabr usti toshlari, surmatosh va boshqalar, 27 ta shisha buyum, 300 tadan ziyod sopol buyum, 16 ta zargarlik buyumi saqlanmoqda.
Zargarlik buyumlari orasida Bibixonim qabridan topilgan taqinchoq, Mironshoh qabridan chiqqan munchoq boʻlaklari alohida ahamiyatga ega. Kolleksiyaning eng nafis buyumlari sopol idishlar hisoblanadi. Temuriylar davri sopol idishlaridagi bejirim bezaklar, islimiy naqshlar, yorqin boʻyoqlarning bugungi kungacha saqlanib qolganligi hanuz olimlarni hayratga solmoqda. Bular orasida oʻzining nafis naqshlari va noyobligi bilan ajralib turadigani uchayotgan qush(oʻrdak) tasviri aks etgan kosadir. Kosa yuzasidagi boʻrtma naqshlar, gullar va bargli novdalar hamda uchayotgan qushning aks etishi oʻsha davr hunarmandlari va buyurtmachilarning didi nechogʻli nozik ekanligini koʻrsatadi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, ushbu idishda Xitoydan keltirilgan chinniga taqlid biroz sezilsa-da, sokin ranglar uygʻunligi, bezaklar majmui yangicha koʻrinishda namoyon boʻlgan. Qush shu qadar tabiiy tasvirlanganki, uning yozilgan qanotlari va boʻynining egiluvchan koʻrinishi, tanasining oʻzgacha holati parvoz tasavvurini beradi. Shu kabi idishlardan yana biri — chumchuq tasvirli sirlangan sopol lagan. Laganning kompozitsion markazini belgilab beruvchi qush shakli hunarmand tomonidan juda aniq va mohirona ifodalab berilgan. Ushbu idish sirtiga erkin joylashgan uzun bargli novdalar, naqshlar, oq va moviy ranglarning uygʻunligi oʻziga xos ahamiyatga ega. Mazkur lagan temuriylar davrining kulolchilikdagi yutuqlaridan biri boʻlgan koshin loyini qattiqlashtirish, asl chinniga yaqinlashtirish usulida ishlangan idishlar namunasidandir. Umuman, muzey ekspozitsiyasi va kolleksiyasidan oʻrin olgan, shu kabi noyob tasvirlarga ega boʻlgan nafaqat sopol buyumlar, balki temuriylar davri badiiy hunarmandchiligining barcha yoʻnalishlariga xos yuzlab namunalar oʻsha davr madaniyatining boshqa sohalar singari jahon sivilizatsiyasi tarixida ajoyib sahifani ochib berganini oʻzida namoyon etadi. Ushbu davrda yaratilgan sanʼat durdonalarini avaylab-asrash, saqlash hamda kelajak avlodga benuqson topshirish muzeylarning asosiy vazifasidir.

Xulosa
Mirzo Ulug‘bеk dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420—1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va xashamatli bino – Ulug‘bеk rasadxonasidir. Ulug‘bеk bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Darhaqiqat, Ulug‘bеk rasadxonasining o‘z davrida qiyosi yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug‘bеkning shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda Rimiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Rasadxona etagida Mirzo Ulug‘bеk bobosi Amir Tеmur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi.
Ularning biri Bog‘i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon o‘rtasida qurilgai bino ikki qavatli bo‘lib, dеvor va ustunlariga marmardan sayqal bеrilgan. Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo‘lgan. Chinni 1422 yilda Xitoydan kеltiriladi.
Tеmur va tеmuriylar o‘zlaridan kеyin moddiy madaniyat bobida ulkan mеrosni qoldiradilar. Tеmuriylar xalqimizning buyuk mе’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning juda ko‘plab qit’alariga tarqatadilar. Shoxrux va Husayn Boyqaro avlodlari, Alishеr Navoiy xazratlari azmu qarori bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1850 yillarga qadar o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan mе’morchilik san’ati namunalari o‘zining go‘zalligi va hashami bilan shu paytga qadar ham harqanday ko‘zni o‘ziga maftun etib kеlmoqda.
Bu narsa Tеmur va tеmuriylar naslining, siz va bizning qalblarimizda o‘z ota-bobo ajdodlarimiz bilan xaqli suratda g‘ururlanish va faxrlanish xis-tuyg‘usini uyg‘otadi.

Foyalangan adabiyotlar
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994.
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974
9. Temurning me’moriy merosi. T. 1996 y.
10. Temur va temuriylar saltanati. T. 1996 y.
Download 174.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling