Kirish Android tizimida ishlovchi milliy dasturlar ishlab chiqishning ahamiyati
-rasm. “Uzbekistan wallpapers” dasturi ko`rinishi
Download 1.13 Mb.
|
“Java dasturlash tili” mobil ilovasini ishlab chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 Masalaning qo`yilishi va dolzarbligi
- Java
- 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8.
- Java Virtual Machine(JVM)
- Java texnologiyalari. Java SE (Java Standart Edition)
- *.jar)
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3-rasm. “Uzbekistan wallpapers” dasturi ko`rinishi
uchun SQLitedan foydalanilgan. Sistema MP3, MP4, MIDI, OGG, MPEG-4,
erinadiganlar uchun esa tovush bilan qidirish texnologiyalari qo‘llanilgan. 2010-
WebKit brauzeridan foydalaniladi, endilikda bu brauzer HTML5ni ham qo‘llab quvvatlaydi. Google sistemani yaratishga yaratdiyu sistemani asosan o‘zining dasturiy vositalari bilan to‘ldira boshladi. Masalan Google Voice tovush xizmatlari uchun, Sky Map yulduzlar xaritasi, Google qidirish xizmati, Google Maps xaritalari va Gmail kabilardir. Android foydalaniladigan dasturiy ta‘minoti Javada yozilgan bo‘lib, yaratatilgan dasturni mashina kodiga o‘girish uchun standart Java Virtual Machinedan emas Android uchun yaratilgan Dilvak Virtual Machinedan foydalaniladi[8]. Android dasturining afzalliklari: Android operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalar Gmail, Google Docs, Maps va boshqa Google kompaniyasining xizmatlari bilan to‘liq ishlay oladi. Android market hozirgi kunda eng zo‘r dasturiy ta‘minot Web-saytlaridan hisoblanadi va Android uchun juda ko‘p bepul dasturlar mavjud. Android kommunikatorlari yordamida xohlagan mobil aloqa operatorini tanlash imkoniyati mavjud. Android platformasi paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, u anchagina ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi va shunga yarasha Androidda ishlaydigan qurilmalarni narxi ham unchalik baland emas. Android bu to‘liqligicha ochiq operatsion tizim hisoblanadi. Android ko‘p jarayonli operatsion tizim, ya‘ni unda bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar ishlash imkoniyati mavjud. Android qurilmalarini hammasida virtual klaviatura mavjud. Ba‘zi Android qurilmalarida ham virtual, ham haqiqiy klaviatura mavjud bo‘ladi. Android operatsion tizimi faqatgina kommunikatorlarda emas, balki planshet kompyuterlar, netbuklar va boshqa gadjetlarda ham ishlay oladi[9]. 4 Masalaning qo`yilishi va dolzarbligi Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibtiki Android operatsion tizimida ishlab chiqarilgan dasturlar XXI asrdagi eng ko`p ishlatiladigan, ommalashib borayotgan dasturlar sarasiga kiradi. Demak, O`zbekiston uchun Android tizimida yaratilgan milliy- zamonaviy dasturlar ishlab chiqish informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi barcha dasturlovchilar uchun birinchi darajali masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda biz ham Android tizimida ishlovchi O`zbekistonning ko`zga ko`ringan, hozirgi kungacha o`z qadrini yuqotmagan, milliy boyliklarimiz sanalgan, shuningdek, jahonga ko`z-ko`z qilishga arziydigan mustajob qadamjolar, osori atiqalarimiz haqida tanishtiruvchi, ular haqida yetarlicha ma`lumot beruvchi, shu bilan birga, O`zbekiston haqida on-line rejimida ma`lumot beruvchi dastur yaratishni lozim deb topdik. Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo'lsa ham, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so'ng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8. Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming, ООП) tili va u C++ ga ancha o'xshash. Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi. JAVA имкониятлари: — WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi; — havfsizlik (ishonch yuq kodni havfsiz ishga tushirish); — hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig'adi); — tarmoq uchun dasturlar yozish ; — ko'p oqimli (Multi-thread) dasturlash; class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak bo'lsa ishlatiladi.
Javada kompilyator aytib o'tganimizdek biz yozgan kodni bayt-kodga o'giradi, odatda kompilatsiyadan o'tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi va kompilatsiyadan o'tgan klassni Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o'giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi XULOSA Bugungi kun har qanday masalaning yechimi kompyuter yordamida hal qilinayotgan bir davr hisoblanadi. Hozirda hech bir soha yo‘qki unda kompyuter, internet foydalanilmaydigan. Har bir sohaga chuqur kirib borayotga yangi texnologiyalar, insoniyat taraqqiyotiga o‘zining bemisl ulushuni qo‘shmoqda. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, hozirda axborot sohasini rivojlantirish va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ham O‘zbekistonda bir qator Prezident Farmonlari va qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Bular esa o‘z navbatida aholi ongini oshirish va malakali servis xizmatni tashkil qilishga qaratilgandir. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda axborotni istalgan vaqtda va ishonchli manba orqali qabul qilish va undan samarali foydalanish eng asosiy masaladir. Ayniqsa, ommalashib borayotgan mobile texnologiya sohasida. Yurtimizdagi mobil texnologiya sohasidagi o`zgarishlarni olib qarasak, boshqa hech bir davlatdan qolishmagan holda endilikda O`zbekistonda ham Android operatsion tizimida ishlovchi telefonlar ishlab chiqarilishi biz yoshlarda faxr tuyg`usini uyg`otadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yеngilmas kuch. Toshkеnt: Ma'naviyat, 2008. - 176 b. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish G`G` Xalq so‘zi, 2010 yil 30 yanvar. № 21 Karimov I. A. Mamlakatni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish - ustuvor maqsadimizdir G`G` Xalq so‘zi. 2010 yil 28 yanvar. № 19 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi Toshkent: Sharq, 1999. – 181 b. O‘zbеkiston Rеspublikasining ―Ta'lim to‘g‘risida‖gi qonun G`G` Oliy ta'lim: Mе'yoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to‘plami. - Toshkеnt: Istiqlol, 2004. - B. 4-9. Голощапов А.Л. Google Android. Программирование для мобильных устройств (Профессиональное программирование). Санк-Петербург: «БХВ - Петербург», 2011. – 438 с. J.F.Di Marzio Android A Programmer‘s Guide – 2008. Chris Haseman Android Essentials – 2008. Mark Murphy ―Beginning Android 2‖; Jeff Friesen ―Learn Java for Android Development‖; Gadoyev A.G., Oripova G.S. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. Toshkent: O‘zbekiston milliy enstiklopediyasi, 2011. – 527 b. Inomova K.S. Hamshiralik ishi asoslari. Родионова Г.Н. Справочник фельдшера. Москва: Эксмо, 2005. – 556 с. http://www.java.sun.com/javase/downloads/index.jsp; http://www.eclipse.org/downloads/; http://www.developer.android.com/sdk/index.html; www.tib.uz; www.med.uz; www.minzdrav.uz; www.wikipedia.org; www.youtube.com/watch; https://play.google.com/store/apps/details; http://www.ziyouz.com/index.php; Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling