O'LCHAMNING ASOSIY HUSUSIYATLARI ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING O'LCHAMINI IDROK QILISHNING O'ZIGA XOSLIGI
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………….………2
I. BOB. O’LCHAMNING ASOSIY XUSUSIYATLARI ILK MAKTABDAGI YOSHDAGI BOLALARNING PREDMETLARNING O’LCHAMINI IDROK QILISHNING O’ZIGA XOSLIGI.BOLALARNI SHARTLI O’LCHOV BIRLIKLARI BILAN TA’MINLASH.
1.1.Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish…………………………..…4
1.2.Ilk maktab yoshdagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish……..8
II. BOB. MAKTABGACHA YOSHDA BOLALARDA PREDMETLARNING O‘LCHAMNI IDROK QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
1.1.Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish……………………………13
2.2.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish………....24
Xulosa ………………………………………………………………………….…35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:……………………...….37
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Ilk maktab yoshidagibolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish.ko‘zda.tutiladi.
Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.
Ilk maktab yoshidagielementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar. O‘rta guruhda mashg‘ulotlar sentabr oyidan boshlab, haftasiga 1 marta o‘tkaziladi. Mashgulot 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |