Kirish Asosiy qisim Moliyaviy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha
Download 74.74 Kb.
|
moluaviy tahlilning pretmeti , mazmuni va vazifalari tayyor boldi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining pretmeti
Kurs ishining obekti: «Moliyaviy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi, lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim.
Kurs ishining pretmeti : Bugungi kunda moliyaviy masalalarni tahlil qilishda moliya vazirligi juda katta ishlar olib borilmoqda . Kurs ishini tuzilishi : Kirish ,asosiy qisim, 3ta reja xulosa hamda foydalanilgan adaboyotlar ro’yxatidan iborat . 1. Moliyaviy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha. Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayo- nida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizi- miga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida Moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga ega, chunki, Moliyaviy tahlil vositasida axborotlar hamda ma’lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi. Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta’minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘ja- lik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innovatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ba- jarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda Moliyaviy tahlil qilish darkor. Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-mu- rakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rga- nadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, Moliyaviy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olgan holda o‘rganadi.Fanningpredmeti, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetigaega. «Moliyaviy tahlil» fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi, lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.«Moliyaviy tahlil» fanining predmeti tom ma’noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyatidir, ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliya- viy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menej- ment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Moliyaviy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ammo bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes-rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statis- tika» kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi. «Moliyaviy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyot- larda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardayev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbayida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Moliyaviy tahlil» fanining predmetiga quyida- gicha ta’rif berishni lozim deb topdik. «Moliyaviy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashmalarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlar- ning) moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklardan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi». Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, Moliyaviy tahlil korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ular- ning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyatini, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Moliyaviy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish va shu orqali tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan subyektiv omillarni ham e’tibor- ga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya’ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi. Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hokazolar. Iqtisodiy manbalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgal- teriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda kor- xona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umum- lashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbalar korxonalarda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi.Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim, ammo, «Moliyaviy tahlil» fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan obyekti ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa, o‘z navbatida, nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin.Har qanday fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. «Moliyaviy tahlil» fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashki- lotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyekt- lar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’iy nazar, tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo etadi.Obyektning va davrning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi ma- konda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Moliyaviy tahlil»ning sub- yektlari tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idoralari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kiradi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling