Kirish Asosiy qisim Moliyaviy tahlil fanining predmeti haqida tushuncha
Download 74.74 Kb.
|
moluaviy tahlilning pretmeti , mazmuni va vazifalari tayyor boldi
Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi. Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushun- chasi aniqlanadi. Birinchi tushuncha mazmunini bevosita obyektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi. Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya’ni bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslarni bildiradi. Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi. Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti hisoblanadi. Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foyda- laniladi: analiz va sintez, eksperiment, modellashtirish, ta’kidlash kerak- ki, bularning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxs- lar, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra, barcha holatlarni yu- qori darajada analiz-sintez etadigan narsa insonning fikrlash qobiliyatidir. Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi. Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqni muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha tarmoq fanlarining uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi Moliyaviy tahlilning mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi. Moliyaviy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samara- dorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganligidan dalolat beradi. Moliyaviy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat: doimo harakat; o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik; sabab-oqibat; koordinatsiya va subkoordinatsiya; qarama-qarshilik; miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi; inkorni-inkor va boshqalar. Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea va hodisalar dinamikasini o‘rganadi.Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi.Iqtisodiy hodisalarni bir-biriga bog‘liqligini, o‘zaro harakatlarini, alohida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmasdan turib, ularning tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilariga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib, so‘ngra ularni umumiyligini ta’minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir.Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ular- ning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi, ya’ni faktlar to‘planadi. Ma’lumki fanda voqealar bevosita o‘zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi.Emperik bilishlar bo‘yicha qayd etilgan faktlar fanga kiritiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi, lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun o‘rganilayotgan obyekt muayyan belgilar bo‘yicha guruhlar va yoki bo‘laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma’lum bo‘l- moqdaki, aniq obyekt to‘g‘risida ilmiy faktlar to‘plash, ularni tahlil qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilganlardan shu xulosaga kelish mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o‘rganish usuli bo‘lib yuzaga chiqadi.Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta ahamiyatli tadqiqot usuli bo‘lib hisoblanadi. Mazkur usul o‘rganila- yotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog‘liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlashda falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi. Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari o‘rganiladi, lekin bu bilan o‘rganilayotgan obyektni to‘la ma’noda tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun, obyektni o‘rganilayotgan tomonla- rini umumlashtirib, umumiy jihatlarni hosil qilish kerak. Mazkur masala sintez usuli bilan amalga oshiriladi. Ta’kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar chiqarilishida tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur tartib obyektning dialektik birligini ta’minlaydi. Bu bilan tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama bilish mumkin. Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o‘tish induksiya va deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling