Kirish Asosiy qisim


Download 77.5 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1573726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya va konsullik

Diplomatik huquq — «tashqi aloqalar huquqi» deb nomlash lozim bo‘lgan xalqaro huquq institutining bir qismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarda nafaqat davlatlar, balki boshqa subektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar — universal, regional (BMT Ustavi mazmunida) va maxalliy, xalqaro organlar va o‘z tashqi aloqalarini ular nomidan qatnashuvchi tuzilmalar orqali ifoda etuvchi boshqa xalqaro instituglar ishtirok etadi.
Tashqi aloqalar huquqi — xalqaro-huquqiy normalarning shunday tizimiki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq. subektlari vakilligini tartibga soladi. Bu, asosan, odat normalari sanaladi. Biroq, universal xarakterdagi konvensiyalar (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1946 yil konvensiyasi va Ixtisoslashgan muassasalar imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi 1947 yil konvensiyasi) ham mavjud.
Diplomatik huquq — davlatning tashqi aloqalari sohasida faoliyagg yurituvchi organlari maqomi va funksiyalarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisini ifodalovchi xalqaro huquq sohasidir.
Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga:

  • birinchidan, diplomatik vakolatxonalar yoki tuzilgan shartnomaning bajarilishini ta’min etishga xizmat qiluvchi davlatlarning maxsus missiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ikki tomonlama diplomatiya;

  • ikkinchidan, xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlar sessiyalarida davlatlar delegatsiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ko‘p tomonlama diplomatiya;

  • uchinchidan, xalqaro tashkilotlar xuzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan diplomatiya mos keladi.

Konsullik huquqini konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solish va ularning xodimlari maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy tamoyil va normalar majmui sifatida ta’riflash mumkin.
Konsullik huquqi manbalari xalqaro shartnomalar va xalqaro odat normalaridir.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling