Kirish Asosiy qisim


Download 77.5 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1573726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya va konsullik

Konsullik huquqi — davlatlar o‘rtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solishga xizmat qiluvchi xalqaro huquq institutlaridan biridir. uning normalari 1963 yilgi Vena konvensiyasida kodifikatsiya qilingan. Davlatlarning keng tarqalgan amaliyotlaridan biri xalqaro huquqning tegishli kridalarini aniqlashtiruvchi yoki ularga boshqacha shakl beruvchi ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining to‘zilishidir. Misol uchun, konsullik organlari deb nomlanuvchi konsullik muassasalari faoliyati doirasini belgilovchi konsullik vakolatxonasi joylashgan davlat hududi chegaralarini aniqlashga karatilgan konvensiyalar.
Konsullik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda to‘ziladi. 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi universal ahamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. O‘zbekistan Respublikasi ushbu konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan.
Konsullik huquqida konsullik masalalari bo‘yicha konvensiyalar va ikki tomonlama shartnomalar muhim urin tutadi. Shuningdek, konsullik organlari maqomi, funksiyalari, to‘zilipshni hamda xorijiy konsullik muassasalari huquqiy holatini belgilab beruvchi milliy qonunchilik qoidalari ham katta ahamiyatga ega.
2. Tashqi munosabatlar organi. Diplomatik vakolatxonalar. Savdo vakolatxonalari
Diplomatik huquq xalqaro huquqning o‘zok vaqt davomida yagona subekti bo‘lib kelgan davlatlarning o‘zaro amaliyoti natijasida shakllangan va rivojlangan. Qadimda bo‘lgani kabi hozirda ham davlatlar o‘rtasidagi o‘zapo munosabatlar bir davlat tomonidan ikkinchi biriga yuboriladigan tashqi aloqalar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi aloqalarning bunday organlari qatoriga davlatlarning o‘zaro kelshpuvi asosida tashkil qilinadigan doimiy diplomatik vakolatxonalar va bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatta yuboriladigan maxsus (vaqtincha, ad hoc) missiyalar kiradi.
Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalarga tegishli normalar majmui 1961 va 1969 yillarda qabul qilingan Vena konvensiyalarida mujassamlashgan.
Xalqaro-huquqiy adabiyotda tashqi aloqalar organlarini ichki davlat va xorijiy turlarga bo‘lish mavjud.
Ichki davlat turiga quyidagi davlat organlari:

  • birinchidan, davlat tashqi siyosati asoslarini belgilovchi davlatning oliy vakillik organi;

  • ikkinchidan, xalqaro maydonda oliy vakillikni amalga oshiruvchi davlat boshlig‘i (u kollegial yoki yakka bir shaxsga taallukli bo‘lishi mumkin);

  • uchinchidan, davlat tashqi siyosatida umumiy raxbarlikni olib boruvchi hukumat;

  • turtinchidan, tashqi ishlar idorasi kiradi.

Doimiy organlarga diplomatik vakolatxonalar, ya’ni elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar xo‘zuridagi doimiy vakolatxonalar, konsullik muassasalari kiradi.
Vaqtinchalik organlarga xalqaro konferensiyalar yoki xalqaro organlardagi maxsus missiya va delegatsiyalar kiradi.
Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi, odatda, diplomatik vakolatxonalar bilan almashishga olib keladi. Biroq, bunday almashishni amalga oshirish uchun maxsus kelishuv zarur. Hozirgi zamon xalqaro huquqi ko‘rsatilgan diplomatik vakolatxonalar bilan almashishning uch darajasi mavjudligi imkoniyatidan kelib chikadi. Har bir daraja uchun vakolatxona boshlig‘ining ma’lum toifasi to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori daraja — elchixonadir. Unga Favkulodda va Muxtor Elchi darajasiga ega bo‘lgan diplomatik vakil raxbarlik qiladi. Undan so‘ng Favkulodda va Muxtor Vakil raxbarlik qiladigan xolda muvakkat ishlar vakili tomonidan boshqariladigan missiya turadi.
Ko‘pgina davlatlarda diplomatik xodimlarga beriladigan diplomatik darajalar ham mavjud.
Diplomatik vakolatxona xodimlari uch toifaga bo‘linadi. Bular diplomatik; ma’muriy — texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardir.
Diplomatik vakolatxona funksiyalari:

  • birinchidan, vakil qilib yuboruvchi davlatning vakolatxona joylashgan davlatda vakillik qilishida;

  • ikkinchidan, vakil qilib yuboruvchi davlatni vakolatxona joylashgan davlatda (xalqaro huquq ruxsat bergan doirada) manfaatlarini ximoya qilishda;

  • uchinchidan, diplomatik vakolatxona joylashgan davlatda hukumat bilan (keng ma’noda — davlat va hukumat boshlig‘i, tashqi ishlar vazirligi va vakolatli organlar bilan) mo‘zokaralar olib borishda;

  • turtinchidan, vakolatxona joylashgan davlatdagi shart-sharoitlar va vokealarni mumkin bo‘lgan barcha qonuniy vositalar orqali urganish va ular to‘g‘risida o‘z davlatini xabardor kilishda;

  • beshinchidan, vakil qilib yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlar o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro dustona aloqalarni ragbatlantirish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi.

Maxsus missiya funksiyalari — uning vazifalarini hamda yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha vakil qilib yuboruvchi davlat manfaatlarini vakolatxona joylashgan davlatda ifodalashda belgilanadi.
Doimiy diplomatik vakolatxona tarkibida vakil qilib yuboruvchi davlat nomidan ish kurish uning boshlig‘iga yuklatiladi.
Vakolatxona boshliklari uch toifaga bo‘linadi. Ular:

  • birinchidan, elchilar toifasi yoki o‘zgacha nom bilan yuritiluvchi ularga mos bo‘lgan shaxslar (nunsiylar, oliy komissarlar va xok.);

  • ikkinchidan, yuboruvchi davlat tomonidan qabul qiluvchi davlat boshlig‘i xo‘zurida uning nomidan vakillik qilish uchun tayinlangan muxtor vakillar toifasi (internunsiylar);

  • uchinchidan, qabul qiluvchi davlat tashqi ishlar vazirligi xo‘zurida yuboruvchi davlat nomidan vakillik qilish uchun tayinlangan muvakkat ishlar bo‘yicha vakillar.

Diplomatik vakolatxona boshliklarini tayinlash uchun qabul qiluvchi davlatning roziligi — agreman suraladi. Shundan so‘nggina unta yuboruvchi davlat tomonidan uning tayinlanganligini tasdiqlovchi ishonch yorliga beriladi.
Maxsus missiya tarkibida vakil qilib yuboruvchi davlat nomidan vakillik qilishi uchun bir yoki bir necha shaxs tayinlana-di. Ular yuboruvchi davlatning vakillari nomi bilan yuritiladi. Maxsus missiya tarkibiga kiruvchi shaxslar ichidan yuboruvchi davlat missiya boshlig‘ini tayinlashi mumkin.
Doimiy diplomatik vakolatxona tarkibiga diplomatik xodimlar, ya’ni diplomatik martabaga (rangga) ega bo‘lgan shaxslar (muxtor vakil, birinchi, ikkinchi va uchinchi kotiblar, attashe, kotib-arxivarius), harbiy, harbiy-dengiz va harbiy-havo attashelari va shuningdek, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kirishi mumkin.
Maxsus missiya tarkibiga o‘z navbatida diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiradi.
Diplomatik xodimlar diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya boshlig‘i topshirig‘iga binoan qabul qiluvchi davlat bilan o‘zaro munosabatlarda yuboruvchi davlat nomidan ma’lum funksiyalarni bajaradilar.
Ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlar diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiyaga tegishli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z funksiyalarini bajaradilar.
Diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlarini tayinlash tartibi va ularning soni qabul qiluvchi va yuboruvchi davlatlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Qabul qiluvchi davlat diplomatik xodimni xoxlagan vaqtda persona non grata, ya’ni nomakbul shaxs» deb e’lon qilib, bu shaxslarni yuboruvchi davlatdan diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya tarkibidan chakirib olishlarini talab qilish mumkin.
-Savdo vakolatxonalari instituti-ba'zi mamlakatlarda davlatning xorijda tashqi iktisodiy faoliyat sohasida o`z huquqini amalga oshiruvchi organ. Savdo vakolatxonalari tashqi aloqalar organi sifatida xalqaro amaliyotda davlat tomonidan tashqi savdo monopoliyasini amalga oshirish uchun tashqil etiladi. Tegishli davlatda diplomatik vakolatxonaning tarkibi kismi xisoblanadi. O`z faoliyatini elchining umumiy raxbarligi ostida olib boradigan savdo vakolatxonasi tashqi iktisodiy aloqalar vazirligiga buysunadi. Savdo vakolatxoansi vakili xukumat tomonidan tayinlanadi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling