Kirish Asosiy qisim


Download 77.5 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1573726
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya va konsullik


Mavzu: Diplomatik va konsullik xuquqi

Reja:




  1. Kirish

  2. Asosiy qisim

1.Diplomatik va konsullik xuquqi.Hozirgi zamon diplomatik va konsullik xuquqining umumiy tavsiyanomasi.


2. Tashqi munosabatlar organi. Diplomatik vakolatxonalar. Savdo vakolatxonalari
3.Xalqaro tashkilotlar huzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari
4.BMT huzuridagi doimiy vakolatxona xodimlarining imtiyoz hamda immunitetlari.
5. Konsullik vakolatxonalari
III. Xulosa
VI. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Diplomatik huquq — xalqaro huquqning qadimiy va alohida mustaqil sohasidir. Diplomatik va konsullik huquqini bir-biridan farqlash maqsadga muvofiqdir, chunki ularning oxirgisi davlatlararo munosabatlarning maxsus va yetarli darajada tor sohasini ifodalaydi.
Diplomatik huquq umuman, garchi cheklangan doiralarda bo‘lsa-da, konsullik munosabatlarini ham qamrab oladi. Konsullik muassasalari, amaliyotda mavjud bo‘lganidek, mazkur davlat tomonidan ta’sis etilmasligi ham mumkin.
Konsullik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda to‘ziladi. 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi universal ahamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. O‘zbekistan Respublikasi ushbu konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan.
Konsullik huquqida konsullik masalalari bo‘yicha konvensiyalar va ikki tomonlama shartnomalar muhim urin tutadi. Shuningdek, konsullik organlari maqomi, funksiyalari, to‘zilipshni hamda xorijiy konsullik muassasalari huquqiy holatini belgilab beruvchi milliy qonunchilik qoidalari ham katta ahamiyatga ega.
Xalqaro huquqning umumiy tamoyillaridan biri hisoblanmish davlat immunitetidan kelib chiquvchi davlatning tashqi aloqalar xorijiy organlari immunitetlarining mazmuni shunday ko‘rinishga ega. Ushbu tamoyil (umumiy norma) imperativ xarakter kasb etmaydi. Boshqacha aytganda, undan chekinish nafakdt xalqaro huquqqa muvofiq balki manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida (shartnomada aniq ifodalangan yoki boshqa tarzda) ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat konsulxona mansabdor shaxsini vakil qilib tayinlashda o‘nta konsullik patentini takdim qiladi. Unga asosan qabul qiluvchi davlat mazkur shaxsga konsullik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat topshiradi. Ushbu hujjat ekzekvatura deb nomlanadi.
Konsullik aloqalarining o‘ziga hosligi shundaki, ular diplomatik munosabatlari o‘rnatilmagan holatlarda ham o‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin va xatto davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘zilishi ham ipso facto konsullik aloqalarining bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
1963 yilgi Konvensiyada belgilangan konsullik funksiyalari ham o‘ziga hos. Konsulxonaning eng asosiy funksiyasi — konsulxona joylashgan davlatda (odatda konsulxona okrugi chegarasida) xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq ravishda vakil qilib yuborgan davlat va uning fuqarolari (yuridik va jismoniy shaxslari) manfaatlarini ximoya qilishdir.



Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling