Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Download 60.51 Kb.
bet1/4
Sana27.03.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1299463
  1   2   3   4
Bog'liq
3.06.2021


Mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, eng avvalo, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borishga bogʻliq. Zotan, odamlar qonunlarni qanchalik koʻp bilsa, mazmun-mohiyati, ahamiyatini chuqur anglasa, oʻz huquqlarini qonuniy himoya qila oladi. Shu bois keyingi yillarda yurtimizda roʻyobga chiqarilayotgan keng koʻlamli ishlar inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirish, umuman aytganda, milliy huquq tizimini tubdan isloh qilishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 9 yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi hamda uni 2019 yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bu boradagi saʼy-harakatlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

10.01.2019 10:42
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 

Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. 

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan. 

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. 

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi. 

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda 


Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling