Kirish Asosiy qisim


Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari


Download 77.5 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1573726
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya va konsullik

Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari
Konsullik muassasalari va ular xodimlari uchun immunitet va imtiyozlar 1963 yidsa qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida belgilanganidek, «alohida shaxslar foydasi uchun emas, balki konsullik muassasalarining davlat nomidan o‘z funksiyalarini samarali amalga oshira olishlarini ta’min etish uchun» beriladi.
Konsullik muassasalari va ularning xodimlari immunitetlari moxiyatan diplomatik immunitetlar bilan mosdir, Biroq, imtiyoz va imkoniyatlari konsullik funksiyalarining o‘ziga hosligini inobatga olganda anchayin keng.
Konsullik muassasalari immunitet va imtiyozlari ichida konsullik binolarining daxlsizligi eng muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxivlar va konsullik muassasalari hujjatlari ham hamma vaqt kayerda joylashganidan qat’iyy nazar daxlsiz hisoblanadi.
Xulosa:
Xalqaro tashkilotlar xo‘zuridagi doimiy vakolatxonalar deganda, a’zo-davlatlarning doimiy vakolatxonalari va tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlarning ko‘zatuvchi doimiy missiyalari tushuniladi. Xalqaro tashkilotlar organlari va konferensiyalarga moslab oladigan bo‘lsak, ularning ishida katnashayotgan davlatlar delegatsiyalari va ular ishini ko‘zatib boruvchi delegatsiyalar to‘g‘risida so‘z boradi.
Universal xarakterdagi xalqaro tashkilot — bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan muassasalari, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik va a’zolari tarkibi va javobgarligi keng bo‘lgan xalqaro xarakter kasb etuvchi sho‘nta o‘xshash har qanday tashkilotlardir.
Savdo vakolatxonalari instituti-ba'zi mamlakatlarda davlatning xorijda tashqi iktisodiy faoliyat sohasida o`z huquqini amalga oshiruvchi organ. Savdo vakolatxonalari tashqi aloqalar organi sifatida xalqaro amaliyotda davlat tomonidan tashqi savdo monopoliyasini amalga oshirish uchun tashqil etiladi. Tegishli davlatda diplomatik vakolatxonaning tarkibi kismi xisoblanadi. O`z faoliyatini elchining umumiy raxbarligi ostida olib boradigan savdo vakolatxonasi tashqi iktisodiy aloqalar vazirligiga buysunadi. Savdo vakolatxoansi vakili xukumat tomonidan tayinlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Saidov A.X. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 2001y.
2. Saidov A.X. Xalqaro huquq sxemalarda .T. “Adolat”, 2001y.
3.Mamatqulov A. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 1998y.
4.To`zmuhammedov K.A.Hakimov K.YE. Xalqaro huquq asoslari.T. “Adolat”,
1998y.
5.I.I.Lukashuk. A.X.Saidov. Hozirg`I zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. “Adolat”T.2006 y.
Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling