Kirish Asosiy qism G’aznaviylar davlatining tashkil topishi, davlat boshqaruvi
Download 98.86 Kb.
|
G’aznaviylar va Saljuqlar davlati
Gʻaznavilar davlati – Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahrda (X-XII asrlarda) yashagan turkiy davlat.
Gʻaznaviylar davlatiga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna shahri nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va boshqalar) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994–995 yillarda Xurosonda boʻlib oʻtgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qoʻshin isyon koʻtargan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint oʻgʻli) va Foyiq qoʻshinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi. Gʻ.d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻaznaviylar davlatining chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Janubiy Toxariston (hozirgi Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shimoliy Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan qoraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024–1025-yillarda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjo'y)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronligidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻaznaviylar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030–1041) Gʻaznaviylar davlati oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi. 11-asr oʻrtalaridan boshlab gʻaznaviylarning asosiy raqibi saljuqiylar boʻldi. Gʻaznaviylar davlati tarkibidan 1-boʻlib Xorazm ajralib chiqdi. Gʻaznaviylarning xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning oʻgʻli Horun gʻaznaviylarga qarshi isyon koʻtardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Xorazmni gʻaznaviylardan mustaqil deb eʼlon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasida Chagʻoniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan. Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040 yil may)da Masʼud Gʻaznaviy qoʻshini saljuqiylardan yengilgach, gʻaznaviylar Xurosonni butunlay qoʻldan chiqarishdi. Magʻlubiyatga uchragan sulton Masʼud Gʻaznaviy Gʻaznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan oʻldirilgan (1041). Taxtga Masʼudning ukasi Muhammad oʻtirgan. Lekin Masʼudning oʻgʻli Mavdud (hukmronlik davri: 1041–1048) amakisi muhammadning qoʻshinini yengib, uni oʻldirgan va taxtga oʻtirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi saʼy-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053–1059)ning harakatlari bir muncha samarali boʻlib, u ketma-ket ikki jangda saljuqiylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon gʻaznaviylarni yengishga muvaffaq boʻldi. Ikki oʻrtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, gʻaznaviylar Movarounnahr va Toxaristonga boʻlgan har qanday huquqlarini yoʻqotdilar. Ularning hududi Gʻazna viloyati va Shim. Hindistonning bir qismi (Panjob va boshqalar) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham 12-asr boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. 12-asrning 60-yillarida Gʻuriylar davlati gʻaznaviylarni Shim. Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt Gʻaznadan Lohurga koʻchirildi (1161). Gʻuriylar davlati hukmdori Gʻiyosiddin Muhammad qoʻshini Lahorni bosib olgach, Gʻaznaviylar davlati butunlay tugatildi (1186). Davlatni boshqarish. Gʻaznaviylar davlatida boshqaruv tizimi oʻzining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bogʻliq xizmatlar va amallar kirgan. Gʻaznaviylar davrida hojiblik xizmatining oʻrni alohida eʼtiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi oʻrta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning oʻrni katta boʻlgan. Devonlar ijroiya idoralari boʻlib, oʻsha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni yuri-tish devoni; moliya devoni; pochta-xa-bar devoni. Viloyat boshligʻini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshligʻini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shih-na, kutvol (qalʼa komendanti), sohibi devon (maʼmuriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat koʻrsatganlar. Gʻaznaviylar davlati qudratli harbiy qoʻshinga ega edi. Oliy qoʻmondonlik hukmdorning ixtiyorida boʻlgan. Bosh qoʻmondon – sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon aʼzosi hisoblangan. Mas, Mahmud Gʻaznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkar-boshilar salor, oʻrta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar oʻz pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega boʻlgan. Gʻaznaviylar qoʻshinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi. Madaniyati. Gʻaznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud Gʻaznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va oʻzi sheʼrlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar toʻplanib, faol ijod bilan shugʻullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan boʻlib, Gʻaznada yashashgan. Beruniy oʻzining "Qonuni Masʼudiy" va Bayhaqiy oʻzining "Taʼrixi Masʼudiy" asarlarini Masʼud Gʻaznaviyga bagʻishlashgan. Firdavsiy mashhur "Shohnoma" dostonini Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino Gʻaznaga – sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shim. Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan Gʻaznaviylar davridan boshlangan. Gʻaznaviylar davlatida qurilish va meʼmorchilikka ham katta eʼtibor qaratilgan. Gʻazna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bogʻlar qurilgan, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan. Xususan, poytaxt Gʻazna shahri gullab-yashnagan. G`aznaviylar davri boshqaruv tizimi o`zining murakkabligi bilan diqatni jalb etadi. U ko`p jihatdan somoniylar, qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin va o`xshash. Bu tabiiy hol. Chunki ilgari ham ta'kidlab o`tganimizdеk, har qanday boshqaruv tizimi (shakli) mavjud ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy sharoitga bog`liq, bo`ladi. Boshqa tomondan esa G`aznaviylar hukmronligi ostida bo`lgan Xuroson, Sеyiston, Kobul, G`azna kabi viloyatlar mintaqaniig ajralmas tarkibiy qismlari bo`lib kеlganliklarini nazarda tutsak, boshqaruvchilik taraqqiyotidagi o`xshashliklar, yaqinliklar sababi ma'lum bo`ladi. Dеmak, boshqaruv tizimining markazida dargoh va dеvonlar (vazirliklar) turgan. Avvallari ham ko`rilganidеk, dargohga oliy zukmdor (G`aznaviy hukmdorlar «Amir» unvoniga ega bo`lganlar) hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan. Ular orasida «hojiblik» xizmati alohida e'tiborga loyiq. G`aznaviylar davri bo`yicha manbalarda biz hojiblikning quyidagi shakllariga duch kеldik: ulug` hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador» Ulug` hojib nafaqat boshqa hojiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqеga ega bo`lgan. Bunga ishora bеruvchi bir nеcha misollar kеltiramiz. Mahmudning o`limidan kеyin Muhammadning taxtga o`tirishiga bosh-qosh bo`lgan va qisqa muddatga bo`lsa-da, boshqaruv ishlarini o`z ixtiyorida mujassamlashtirgan ham ulug` hojib Ali Qarib bo`ladi. Rasmiy marosimlarda ulug` hojib oliy hukmdorga eng yaqin joyni egallagan. Unga g`oyat muhim vazifalar yuklatilgan. Katta ahamiyat kasb etuvchi janglarda ulug` hojibga qo`shinning eng salmoqli va mas'uliyatli qismiga boshchilik qilish vazifasi yuklatilgan. Masalan, oliy hukmdor markazni boshqarsa, sipohsalor o`ng qanotga, ulug` hojib esa chap qanotga qo`mondonlik qilgan. Ulug` hojib o`ta jiddiy harbiy yurishlar, maxsus saralangan qismlarni tеkshirish, ta'minotini joyiga qo`yish tadbirlarida ham faol bo`lgani ma'lum. Oliy hukumdor va ulug` hojiblararo munosabatlar nеchorlik bo`lganligini shundan ham ko`rish mumkinki, Mas'ud ulug` hojib Ali Qaribga yo`llagan bir maktubida unga «fozil (ulug`) hojib, birodar» dеb murojaat qiladi7. Saroy hojibining vazifasi tushunarli — u saroy eshikog`asi bo`lgan. Xojibga kеlsak, fikrimizcha, hojiblik, umuman olganda, qandaydir bir ijtimoiy-siyosiy tabaqa sifatida ko`proq namoyon bo`ladi. Faraz qilish mumkinki, o`z davri uchun hojiblik ritsarlik tushunchasiga yaqin bo`lsa ajab emas. Masalan, manbalarda shunday ma'lumotlarga ham duch kеlamizki, ular kеngroq mulohaza qilinsa, mazkur faraz bеasos emasligi ravshan bo`ladi. «Tarixi Mas'udiy»da o`qiymiz: «Amir Abdurazzoq... viloyat amirligi xal'atini kiydi... Uning ikki g`ulomiga esa kora (chakmon) bеrdilar, hojiblik uchun». «Xojib Badr va hojib Ertеginlarga ikkita qimmatbaxo xal'at bеrdilar. Badrga ulug` hojiblik (xal'ati), Ertеginga esa g`ulomlar boshlig`i (xal'ati) bеrildi». Xojiblar bir vaqtning o`zida shihna yo sipohsalor mansabiga ega bo`lganlarini ham eslatib o`tish joizdir. (Xojiblar odatda kora chakmon va ikki uchli quloh kiyib yurganlar.) Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukumdor shaxsiy hujjatlari, yozuv-chizuvi bilan bog`liq, ishlarga bosh-qosh xizmatchi), pardador (mahram, sir saqlovchi, pinhona vazifalarni bajaruv-chi), martabador (saroydagi o`rta darajadagi amaldor), farrosh (saroydagi kichik xizmatchilardan), xazinachi, jomaxona (kiyim-kеchak saqlanuvchi xona) boshlig`i kabi mansab va xizmatlarning ham o`z o`rni bo`lgan. Dеvonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo`lganligi o`z-o`zidan tushunarli. Manbalarda bunday dеvonlardan bеshtasining nomi tilga olinadi: Vazir dеvoni, ya'ni bosh vazir dеvoni harbiy ishlar dеvoni; (diplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar, hujjatlarni rasmiylashtirish, tuzish dеvoni; hisob-kitob, ya'ni moliya dеvoni pochta-xabar dеvoni. Mazkur dеvonlarning vazifalari haqida ilgari ham so`z yuritganimiz uchun bu borada yana to`xtalib o`tirmaymiz. Garchi manbalarda mushriflik (davlat nazorati), muxtasiblik dеvonlari tilga olinmasa-da, ammo joylarda shunday xizmatlar mavjudligidan ularning markazii dеvonlari ham bo`lgan, dеgan xulosa chiqadi (masalan, shahar mushrifi, viloyat mushrifi mansablari bo`lganligi). Viloyat boshlig`ini voliy dеganlar va uni oliy hukumdor tayinlagan. Viloyat ijroiya boshqaruv ishlarini amid olib borgan. Shahar boshlig`ini rais dеb ataganlar. Shahar miqyosida shihna, kutvol (qal'a komеndanti), sohibi dеvon (ma'muriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat ko`rsatganlar. Bilamizki, G`aznaviylar, ayniqsa, Mahmud davrida qudratli qo`shinga ega bo`lganlar. Oliy kumondonlik hukumdorning o`z ixtiyorida bo`lganligi tabiiy. Bosh qo`mondonlikka (sipohsalor) esa sulolaning eng ishonchli, asosan, shu xonadon namoyandasi tayinlangan. Masalan, Mahmud bunday mansabga ukasi Muhammad Yusufni loyiq, topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o`rta darajadagilari sarhang dеyilib, oxirgilari hayllarga (bir nеcha o`n otliqlarga) boshchiliq qilganlar. harbiylar o`z pochta, qoziliq xizmatlariga ega edilar. G`aznaviylarning ham saralangan jangovor qismlari (gvardiya) bor edi, ammo ular to`g`ridan-to`g`ri dargoh ixtiyorida bo`lgan. G`aznaviylarning tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e'tibor bеrish lozim: ularning mintaqa hududidagi munosabatlari va mintaqadan tashqaridagi aloqalari. G`aznaviylarni mintaqaning Movarounnahr, Farg`ona, Еttisuv, Sharqiy Turkiston qismlarida hukmron bo`lgan qoraxoniylar bilan munosabatlari haqida yuqorida bir qadar to`xtalib o`tgandik. 1001 yilgi Mahmud G`aznaviy va Nasr Qoraxoniy o`rtasidagi kеlishuvga binoan Amudaryo ikki tomon manfaatlarini ajratib turuvchi chеgara hisoblangan. Garchi bu ahdnoma kеyinchalik bir nеcha marta (asosan Qoraxoniylar tomonidan) buzilib turgan bo`lsa-da, umuman olganda, daryo ikki tomon uchun chеgara bo`lib qolavеrgan. Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin. G`aznaviylar uchun xuddi o`zlari kabi kuchga to`lib turgan Qoraxoniylar bilan munosabatlarni kеskinlashtirishdan ko`ra Xorazm va Shimoliy Hindistonni buysundirish ham rеal, ham moddiy jihatdan ancha nafli edi. Buni shundan ham bilib olsa bo`ladiki, Maqsudning o`zi Shimoliy Hindistonga bir nеcha marta efrbiy yurish uyushtirgan, Xorazmni bo`ysundirgan (1017 yili)8. Shu ma'noda Maxmud ko`proq uzoqni o`ylaydigan, mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi sifatida gavdalanadi. Ham hududiy, ham siyosiy-harbiy, iqtisodiy jiatlardan o`ziga yarasha qudratga ega bo`lgan Qoraxoniylar bilan birdaniga kеskin siyosat yurgizish kaltabinlik bo`lardi. Shimoliy Hindistonda, kеyinchalik Xorazmda erishilgan siyosiy-harbiy yutuqlardan so`ng esa g`aznaviylar qoraxoniylar bilan nafaqat tеngma-tеng raqobatlasha oladigan, balki ulardan ustunroq mavqеga ham еtishadilar. Saljuqiylar bilan munosabatda ham Mahmud uzoqni ko`zlab ish tutadi. Garchi bu vaqtda saljuqiylar еtuklik darajasidan yiroq bo`lsalar-da, lеkin umuman jiddiy harbiy kuch sifatida Xurosonga xavf tug`dirishlari mumkin edi. Ayniqsa, Madmudning Shimoliy Hindistonga uyushtirgan yurishlari chog`ida bunday xavf voqеlikka aylanishi ehtimolga yaqin bo`lgan. Shuning uchun ham u 1025 yili turk-o`g`iz urug`laridan bir qismiga (to`rt ming chodir) Xurosondan manzil bеradi9. Kеyinchalik Mas'ud davrida ular ko`chayib, g`aznaviylarga qaqshatg`ich zarba bеradilar. Shimoliy Hindiston bilan aloqalarga kеlsak, sovеt tarixshunosligida bu o`lkaga nisbatan g`aznaviylar tutgan siyosat bosqinchilik, o`ljaparastlik, talon-torojlik xatti-harakatlari orqali tushuntirib kеlingan. Fikrimizcha, bunday yondashuv ko`p ham to`g`ri emas. Chunki Shimoliy Hindiston, birinchidan, o`z davrida mintaqaning tarixiy tarkibiy qismi bo`lgan. Ikkinchidan, markazlari G`azna bo`lgan g`aznaviylar uchun Shimoliy Hindiston qo`shni o`lka bo`lgani tabiiy. Xuroson yo Sеyistonga nisbatan ularning intilishlari va umuman siyosatlari qanchalik tabiiy bo`lsa, Shimoliy Hindistonga nisbatan ham shunday edi. Uchinchidan, g`aznaviylar ta'sir doirasida bo`lgan Shimoliy Hindistondagi mahalliy sulolalar, siyosiy kuchlarning mustaqillikka intilishlari, ularga qarshi kurashish, qarshilik ko`rsatishlari ham oddiy hol bo`lgan. Shularni nazarda tutgan holda g`aznaviylarning Xorazm yo Shimoliy Hindistonga harbiy yurishlarini o`sha davr siyosiy, iqtisodiy, xalqaro munosabatlari orqali baolash maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta, biz har doimdagidеk to`kilgan qon va qurilgan talafotlarni oqlay olmaymiz. G`aznaviylarning mintaqadan tapharidagi aloqalari haqida so`z kеtsa, Arab xalifaligi bilan munosabatlar to`g`risida to`xtalishga to`g`ri kеladi. G`aznaviylar shu zamonga kеlib ilgarigi qudratini yo`qotgan xalifalik hurmatini o`rniga qo`yishga harakat qilganlar. Zеro, bu ularning manfaatlariga mos kеlar edi. Ya'ni, birinchidan, Arab xalifaligi shunchalar zaif ediki, mintaqadagi biron-bir siyosiy sulola (masalan, qoraxoniylar, xorazmshohdlar va g`aznaviylarning o`zlari ham) uni rеal qudrat sifatida tan olmasdi. Dеmak, xalifalik tomonidan g`aznaviylarga qarshi harbiy xavf-xatar yo`q edi. Aksincha, Mas'udning tili bilan aytganda, «Agarda xalifalik dargohiga hurmatimiz bo`lmaganda edi, nochor Bag`dodga otlanib haj yo`lini holi qilib qo`yardik... Agar otamiz qazo qilmay, Xurosonga qaytishga majbur bo`lmaganimizda, albatta, butun Misr va Shomda (ham hukmron) bo`lardik». Ikkinchidan, mintaqaning o`zida ham g`aznaviylarning raqobtlari еtarli edi. Yana bir, hatto zaif, ammo ochiqan-ochiq, dushman orttirish ortiqchaligi tushunarli. Uchinchidan, Arab xalifaligining mintaqaga qo`li еtmasa ham, «tili» еtardi. Ya'ni mintaqadagi siyosiy kuchlarni bir-biriga gij-gijlash, fisqu-fasod urug`larini sochish uning siyosatiga aylanib qolganini biz somoniylar davrida dam ko`rgandik. G`aznaviylar esa xalifalikka «hurmat» bilan qarab, o`zlariga nisbatan har qanday buzg`unchiliq harakatlarini bartaraf etdilar va hatto undan raqiblariga qarshi foydalanish imkonini dam chеtga surib qo`ymadilar. Tashqi aloqalar haqida so`zni xorijiy mеdmonlarni qabul qilish marosimiga oid quyidagi lavha bilan tugallasak. Bayon 1032 yilda Mas'udning Arab xalifa-ligining oliymaqom elchisini qabul qilishi haqida. «Tong yorisha boshlagan zamon to`rt ming saroy g`ulomi (ya'ni gvardiya) amirlik saroyining ikki tarafidan bir nеcha qator bo`lib saf tortdilar. (Shunday) ikki ming nafari ikki uchli qo`lod (kiyib) va o`nta popugi (osilib turgan) kamar (taqib) olgandilar. Har bir g`ulom kumush gurzi (tutib turardi). Qolgan ikki ming (g`ulom) to`rtta par qadalgan kulohda edilar. Bеllaridagi kamarga o`qdon, qilich, kamonni tutib turuvchi qayish mahkamlangan, dar bir g`ulomning qo`lida kamon va uchtadan o`q. Barcha (to`rt ming g`ulom) qimmatbaho nafis ipaklikdan (tikilgan) chakmonda edi. Xos g`ulomlardan uch yuztasi amir (ya'ni oliy hukmdor) o`tirgan supa yaqinida har tomondan saf tortib turardilar. Ularning kiyimlari yanada ko`rkam (bo`lib) (boshlarida) ikki uchli kuloh, kamarlari zardan, gurzilari ham zarrin. (Oralaridan) bir nеcha kishining kamarlari javodirlar bilan bеzatilgandi. Yana ellik-oltmish nafar (g`ulom) nariroqda Dilmon saroyi o`rtasida qalqon bo`lib turardilar. Dargoh ulug`lari, viloyatlar voliylari, hojiblar-barchasi ikki uchli kulohda, zar kamarlar taqib olganlar. Saroy tashqarisida martabadorlar turardilar. Fillarning soni ko`p edi, Lashkar esa shay bo`lib, qimmatbaho nafis ipaklik kiyimda, soyabonlar (ostida), (har bir qism) o`z qurol-yarog`i, bеlgilari bilan bir-birlariga qarama-qarshi tomonlarga saflangandilar, (xuddi) shular orasidan elchi o`tishi kеrak edi. Elchini boshlovchi bеzatilgan otlarni olib ko`pchilik hamroxligida (tashqariga qarab) yuradi. (U еrda) elchini otga mindiradilar. (So`ng) uni boshlab kеldilar. (Shunda) burg`u, katta-kichik nog`oralar ovozi yangrab kеtdiki, go`yo qiyomat kuni kеlganday (dеysan kishi). Elchini ana shunday ulug`vor takalluf bilan kuzatib bordilar. Bunday (qabul marosimini) u umrida ko`rmagandi. G`oyatda hayratga tushgan holda u ko`shkka qadam qo`ydi. Amir (ya'ni oliy hukumdor), Olloh undan rozi bo`lsin, supa oldida taxtda o`ltirardi. Xalifa elchisi salom bеrdi. U qora (kiyimda) edi. Javobni ulug` xoja Ahmad Xasan bеrdi. Amir yonida undan bo`lak hеch kimsa o`tirmagandi. Qolgan barcha tik turardi. Xojib Abu Nasr elchining tirsagidan tutib o`tirishga undadi...» Ikki harbiy oila turkiylarning qul-qo'riqchilaridan kelib chiqqan Somoniylar imperiyasi, Simjuriylar oxir-oqibat Somoniylar uchun halokatli bo'lgan G'aznaviylar. Simjuriylar an ilova ichida Kohiston sharqiy Xuroson viloyati. Somoniylar sarkardalari Alp Tigin va Abu al-Hasan Simjuriy taxtga o'tirgan holda Xuroson hokimligi va Somoniylar imperiyasini boshqarish uchun kurashgan amirlar vafotidan keyin ular hukmronlik qilishlari mumkin edi Abd al-Malik I 961 yilda. Uning o'limi akalari o'rtasida vorislik inqirozini keltirib chiqardi. Yozuvchi sinf vakillari - turkiy generallar emas, balki fuqarolik vazirlari tomonidan qo'zg'atilgan sud partiyasi Somoniylar taxtiga Alp Tiginning nomzodini rad etdi. Mansur I o'rniga o'rnatildi va Alp Tigin ehtiyotkorlik bilan janubda nafaqaga chiqdi Hindu Kush, u erda G'aznani egallab oldi va Somoniylar hokimiyati sifatida shahar hukmdori bo'ldi.[8] Simjuriylar Xurosonning janubidan nazorat qilishgan Amudaryo ammo Eronning uchinchi buyuk sulolasi tomonidan qiynalgan Buyidlar sulolasiva Somoniylarning qulashi va G'aznaviylarning keyingi ko'tarilishidan omon qololmadilar. Saroyning vazirlar rahbarlaridan sodiqlikni o'zgartirish orqali taxtni egallash uchun turk qullari sarkardalarining kurashlari Somoniylarning tanazzulini ko'rsatdi va tezlashtirdi. Somoniylarning kuchsizligi Transxoksianani o'ziga jalb qildi Karluklar, yaqinda Islomni qabul qilgan turkiy xalq. Ular ishg'ol qildilar Buxoro 992 yilda, Transoksaniyada Qoraxoniylar xonligi. 963 yilda Alp Tigin vafotidan keyin Abu Ishoq Ibrohim, keyin uning quli Sabuktigin, taxtni egalladi. Sabuktiginning o'g'li G'aznalik Mahmud Qoraxoniylar xonligi bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni o'zaro chegarasi deb tan oldi lp Tiginning kuyovi va G'aznaviylar imperiyasining asoschisi Sabuktigin Somoniyni qo'lga olish orqali uni kengaytira boshladi, Lawikva Kobul Shohi hududlari, shu jumladan hozirgi Afg'onistonning aksariyat qismi va Pokistonning bir qismi. XVI asr fors tarixchisi, Firishta, Sabuktiginnikini yozadi nasabnoma dan tushganidek Sosoniy shohlari: "Subooktu-Geen, Jookanning o'g'li, Kuzil-Hukumning o'g'li, Kuzil-Arslanning o'g'li, Feruzning o'g'li, Feroozning o'g'li, Yezdijird, Fors shohi. "Ammo zamonaviy tarixchilar bu o'zini eski Fors tarixi bilan bog'lashga urinish edi, deb hisoblashadi.[15] Sabuktigin vafotidan keyin uning o'g'li Ismoil vaqtincha taxtni talab qildi, ammo u mag'lubiyatga uchradi va Mahmud tomonidan 998 yilda qo'lga kiritildi G'azna jangi. G'aznida Mahmud tangasi zarb qilingan. Mihrab, Afg'oniston, G'azni viloyati, milodiy 12-asr oxiri - 13-asr boshlari, marmar - Linden-muzeyi - Shtutgart, Germaniya 997 yilda, Mahmud, Sebuktiginning yana bir o'g'li taxtga o'tirdi va G'azni va G'aznaviylar sulolasi u bilan abadiy bog'lanib qoldi. U Somoniylar va Shohi hududlarini, shu jumladan Ismoiliy Qirolligi Multon, Sind, shuningdek, ba'zilari Buveyhid hudud. Ma'lumotlarga ko'ra, Mahmudning hukmronligi G'aznaviylar imperiyasining oltin davri va balandligi edi. Mahmud o'z nazoratini o'rnatish va irmoqli davlatlarni barpo etish uchun shimoliy Hindiston orqali o'n ettita ekspeditsiyani amalga oshirdi va uning bosqini natijasida ko'plab talon-tarojlar ham olib borildi. U o'z hokimiyatini chegaralaridan o'rnatdi Rey ga Samarqand, dan Kaspiy dengizi uchun Yamuna. Mahmud hukmronligi davrida (997–1030) G'aznaviylar 4000 ga joylashdilar Turkman Xurosondagi Farana yaqinidagi oilalar. 1027 yilga kelib, turkmanlarning qo'shni aholi punktlariga bosqini tufayli Tus hokimi Abu l'Alarit Arslon Jadhib ularga qarshi harbiy zarbalar olib bordi. Turkmanlar mag'lubiyatga uchradi va qo'shni mamlakatlarga tarqalib ketdi.[16] Garchi G'aznaviylar hokimi 1033 yildayoq Tash Farrash Xurosonga bosqinlar uchun ellik turkman boshliqlarini qatl etdi.[17] Mahmuddan qaytarib olib kelgan boylik Hind G'azniyga ekspeditsiyalar juda katta edi va zamonaviy tarixchilar (masalan, Abolfazl Beyhagi, Firdavsi) poytaxtning ulug'vorligi va fath etuvchining adabiyotni qo'llab-quvvatlashi haqida yorqin tavsiflar berish. Mahmud 1030 yilda vafot etdi. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish joizki,o’sha davrdagi ma’lumotlarga ko’ra G’aznaviylar va Saljuqiylar davrida davlat boshqaruvi bir buncha yuksalish ro’y bergan. . Gʻaznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud Gʻaznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va oʻzi sheʼrlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar toʻplanib, faol ijod bilan shugʻullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan boʻlib, Gʻaznada yashashgan. Beruniy oʻzining "Qonuni Masʼudiy" va Bayhaqiy oʻzining "Taʼrixi Masʼudiy" asarlarini Masʼud Gʻaznaviyga bagʻishlashgan. Firdavsiy mashhur "Shohnoma" dostonini Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino Gʻaznaga – sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shim. Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan Gʻaznaviylar davridan boshlangan. Gʻaznaviylar davlatida qurilish va meʼmorchilikka ham katta eʼtibor qaratilgan. Gʻazna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bogʻlar qurilgan, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan. Xususan, poytaxt Gʻazna shahri gullab-yashnagan. Saljuqiylar Kishilikning eng qadimgi madaniy o‘choqlaridan biri hisoblanmish Turkiston tarixiy taraqqiyotning o‘nqir-cho‘nqirlariga qaramay doimo o‘zining sernufusligi bilan ko‘zga tashlanib kelgan. Va, tabiiy ravishda hayot shahar va vohalardan tashqarida — dashtu biyobonlarda ham qaynagan. Shuning uchun ham Turkiston xalqlari hayotida o‘troq, yarim o‘troq va ko‘chmanchilik turmush tarzi yonma-yon, bir-biriga g‘oyatda bog‘liq ravishda mavjud bo‘lib kelgan. Xorazm, Zarafshon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo voha va vodiylarida yashagan xalqlar ming yillar davomida asosan o‘troq hayot kechirib kelgan bo‘lsalar, atrofdagi cho‘lu biyobonlarda, tabiiy ravishda, ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchilar istiqomat qilgan. Shu bilan birga ko‘chmanchi muhitdan ham vaqti kelib qudratli siyosiy sulolalar yetishib chiqqani ham ma’lum. Bu, ayniqsa, saljuqiylar sulolasi misolida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Saljuqiylar turkiy o‘g‘iz qavmi, tarkibida dastlab hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladigan yaylovlarda, Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda ko‘chmanchi hayot kechirar edilar. Aslini olganda xuddi shu vaqtda saljuqiylar sulolasi hali shakllanmagan edi. Boshqacha aytganda, saljuqiylar bu etnik nom emas. X asrda Balxash ko‘lining janubidan to Quyi Volgagacha bo‘lgan hududda turkiy xalqlardan bo‘lmish o‘g‘izlar yashardilar. Ular ko‘plab qabila va urug‘larga bo‘linganlar. Ana shundaylardan biri — qiniq urug‘idan chiqqan Saljuq ismli shaxs o‘zining fazilatlari, bilimdonligi, abjirligi va mardligi orqasida obro‘-e’tibor qozonib boradi va bir qancha o‘g‘iz qabilalari sardori, katta harbiy kuch boshlig‘i darajasiga erishadi. Tabiiy ravishda bunday shaxslarning borib-borib o‘z davrasi, ta’sir doirasi vujudga keladi. Saljuqda ham shunday bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida muayyan qarama-qarshiliklarni ham vujudga keltirgan. Xullas, iqtisodiy-siyosiy raqobat natijasida Saljuq o‘z tarafdorlari bilan yuqorida tilga olingan Sirdaryoning o‘rta oqimlarini tark etib, daryoning quyi oqimi chap qirg‘og‘ida joylashgan Jand viloyati yaqiniga kelib o‘rnashadi. Bu voqea taxminan X asrning o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Shu orada ular islom dinini qabul qiladilar. Ular xuddi shu asrda Movarounnahrni idora qilayotgan somoniylar, aniqrog‘i so‘nggi somoniylarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaganlarini bilamiz. Saljuqiylarning Movarounnahr siyosiy hayotiga faol aralashuvi ayniqsa somoniylarning qoraxoniylar bilan raqobati yillari kuchaydi. Bu esa saljukiylar qaramog‘idagi o‘g‘iz qavmlarining Samarqand, Buxoro, Kesh viloyatlariga borib o‘rnashishlari uchun sharoit yaratdi. Ular o‘z turmush tarzlariga ko‘ra yaylovlar, dashtliklarda o‘rnashganliklari tabiiy. Shahar va vohalarda esa, avvalgidek, o‘troq turkiy aholi istiqomat qilavergan. O‘g‘iz qavmlarining harakati ikki daryo oralig‘i bilan cheklanib qolmagan. 1075 yipi ulyarning Kir qismi (4000 oila) Mahmud G‘aznaviyning roziligi va bir necha shartlar bilan Saraxs, Farova va Obivard atroflaridagi yaylovlarni o‘zlariga makon qiladilar. Shu tariqa ular Xurosonga qadam bosadilar. Saljuqiylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi ilk munosabatlar haqida biz o‘tgan boblarda ham to‘xtalib o‘tgandik. Saljuqiylar iloji boricha Xurosonda mavjud iqtisodiy, savdo va, albatta, siyosiy sharoitlardan foydalanishga harakat qilganlar. Bu o‘z o‘rnida shu vaqtda o‘lkada hukmdor bo‘lgan G‘aznaviylar manfaatiga zid kelardi. Shu tariqa ulararo ziddiyat paydo bo‘ladi. 1040 yilga qadar ular bir necha marta o‘zaro to‘qnashganlar. Oxiri esa ko‘rsatilgan yili Dandoniqonda saljuqiylar g‘aznaviylarni mag‘lubiyatga uchratadilar. Bu vaqtga kelib Saljuq allaqachon oxiratga ravona bo‘lgan, uning xonadoni siyosiy faoliyatiga esa nabi-rasi To‘g‘rulbek (1038—1063) boshchilik qilardi. Xullas, 1040 yili To‘g‘rulbek Xuroson hukmdori deb e’lon qilinadi va shu tariqa dunyo saltanatlari tarixida yana bir qudratli sulolaning rasmiy yuksalish yo‘li boshlanadi. XI asrning mazkur 40-yillaridayoq saljuqiylar Xorazm, Eron, Kavkazortiga harbiy yurishlar uyushtiradilar. 1055 yili esa To‘g‘rulbek xalifalik poytaxti Bag‘dodni egallaydi va o‘z nomiga xutba o‘qittiradi. To‘g‘rulbek hayotligidayoq saljuqiylar Eron, Iroq, Kavkazorti o‘lkalarini o‘z ta’sir doiralariga tortgan edilar. 1071 yili esa keyingi saljuqiy hukmdor Sulton Alp Arslon (1063—1072) Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Romen IV Diogenni yengib, o‘zini asirga oladi. Bu o‘z o‘rnida saljuqiylarning Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o‘rnashib olishlari uchun katta zamin tayyorlaydi. Sulton Malikshoh (1072—1092) zamonida Samarqand, Buxoro, O‘zgand (Farg‘ona) ham saljuqiylar qo‘l ostida birlashadi. Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham saljukiylar ustunligini tan oladilar. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida saljuqiylar saltanati Sharqiy Turkistondan O‘rta dengizgacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oltan. Shu bilan birga, avvallari ham ko‘rganimizdek, har qanday saltanatning o‘z yuksalish bosqichi bo‘lishi bilan birga parchalanish, inqiroz yo‘liga kirish davri ham bo‘ladi. Saljuqiylar saltanatining zaiflashib parchalanish jarayoni esa XI asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bunday jarayon sababini saltanatning haddan tashqari ulkan hududda yastanganligi, buning oqibatida uni bir markazdan turib boshqaruvdagi ma’lum qiyinchiliklarning vujudga kelishi, rasmiy sulolaning ko‘plab namoyandalari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalarning tabiiy ravishda noroziligi, qarshiligi kabilar bilan tushuntirish mumkin. Qisqasi, XI asrning ikkinchi yarmidayoq saljuqiy-lar xonadoni vakillari faoliyati bilan bog‘liq Suriya, Iroq, Anato‘liya (Ko‘nya), Kermon sultonliklari yuzaga keladi. Sulola ichki nizolari keskinlasha borib, XII asr boshlaridayoq saltanat sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi (ashinaliylar, qoraxoniylarning ham ichki nizolar sababli xuddi shunday qismlarga bo‘linib ketganini eslaylik). Sharqiy qism asosan Xuroson va Movarounnahrdan iborat bo‘lib qoldi. Uning chegaralari, ta’sir doirasi qat’iy bo‘lmay o‘zgarib turgan. Chunonchi, Sulton Sanjar (1118—1157) qudrati avjiga chiqqan vaqtlarda g‘arbiy saljuqiylar (Eron, Iroq, Ozarbaijon) uning, ya’ni sharqiy saljuqiylarning siyosiy ta’sirida bo‘lganlar. 1141 yili Movarounnahrga sharqdan qoraxitoylarning bostirib kirishi bilan esa Sulton Sanjarning ham kuchi qirqildi. Qoraxitoylarga qarshi saljuqiylar qoraxoniylar bilan birgalikda lashkar tortgan bo‘lsalarda, ammo mag‘lubiyatta uchraydi-lar. 30 ming kishi, jumladan, 3—4 ming amiru amaldorlar ham halok bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida saljuqiylarga qaram bo‘lgan Xorazm sulolalarining yuksalishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu yerdan chiqqan xorazmshohlar (anushteginiylar) XII asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy saljukiylarga zarba beradilar. Sharqiy saljuqiylar faoli-yatiga esa Sulton Sanjar o‘limidan keyin chek ko‘yiladi. Boshqacha qilib aytganda, XII asr oxiriga kelib Kichik Osiyodagi Anato‘liya (Ko‘nya) sultonligidan o‘zga biron-bir makonda rasmiy saljuqiy xonadoni qolmaydi. Anato‘liya (Ko‘nya) sultonligi esa XIII asr o‘rtalarida mo‘g‘ullarga qaramlikka tushadi. Ammo nima bo‘lganda ham xuddi mana shu saljuqiylar tufayli Kichik Osiyoga turkiy tilli qavmlarning borib o‘rnashishi jarayoni kuchayadi va borib-borib mazkur mintaqada turkiy davlat va millatga asos solinishi uchun tegishli zamin yaratdi. Shuning uchun ham hozirgi Turkiyadagi turkiy tilli xalq Turkistonni ota yurtimiz, ya’ni tarixiy vatanimiz, deb e’tirof etadi. Endi saljuqiylar davri davlat qurilishi masalasiga to‘xtalsak. Davlat tepasida oliy hukmdor maqomida saljuqiylar xonadoni namoyandasi turgan. U Sulton (Sulton ul-a’zam) unvoniga ega bo‘lgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o‘tgan. Mulk, yer-suv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlaridan boxabar bo‘lib turish, qo‘l ostidagi amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilib turish uning haq-huquqlari va vazifalari sirasiga kirgan. Shuningdek oliy hukmdor o‘z mansabdorla-ri, xizmatkorlari uyetidan tushgan ariza va shikoyatlarni, amaldorlarning daromadi, soliq to‘plovchilar, ularga boshchilik kiluvchilarning faoliyatini nazorat qilib borishi kerak bo‘lgan. Mamlakat obodonligi, sun’iy sug‘orish tizimlarini barpo etish, ko‘priklar qurish, qishloqlarni obod etmoq, ekinlar ahvolidan boxabar bo‘lish, qal’alar, yangi shaharlar barpo etish, oliy binolar qurish, katta yo‘llar uzra rabotlar (meh-monxonalar) bino etish, madrasalar ochish kabi qator savobli va har qanday davlat rivoji uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish ham oliy hukmdor zimma-sida bo‘lgan. Nizomul mulk hukmdorning fuqarolarga munosabatini shunday belgilagan: «Podshohning bir haftada ikki kun zulm ko‘rganlarni qabul qilmasdan iloji yo‘q. U zulmkorni jazolamog‘i, insofga chaqirmog‘i, raiyyat so‘zlarini o‘z qulog‘i bilan vositachisiz eshitmog‘i kerak. Arzchilar eng muhim so‘zlarini aytmoqlari, (hukmdor esa) ular bo‘yicha hukm chiqarmog‘i lozim. Shunda mamlakatda podshoh ezilgan va adl is-tovchilarni haftada ikki kun qabul qilib, ularning so‘zini tinglar ekan, ovozasi tarqaydi. Zolimlar bundan cho‘chiydilar, qo‘llarini kalta qiladilar». G‘aznaviylar, qoraxoniylar, somoniylar misolida ko‘rganimizdek, saljuqiylar boshqaruv tizimi ham ikkiga: dargoh va devonlarga bo‘lingan. Dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalarni ko‘rsatib o‘tamiz: ulug‘ hojib — dargohdagi sultonga eng yaqin kishi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushtiruvchi. Horis amiri (amiri horis) sulton chiqargan jazo hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullangan. Saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa, sultonga taalluqli narsalarni saqlash ishini salohdor olib borgan. Dargoh ishlarini boshqaruvchi xos vakil, sulton bayrog‘ini tutuvchi alamdor deyilgan. Sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlash janddorga yuklatilgan. Shuningdek dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, chashnegir (sultonning ovkatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxur, tashtdor kabi mansabdorlarning ham o‘z o‘rni bo‘lgani ma’lum. Saljuqiylar boshqaruv tizimida ham bosh vazir xizmati alohida ahamiyat kasb ettan. U markaziy bosh-qaruv (devoni a’lo) tepasida turgan holda mavjud barcha devonlar (vazirliklar) faoliyatiga rahbarlik qilgan. Xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli ishlab chiqarish muassasalari ishini nazorat qilish uning gardanida edi. Manbalarda bosh vazirni rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlar-ning kattasi), deb ta’riflashlariga ko‘ra aytish mumkinki, uning faoliyati mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi barcha sohalarga tegishli bo‘lgan. Chunonchi, u sulton nomidan qaram o‘lkalar hukmdorlari, xori-jiy davlatlar namoyandalari bilan muloqot va muzokarada bo‘lish huquqiga ega edi. Ikkinchi tomondan, shunchalik keng ko‘lamda faoliyat ko‘rsatish uning bir o‘ziga og‘irlik qilgani tabiiy. Shuning uchun ham bosh vazir o‘zining maxsus vakillari, nazoratchilari orqali ham ish yuritgan. U xizmatchilarni ishga olish, ularga maosh tayinlash, ishdan bo‘shatish kabi vakolatlarga ham ega bo‘lgan. Xullas, bosh vazirning haq-huquqi katta bo‘lgan. Shu bilan birga u yer-mulk taqsimlash borasida huquqsiz bo‘lgan. Mazkur vakolat sulton ixtiyorida qolgan. Shahzodalar va malikalar ham o‘z vazirlariga ega edilar. Ammo bu hol davlat manfaatlariga zid ekanli-giga o‘z vaqgida saljuqiilarning bosh vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan mashhur Nizomul mulk (1018 yoki 1020—1092) ishora etgandi: «Qachonki, podshohlik ishi ayollar va go‘daqlar qo‘liga o‘tsa, bilginki, podshohlik o‘sha xonadonni tark etgay». Devonlar to‘g‘risida so‘z ocharkanmiz, ularning ikki toifaga bulinishini ta’kidlash lozim: sulolaviy va rasmiy devonlar. Nomidan ham ko‘rinib turganidek, sulolaviy devon hukmdor xonadon faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, unga tegishli mol-mulk, yer-suv, xazina va boshqalar boshqaruvi, hisob-kitobi, olyq-solig‘i kabi vazifalar bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar kuyidagilardir: devoni tug‘ro, devoni istifo, devoni ish-rof, devoni arz. Tug‘ro devoni mazkur devonlar ichida eng muhimi hisoblanib, uning boshlig‘i bosh vazir o‘rinbosari mavqeida bo‘lgan. Bu devonda oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlari tayyorlanib, keyin unga muhr bostirish-ga taqsim etilardi. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash kabilar shu devon xizmatchilari nazorati ostida edi. Bu devonga xizmatga har kim ham olinavermasdi. Keyingi vazirlik bu istifo, ya’ni moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro‘yxatga olish xuddi shu devon ixtiyorida mujassamlashgan. Bu vazirlik joylardagi bo‘limlari orqali tegishli ro‘yxat va miqdorlarda soliq yig‘ish, qilingan ishlarni alohida daftarlarda qayd etish bilan shug‘ullangan. Bo‘limlar markazga har bir tadbir, masalan, soliq yig‘ish bo‘yicha alohida va batafsil hisobot yozib berganlar. Istifo devoni haq-huquqlari nechog‘lik bo‘lganligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, uning xizmatchilari (mustavfiylar) hatto dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog‘ida bo‘lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashganlar, nazorat qilganlar. Yana bir vazirlik bu ishrof devonidir. Uning bo‘limlari viloyatlar va shaharlarda ham faoliyat ko‘rsatgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu xizmatning mohiyati davlat nazorati tushunchasini beradi. Buning isbotini ishrof xizmatining faoliyat doirasi orqali ham bilib olish mumkin: moliya-soliq hisoblarini na-zorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli yer-suvlar, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borish. Nazorat o‘z o‘rnida maxfiy ham bo‘lgan. Devoni arz o‘ziga xos harbiy muassasa (harbiy vazir-lik) bo‘lib, lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot (oziq-ovqat va kiyim-kechak), harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, transport, harbiy yurishlar chog‘idagi ta’minot, vaqgi bilan harbiylar ko‘rigini tashkil etish kabilarga mas’ul edi. Mazkur devon va umuman devonlar tizimi ishi qanday yo‘lga qo‘yilganini quyidagi misol orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Lashkardagi biron-bir xizmatchining maoshi oshiriladigan yo qisqartiriladi-gan bo‘linsa, bu haqda, eng avvalo moliya-soliq idoralari bilan kelishib olinishi zarur hisoblangan. Mahalliy boshqaruv tizimiga kelsak, viloyat boshliqlari (voliy) ham o‘z devonlariga ega bo‘lganlar. Vo-liylarni oliy hukmdor tayinlagan. Ular butun viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga boshchilik qilganlar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliy nazorati, tasdig‘i, izmida faoliyat ko‘rsatganlar. Tuman, shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki kabi bo‘lgan, faqat harbiy faoliyat bundan mustasno edi. Saljuqiylar davri iqtisodiy munosabatlar ahvo-iga keladigan bo‘lsak, albatta, biz butun saltanat, ya’ni Movarounnahrdan O‘rta dengizgacha bo‘lgan hududda kechgan iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida fikr yuritmay, asosiy e’tiborni mazkur masalaning mintaqaga aloqador tomonlariga to‘xtalib o‘tsak to‘g‘ri bo‘ladi. Shu ma’noda o‘z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan dehqonchilik rivojlanib borib, bunga asosan sun’iy sug‘orish tizimlarining kengayib, mukammallashib bo-rishi keng yo‘l ochib bergan. Chunonchi, suv to‘g‘onlarini ta’mirlash, yangilarini qurish, yer osti va yer usti suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilikning ilg‘or usullaridan foydalanish, sun’iy suv havzalarini yara-tish kabi tadbirlar o‘sha zamon dehqonchiligi taraqqiyotidagi asosiy omillardandir. G‘allachilik, bog‘dor-chilik, polizchilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik sohalaridagi yutuqlar ham ilgarigi davrlar va boshqa mintaqalardan kam bo‘lgan. Chunonchi, Xorazm qovunlari, Jurjon (Gurgon) xurmolari, shakarqamishi, limonlari, Niso uzumlari, behilari, baqlajonlari, Marv bug‘doyi nafaqat mintaqada, balki undan tashqarida ham shuhrat qozongan edi. Dehqonchilik sohasining rivoji, albatta, hunarmandchilik taraqqiyoti uchun tegishli asos yaratib bera-di. Saljuqiylar davri ham bundan mustasno emas. Shuning uchun ham yozma manbalar, arxeologik izlanishlar natijalari bergan guvoxdiklarga nazar solinsa, to‘qimachilik (ip gazlama, ipak, zig‘irpoya tolasidan tayyor-langan matolar ishlab chiqarish), kulolchilik (kosa, xum, ko‘za, piyola va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish), gilamchilik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, ko‘n-chilik kabi qator sohalar ham ichki, ham tashqi talab va ehtiyojlarni qondirish yo‘lida taraqqiy etib borgan. Yana bir muhim soha bu savdo-sotiqdir. Savdo-sotiqning rivojlanishida ishlab chiqarish (dehqonchilik, hunarmandchilik) bilan bir qatorda ulkan iqtisodiy-savdo makonining mavjudligi ham muhim o‘rin tutgan. Albatta, bunday makonni yaratish oson bo‘lmagan. Shaharlarda bozorlar ahvolini yaxshilash, gartib o‘rnatish, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, ma’lum masofalarda rabotlar, to‘xtash joylari bino etish, pul muomalasini nazorat kilish kabi qator muhim tadbirlarni doimo amalga oshirishga |o‘g‘ri kelgan. Buning natijasida mintaqaning Urta va Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa, Hindiston, Xitoy kabi mamlakat va o‘lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab borgan. 1087 yili Sulton Malikshoh Sharq va G‘arb yo‘nalishlararo savdoni yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini ba’zi bir savdo go‘lovlaridan ozod etgan. Savdo-sotiqda quruqlikdan gashqari Kaspiy dengizi imkonlaridan ham oqilona foydalanishga intilingani ma’lum. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilganini bilamiz. Yo bo‘lmasa Sirdaryo quyi oqimi, o‘ng qirg‘og‘i yerlaridan chiqadigan mushk, oltin, kumush smbilar nafaqat tashqi bozorda, balki mintaqaning o‘zida ham g‘oyatda qadrlangan. Umuman olganda, mintaqa bozorlarida qimmatbaho mo‘yna, qorako‘l terisi, tuzlangan baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis matolar, qimmatbaho toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin edi. Pul muomalasiga kelsak, eng yuqori darajadagi pul birligi o‘rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo‘shimcha metall aralashmasi bo‘lgan va mahalliy ahamiyat kasb etgan dinor ham bo‘lib, uni rukniy deganlar. Shuningdek muomalada mis dirhamlar ham bo‘lib, ular asosan ichki bozorga mo‘ljallangan. Saljuqiylar davrida ham chek, akkreditiv, veksel turidagi naqd pulsiz muomala qilish tizimi amalda bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim. Saljuqiylarning tashqi aloqalari haqida nima deyish mumkin. Saltanatning Sharqiy Turkistondan O‘rta dengizgacha yastanishi geografik jihatdan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarixiy Xitoy va Vizantiya bilan chegaradosh qilib qo‘ydi. Xitoy ham, Vizantiya ham bundan xavfsirashi turgan gap edi. Shuning uchun ham ular ilo-ji boricha saljuqiylarning zaiflashib borishidan manfaatdor edilar. Bunda «cho‘g‘ni birovning qo‘li bilan ushlash» siyosatidan unumli foydalanishga ko‘p harakat qilingan. Chunonchi, saljuqiy Sulton Malikshoh davrida Vizantiya diplomatik yo‘llar bilan Xitoyni saljuqiylarga qarshi gij-gijlab, ular o‘rtasida urush chiqarishga obdon harakat qilgani ma’lum. Ammo Sun xonadonidan bo‘lmish Xitoy hukmdorlari urushdan ko‘ra savdo aloqalari ko‘proq manfaatliroq ekanini anglagan hodda «shayton yo‘lidan» yurmaydilar. Vizantiya bu bilan tinchimay endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arbda, Yevropaning o‘zida saljuqiylar, aniqrog‘i «musulmonlar xavfi»ni bayroq qilib, ularga qarshi kurashga da’vat kila boshlaydi. Vaholanki, islom dinini endigina qabul qitgan saljuqiylar islomni yo uning «xavfi»ni eltuvchi kuch bo‘lolmasdilar. Zero, islom dini zuhuridan keyin din bayrog‘i ostidagi biron-bir yurish, istilo yo‘qkim, asl maqsadi va manfaati bilan siyosiy, iqtisodiy mo‘ljallar bilan uyg‘unlashmagan bo‘lsin. Demak, saljuqiylar Vizantiya uchun, eng avvalo siyosiy, xalqaro savdo munosabatlarida katta raqib hisoblanardi. Odat-da, raqibni yengish ishi unga nisbatan ko‘pchilik fikri, ya’ni mafkurasini qarshi qo‘yishdan boshlanganidek, Vizantiya saljuqiylarning harbiy-siyosiy xavfiga qarshi mafkura, e’tiqod omilini qo‘idi. Bundan Rim cherkovi va boshqa Yevropa mamlakatlari iloji boricha foydalanishga harakat qildilar. Shu tariqa XI asrning so‘ngi o‘n yilligida mafkura bo‘yoqlari bilan chaplangan, aslida ta’sir doiralar kurashidagi bir harakatgina bo‘lgan salib yurishlari boshlangan. Salibchilarning sharqqa qarab harakatlarini kirkishda saljuqiylarning xizmatlari katta bo‘lgan. Saljuqiylar o‘z tobeligida bo‘lgan Izohli lug’at 1.Sipohdor (saroy xizmatchisi)
Adabiyotlar Sadriddin Ali al-Xusayni, Axbar addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavarix), M., 1980; Abul Fazl Beyhaqi, Istoriya Masʼuda (1030-1041), T., 1962, 2nashri, M„ 1969; Rashidaddin, Sbornik letopisey, t.1, kn. 1, M.L., 1952; Fazlallax Rashid ad-Din, Oguzname, Baku, 1987; Nizomulmulk, Siyosatnoma yoki siyar ulmuluk, T., 1997. Gordlevski y V. A., Izbrannie sochineniya, t. [(Gosudarstvo Seldjukidov Maloy Azii), M., 1960; Agadjanov S. G., Gosudarstvo seldjukidov v Sredney Azii v XI—XII vv., M., 1991; Azamat Ziyo, Oʻzbek davlatchiligi tarixi, T., 2000; Termiz — buyuk chorrahadagi koʻhna va yangi shahar, T., 2001; Qahramon Rajabov.[1] Abu-l-fazl Bayxaki, istoriya Masʼuda (1039–1041), T., 1962; 2-nashri, T., 1969; Beruniy, Hindiston (Tanlangan asarlar, 2-j.), T., 1965; Beruniy, Qonuni Masʼudiy (Tanlangan asarlar, 1–2-kitoblar, T., 1973; 1976; Adabiyotlar: Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Erol Gungur, Tarixda turkiy davlatlar, T., 2003. Qahramon Rajabov. Download 98.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling