Pandemiyadan keyingi turizm: O‘zbekiston nimalarga e'tibor qaratishi kerak? Pandemiyadan oldin dunyo miqyosida ish bilan band bo‘lgan aholining har o‘ndan biri turizmga aloqador faoliyat turi bilan shug‘ullangan


Download 375.71 Kb.
bet1/13
Sana10.04.2023
Hajmi375.71 Kb.
#1349025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Pandemiyadan keyingi turizm


Pandemiyadan keyingi turizm: O‘zbekiston nimalarga e'tibor qaratishi kerak?
Pandemiyadan oldin dunyo miqyosida ish bilan band bo‘lgan aholining har o‘ndan biri turizmga aloqador faoliyat turi bilan shug‘ullangan. Pandemiya sohaga katta ta'sir o‘tkazdi. Xususan, 2020 yilda O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 80 foizga pasayib ketdi. Pandemiyadan keyingi davrda respublikada turizmni qanday tiklash mumkin?
Turizm SOVID-19 pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlarning tashrifi 2020 yilda 2019 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 74 foizga kamaygan. Pandemiyadan oldin turizm yirik biznes hisoblanib, global yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qilgan. Turizmga bog‘liq yoki ixtisoslashgan mamlakatlarda bu ulush yanada ko‘proqni tashkil etadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida turizmning ahamiyati qay darajada?
O‘zbekistonda 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy ulushida 2,3 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, eksportning umumiy ulushida 7,3 foizni egallagan.
Ma'lumot uchun, pandemiya boshlangan davrga qadar turizm sohasida doimiy o‘sish kuzatilgan. Xususan, turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 2017 yilda 547 million dollarni (YaIMning 0,9 foizi), 2018 yilda esa 1,04 milliard dollarni (YaIMning 2,1 foizi) tashkil qilgan.
Joriy yilning yanvar oyida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov (endilikda Turizm va sport vazirligi) 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 261 million dollarni tashkil etib, mamlakatga 1 million 504 ming turist tashrif buyurganini aytib o‘tgan.
«2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko‘proq e'tibor qaratmoqchimiz. 2021 yilda O‘zbekistonga 1 million 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta'minlash bo‘yicha reja qilingan va keladigan daromad 370 million dollar bo‘lishi kutilyapti», deb ta'kidlagan Aziz Abduhakimov.
Endi bu raqamlarni 2019 yildagi «pandemiyasiz dunyo»dagi holat bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 80 foizga pasaygan. Agar 2021 yilda vaksinatsiya jarayonlari tezlashib, qo‘mita tomonidan e'lon qilingan prognozlar o‘zini oqlasa, sohadan keladigan daromadlar 2019 yildagi ko‘rsatkichlarning 28 foizi miqdorida tiklanishi mumkin.
Bundan tashqari, turizm iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari: transport, mehmonxonalar biznesi, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq sohalarida ham ikkilamchi talabni yuzaga keltirishi natijasida iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan.

Download 375.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling