Kirish asosiy qism i-bob chet tilini o’qitish metodlarni qisqacha obrazi 1Chet tilini


Download 195.12 Kb.
bet3/9
Sana19.04.2023
Hajmi195.12 Kb.
#1364353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Grammatik o’rgatish masalalari

Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi
2 yuzyillikdan ko‘p vaqt mobaynida mavjud bo‘lib, uzoq davom etgan kurashdan so‘ng o‘z o‘zrnini yangi bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) metodga berdi. Grammatik jihatdan tarjima qilish vakillari chet tili umumiy ta’lim beradigan maqsad bilan o‘rganilishi lozim deb hisoblaydilar. Ular uni mantiq bilan grammatikani bir deb qarab, grammatik mashqlar yordamida mantiqiy fikrlash rivojlanishini ko‘rdilar. Chet tilini o‘rganishdagi maqsad o‘sha davrning atoqli lingvistlaridan Gumboldning so‘zlarida o‘zining yaxshi ifodasini topgan: “Ommaviy o‘qitish seksiyasida tillarni o‘qitishda shunday uslubni qo‘llash lozimki, til unutilsa hamtilni xotirada saqlanib qolgan qismini butun hayotga foydali qilib saqlab qoladi, bunda nafaqat xotiranigina emas, balki aqlni o‘stirish uchun, hukmlarni tanqidan tekshirish va umumiy dunyoqarashni shakllantirish amalga oshiriladi. Tilni o‘qitishdan maqsad – bu uning umumiy strukturasi haqida bilimlarni xabar berishdir”.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari quyidagi qoidalarni o‘rtaga tashladilar:

  1. chet tilini o‘qitish asosida asl tilni aks ettirgani uchun yozma nutq qo‘yilgan bo‘lishi lozim.

  2. kurs asos (boshi)ga grammatika qo‘yiladi, grammatika o‘qitishning asosiy predmeti hisoblanadi va kursning tuzilishi va leksik tanlab olish(tanlov)ni aniqlaydi.

  3. mantiqiy fikr yuritish jarayonining tashuvchilari (veduo‘ie) sintez va deduksiya deb qabul qilinadi, shuning uchun ham o‘quvchilar grammatik qoidalar va so‘zlarni o‘rganish, keyin esa shu asosda jumlalar tuzish taklif qilinadi.

  4. gramatik shakl va so‘zlarning ma’nolarini ochishning asosiy usuli so‘zma- so‘z tarjima qilish hisoblanadi, zero barcha tillar umumiy grammatikaga egava turli tillarning so‘zlaribir-biridan harflarning turli kombinatsiyasi bilan farq qiladi.

  5. til materialining o‘zlashtirilishi tarjima va mexanik yodlab olish vositasi bilan amalga oshishi lozim.

  6. chet tili so‘zlarini kon.tekstdan tashqari holatda yodlab borish tavsiya qilinadi. , zero, birinchidan, ular ona tilining so‘zlaridan faqatgina shakl bo‘yicha (ma’no hajmi va ularning muvofiq kelishi hisobga olinmas edi) farqlanadilar. Ikkinchidan esa o‘rganilgan grammatik ko‘rinishni illyustirivka qilishlariga ko‘ra muhimdir.

Pedagogik jarayon quyidagi shaklda olib borilgan: o‘quvchilarga grammatik qoidani, undan so‘ng esa ularning oa tilidagi tarjimasi o‘rganish taklif qilinadi. Grammatika va so‘zlarni o‘rganib olib o‘quvchilar alohida gaplarni ona tilidan chettiliga tarjima qilshni mashq qilishlari lozim edi. Bu jumlalar o‘rganilgan grammatik qoidalarni va so‘zlarga namuna bo‘lgan.
Grammatik jihatdan tarjima qilish metodi vakillari o‘qish malakasini oshirishga harakat qilganlar. Lekin 19 asrning 30-40-yillarida tilni og‘zaki nutqda yaxshi bilishga sezilarli darajada talab oshadi. Buning natijasida tilni og‘zaki nuqtda yaxshi bilishni o‘rgatishni o‘z oldiga qo‘ygan qo‘llanmalar paydo bo‘la blshlaydi. Lekin bu usul bu vazifani amalga oshirish uchun oz foyda keltiruvchi bo‘lib chiqdi. Buning o‘rniga matn bo‘yicha tarjima qilish keldi. bu yo‘nalishning vakillari chet tilidagi matnni o‘qish ga asosiy diqqatni qaratiadilar. Bunda ta’limning tarkibida ham farq mavjuddir. Bu metodning tarafdorlari chet tilini o‘qitishun xrestomatik xarakterda bo‘lgan va badiiy adabiyotning asl matnlarni jalb etdilar.
Agar ikki metodni solishtirsak, ularni tarjima metodlari deb nomlash huquqni beruvchi ko‘plab umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. ular ikkisi vaqt jihatidan yoyilishi va ayni lingvistik konsepsiyalar jihatidan bir biriga mos keladi: umumgrammatika mavjud ,til tafakkur bilan birxillashtiriladi, so‘z bilan bog‘liq tushuncha, tilga sovugan mantiqiy kategoriya sifatida qaraladi.
19 asr oxirlari, 20 asr boshlarida turli nomlar bilan atalgan yangi metodlar tarqaladi:intuitiv, ko‘rgazma-intuitiv, tabiiy, natural, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodlar. Metodik adabiyotda mazkur metodlarni ifoda etish uchun “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” va “natural” atamasi ko‘poq qo‘llaniladi. Natural metod to‘g‘ridan-to‘g‘ri metodning xillik ko‘rinishi sanaladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod haqida batafsil to‘xtalamiz. Bu metod metod tarafdorlarining o‘quvchining tilidan o‘tib, chet tili so‘zlari va uning grammatik shakllarni bevosita ularning ma’nosi bilan bog‘lashga harakat qilganlarinatijasida deb nomlangan. Bu metodning qayta ishlanishida atoqli psixolog va lingvistlar ishtirok etdilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri metod vakillari o‘z oldilariga maqsad qo‘ydilar: o‘quvchilarni chet tilini amalda bilishga o‘rgatish. Chet tilini amalda bilish dastlabo‘quvchilarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish vazifasi bilan bir deb qabul qilinardi. Tilni og‘zaki nutq bilan amaliy bilishni bir deb qabul qilish bizning kunimizgacha saqlanib qoldi. Inson tilni yaxshi biladi deyilganda mazkur tilda erkin gaplashishini nazarda tutiladi.


    1. Download 195.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling