Kirish asosiy qism i-bob chet tilini o’qitish metodlarni qisqacha obrazi 1Chet tilini


Download 195.12 Kb.
bet8/9
Sana19.04.2023
Hajmi195.12 Kb.
#1364353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Grammatik o’rgatish masalalari

Grammatik tahlil
Sharq tillari grammatikasini o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchini faqatgina grammatik qoidalarni o‘rgatishga emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay olishga ham o‘rgatishi lozim.
O‘quvchilar grammatikani shunday egallashi lozimki, faqatgina o‘ziga tushunarli bo‘lgan mashqlarnigina emas, balki yetarli tushunarli bo‘lmagan leksik tarkib ma’nolariga qaramay tarjima qila olish bilimiga ega bo‘lishi lozim.
Buning uchun grammatik analizning 2 turini qo‘llaydilar: (qo‘llanadi)

  1. tushuntirilgan gapning grammatik analizi

  2. noma’lum tekst yoki gapning grammatik tahlili

Ikkala tur grammatik qoidani o‘rganish va o‘zlashtirishdan keyin o‘tkaziladi. Bu grammatikani amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tahlil morfologik bo‘lganidek, sintaktik (ko‘rinishda) ham bo‘ladi. To‘liq grammatik tahlil o‘tkazilganiday, qismlarga bo‘lib ham o‘tkaziladi. Qandaydir grammatik mavzu o‘tilish jarayonida grammatik tahlil qismlarga ajratib o‘tkaziladi. Bunday tahlil ko‘p vaqttni olmaydi, shu bilan birga o‘rganilayotgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirishda yaxshi natija beradi. Analitik o‘qish jarayonida. savol-javob o‘tkazayotganda va hokazolarda qismlarga ajratilgan tahlilni o‘tkazish mumkin.
To‘laqonli grammatik tahlil grammatik bir yoki bir necha grammatik mavzuni o‘tgandan keyin o‘tkaziladi. Bu butun gapning sintaktik va morfolgik tahlilidan iborat bo‘ladi va shuning uchun uni o‘tkazish ko‘proq vaqtni oladi.
Alohida gaplar va keltirilgan parchalarning grammatik tahlili shuningdek, uy vazifasi predmeti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Tahlil qilishda o‘quvchi bu gapning qay turga kirishini aniqlab olishlari kerak, murakkab gapmi yoki sodda gap, qo‘shma yoki ergash gapmi, shundan keyingina gapning to‘liq grammatik tahlilga o‘tishlari mumkin. ikkala tur grammatik tahlil ham o‘quvchilarning ona tilida olib borish maqsadga muvofiqdir.
Grammatik tahlil o‘quvchida chet tilida berilgan tekstlarni o‘qish va yozishni ongli ravishda amalga oshirish layoqatini oshiradi.
Grammatikani o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarda og‘zaki va yozma munosabatlar (nutq)da foydalanish (qo‘llash) uchun grammatik malakaga ega bo‘lishni shakllantirishdir.
Ma’lumki, tilning barcha resurs boyliklarida.
Psixologlarning qayd etishlaricha, nutq kommunikatsiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq tarzda sezilarli kompressiyaga yo‘l ochib beradi, shuning uchun maqsadga muvofiq tarzda material hajmini, xususan, chet tili o‘qitishning konkret shartlarini hisobga olgan holda grammatik materialni cheklash mutlaqo mumkin.
Grammatik materialni cheklash foydasiga keltiruvchi muhim argument bo‘lib grammatik ko‘rinishlarga bilish malakasini shakllantirishda til bilan muntazam shug‘ullanish, salmoqli mashqlarni bajarish va o‘z navbatida ko‘p vaqtni bunga sarflash xizmat qiladi.
Leksikada bo‘lganidek, grammatikani o‘qitishda aktiv va passiv minimum deb nomlangan tur farqlanadi. Aktiv grammatik minimum atamasi ostida og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash uchun mo‘ljallangan grammatik ko‘rinishlar tushuniladi. Passiv minimumga kam uchraydigan yoki og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lmagan, lekin badiiy, texnik yoki umumsiyosiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan grammatik ko‘rinishlar kiradi. O‘quvchilar tekstda uchragan bu ko‘rinishlarni aniqlay olishlari va va ularni tushunishlari lozim bo‘ladi.
Chet tili grammatik ko‘rinishlarni o‘qitishda yanada effektiv natijalarga erishish maqsadida, grammatikada metodik tipologiyani ham ko‘zda tutish lozim.
Grammatik materialni qayta ko‘rib chiqishda grammatikani o‘qitish maqsadlarini aniqlab olish zarur, ya’ni og‘zaki yoki yozma nutqda grammatika bizga qanchalik kerak bo‘lishini bilish lozim. Tanlash kriteriyasi bo‘lib grammatik ko‘rinishning yozma va og‘zaki nutqda qanchalik keng qo‘llanishi xizmat qiladi.
Grammatik materialning o‘zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar ham ko‘zdan qochirilmaydi. Bular bir qator faktorlardan tashkil topishi qoida qilib qo‘yilgan:

  1. Grammatik ko‘rinishning o‘zida uchraydigan qiyinchiliklarOna tilining interferurik ta’siri, unda mavjud bo‘lgan yoki uchramaydigan o‘hshash yoki yaqin bo‘lgan ko‘rinishlar

  2. fikriy amaliyot (operatsiya) qiyinchiligi, grammatik ko‘rinishni aniqlash yoki qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ongli ravishda ko‘rsatilgan harakat(umstvennqe deystviya)larning miqdor va xarakteri.

O‘qish uchun lozim bo‘lgan grammatik ko‘rinishlar bilish shakldan mazmunga qalar ko‘rinishidagi prinsip bo‘yicha yasaladi. Avval chet tilidagi material qabul qilinadi va undagi berilgan shaklni xarakterlaydigan belgilar ajratiladi.
Grammatikani o‘qitish turli xildagi nutqni struktural to‘g‘ri shakllantiilgan va o‘qishda grammatik shakllarni aniqlay oladigan ko‘nikmali gaplarni qurish mexanizmiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Gaplarni qurish mexanizmini bilish deganda nimani tushunish lozim? Bu o‘quvchi muayyan vaziyatda o‘z fikrini to‘g‘ri gap shaklida ifodalay olishi lozimligini bildiradi. Aynan nutqning minimal birligi bo‘lmish gaplar asosida o‘quvchi o‘z fikrini to‘g‘ri va tez ifodalay oladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi vazifalari sirasiga chet tilidagi gaplarni qurish mexanizmini, strukturasi (morfologik va sintaktik) turli bo‘lgan va tarkibi bo‘yicha (po glubne), ya’ni undagi bog‘lanishoar miqdorini o‘rgatish kiradi.
Nutqni to‘g‘ri struktura bilan tuzishni yaxshi egallash turli bir tillik va nutqiy mashqlarni bajarish sharoiti mavjulligin taqozo qiladi. O‘quvchining mashqlarining maxsusligii gapdagi tarkibiy tuzilish mexanizmining uzluksiz shakllanishi hisrbiga qurilishini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilar o‘rganilgan grammatik ko‘rinishlarni o‘zlarning ikki, uch va to‘rt jumladan iborat bo‘lgan fikrini elementar bayon etish orqali ifodalashni o‘rganadilar. O‘quvchilarga tayanch vositasi sifatida muayyan vaziyat va bajarish namunasi beriladi.o‘qituvvchi tomonidan tayyorlangan namunalar kommunikativ yo‘nalishi va olib borilayotgan muloqot vaziyat bilan muvofiq kelishi lozim.
O‘quvchilar gramatik shakllarni to‘g‘ri qo‘llash uchun nutqiy mashqlar, xususan, lozim shakllardan foydalanishga rag‘batlantiruvchi o‘quv vaziyatlarni ham qo‘shish taqozo etiladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda bu kurs ishini yozish davomida qayidagilarni o’rgandim
O‘qitishning asosiy vositalari, yordamchi vositalar, fonogrammalar va ularning turlari, o‘qitishning an’anaviy metodi, noan’anaviy metodi, “O‘qitishning vositalari” tushunchasini, o‘qitishning kompyuter vostalari va boshqa ko‘rgazmali qurollardan foydalanish kabi muhum tomonlarini tushuntirish.O‘zligimizni anglash, kelajakka intilgan umum bashar karvonida o‘zimizga munosib o‘rin egallash va uni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy pok, ilm-ma’rifatga chanqoq, Vataniga, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz uchun ajdodlarimizdan qolgan nihoyatda boy ilmiy-adabiy merosni xalqimizga yetkazishimiz, farzandlarimiz ongiga singdirishimiz lozim Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standatrlarining takomillashtirilgan variantlari yaratildi va u ta’lim tizimiga tadbiq etilmoqda. Bu hijjatlarda chet tillari, shu jumladan arab tilini o‘qitilishi oldiga aniq talablar qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, sharq tillarini chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarning bitiruvchilari o‘z bilimlarini shu yo‘nalishdagi akademik litseylarda yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirishlari mumkin


Download 195.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling