Kirish asosiy qism I bob. O'rxun-Enasoy yozuvlarining tarixi va ahamiyati


II BOB. O'rxun-Enasoy yozuvlarining ta'lim va madaniyatga ta'siri


Download 43 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1596968
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'rxun-Enasoy yozuvlari kurs ishi

II BOB. O'rxun-Enasoy yozuvlarining ta'lim va madaniyatga ta'siri
2.1. Tarbiyaviy maqsadlar va ularning amaliyoti
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarmizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi
Q.Sodiqov yodgorliklarning tilini, tarixini va falsafiy qarashlarini oʻrganib, ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarini oʻzbekchaga tabdil qildi. Oʻzbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib, Oʻzbekiston koʻhna turkiy run yozuvlarining makoni boʻlgan degan xulosaga keldi. Yodgorliklar tili, uslubiyati, dialektikasi, fonetikasi va morfologiyasini oʻrgandi. Talabalar uchun muhim ahamiyatga ega asarlar va darslik kitoblar yaratib, Oʻzbekistonda yangi turkologiyaning rivojiga katta hissa qoʻshdi. Olimning Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bagʻishlab yozgan asarlarini quyidagi guruhlarga boʻlib oʻrgansak, maqsadga muvofiq boʻladi: 1. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan asarlari: “Eski uygʻur yozuvi”, “Qadimgi turkiy yozuvlar” va “Qadimgi turkiy til” fanlaridan dars matnlari, “Ilk oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati”, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi”, “Koʻk turk bitiklari va ularning tarixiy talqini” nomli kitoblari, “Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi”, “Kul tigin, Bilga xoqon bitiklaridan oʻrin olgan “xoqon” soʻzining boshlamalari va yodnomalarining matn tuzilishi haqida”, “Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matniy-qiyosiy tahlili”, “Oʻzbekistonda topilgan koʻk turk xarfli matnlar”, “Turk-moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar”, “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli maqolalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining tilini oʻrganishga bagʻishlangan. Jumladan, “Turkiy yozma yodgorliklar tili: adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi” (2006) tadqiqotida eng koʻhna hamda oʻrta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida oʻzbek adabiy tilining shakllanishi, mumtoz adabiy tilning yuzaga kelishi, uning oʻziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqrtiya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o’zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak-massagetlar, so’g’diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o’zaro va boshqa ko’plab qabila va urug’lar bilan birlashib ketgan va hozirgi Markaziy Osiyo hududtdagi xalqlarning ajdodlaridir.
Bu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi birinchi asrlarning birinchi yarmida qadimiy davlatlar – Baqtriya va So’g’diyona, Xorazm, Marg’iyona, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalaridagi rivojlanish bilan birga madaniyat ham o’ziga xos taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Bu taraqqiyot eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahamoniylar hukmronligi, keyinroq eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek – Baqtriya davlati, eramizning I asrida esa Kushonlar davlati, V asrda Eftalitlar hukmronligi, so’ngra sosoniylar emperiyasi va nihoyat, turk hoqonligi davrlarini o’z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta’lim-tarbiyaga oid boy meros ham kiradi. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilik, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Tosh va yozma badiiy bitiglarning topilishi turkiy adabiyot tarixida yangi davrni boshlab berdi. Markaziy Osiyoga arablarning kelishiga qadar yaratilgan yozma adabiyotni o‘rganishda O‘rxun va Enasoy daryolari yoqasidan topilgan tosh bitiglar alohida ahamiyatga ega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari VI-VIII asrlarga oid bo‘lib, ular turk runiy yozuvlari deb yuritiladi. Turkiylarda tosh bitiglar tarixi uzoq tarixga ega.

1970 yilda Olmaotadan 50 kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan Urxun alifbosidagi harflar bitilgan runiy yozuvdagi tosh bitig qo‘lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg‘alarida uchraydigan shakllarga asoslangan bo‘lib, unda quyidagi so‘zlar bitilgan. «Xonning o‘g‘li 23 yoshida o‘ldi. Issiq elining boshi omon bo‘lsin!» Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, yozuv bundan 2500 yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma adabiyot ham shunday qadimiylikka egadir. Lekin mukammal darajadagi tosh bitiglar qo‘lga kiritilmaganligi sababli yozma davrni miloddan oldingi davrlardan boshlashga hali vaqt erta.

Runiy yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Mo‘g‘ulistonning turli joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Qofqaz, Volga bo‘yi, shuningdek, Yevropadan topilsa-da, u tarixda O‘rxun-Enasoy yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Run yozuvlari qog‘ozga, shuningdek, boshqa buyumlarga ham bitilgan. «Irq bitigi» («Ta’birnoma») qog‘ozda yozilgandir. Run yozuvi hozirgi Avliyo ota va Taroz shahri yaqinidagi qoyada, Sibir o‘lkasida kumush ko‘zachalarda bitilgani kuzatilgan. Shuningdek, qadimshunoslar oyna, qayish to‘qasi, idish-tavoq, yog‘ochga bitilgan runiy yozuvlarni qo‘lga kiritishgan. Tosh bitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining mantiqan davomi, o‘zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g‘oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Tosh bitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, N.Rahmonov va boshqa olimlar tosh bitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat’iy unsurlari–asarda boshlanma, voqea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman, barcha xalqlar og‘zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud. Ungin yodnomasi shunday boshlanadi:

Achumiz, apamiz Yamы qag‘an


Tort bulungug‘ qismish,yig‘mish, yamыsh, basmish,
Ol qan yoq boltuqta kasra
Al yitmish, ыchxinmish
(Achamiz, otamiz Bumin qog‘an
To‘rt bo‘lakni qismish, yig‘mish, yoymish, bosmish
Ul xon yo‘q bo‘lgandan so‘ngra
El yo‘q bo‘lmish, qochishmish).

Bo‘min dastlabki turk xoqonlaridan hisoblanadi. Uning hayoti to‘g‘risida rivoyat yoki afsonalar yaratilgan bo‘lishi kerak, chunki Kul tegin va Bilga xoqon yodnomalarida ham Bo‘min haqida eslatilishi shundan dalolat beradi. adqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lish namunasi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Urxun-Enasoy bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy manbalar saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham, o’z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida to’la tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat (juda qadimgi tasviriy yozuv) paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi va tez tarqala boshlaydi. Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa Yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo’llanib kelinganini ta’kidlaydilar. O’sha davrda Xorazm, So’g’d, Kushan, Run (Urxun-Yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Bo‘ri qadimdan barcha turkiy xalqlarning totemidir. Ashin urug‘i o‘zlarini bo‘ridan tarqalgan deb hisoblashlari to‘g‘risida afsonalar mavjud. «Alpomish»da Boybo‘ri, «Qo‘rqut ota kitobi»da Boybo‘rak obrazlarining yaratilishi, «O‘g‘uznoma»da bo‘ri turkiy qavmlarni boshlovchi asosiy qahramon darajasiga ko‘tarilishi qadimiy e’tiqodlar ifodasidir. Enasoy yodnomalaridagi Chuchuk Bo‘ri Sangun ismi ham totemlik belgisi bo‘lib, u qadimgi turkiy dostonlar bilan yodnomalar o‘rtasidagi yaqinlikni ko‘rsatadi. Yoki turkiy dostonlarda, masalan, «Alpomish», «Manas», «Qo‘rqut ota kitobi»da ot yaxshilik belgisi, qahramonning eng yaqin safdoshi va do‘sti sifatida shakllangan. Urxun yodnomasidagi Kul teginning Bo‘z oti ham shunday belgilardan hisoblanadi.

Tosh bitiklarning har biri o‘ziga xos mustaqil adabiy-tarixiy asardir. U she’riy yo‘lda bitilgan. O‘z davrining ruhi singdirilgan. Shu sababli ham I.V. Stebleva ularni «tarixiy qahramonlik poyemalari» deb ataydi. Urxun va Enasoy tosh bitiklari barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligidir. Qadimgi turkiy adabiyotning vorisi hisoblangan bugungi ko‘plab milliy adabiyotlar unda o‘z tarixini, shakllanish jarayonini, katta hajmli nodir asarlarning tug‘ilish ildizlarini ko‘radi. XX asr qozoq yozuvchisi M.Avezov shunday yozadi: «har qanday tadqiqotchi yodnomalarni o‘qib, «Manas»dagi Manas, Almambet, Kubak, sirnoqlarning qahramonligi bilan yodnomalardagi harbiy yurishlar, janglar, olishuvlar o‘rtasidagi parallellikni ko‘rishi mumkin».


CHunki inson ibtidoiy jamoa bo’lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. CHunonchi, Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash o’nlik sistemasining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada Yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo’lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni bog’lovchi karvon yo’liningvujudga kelishi, keyin Markaziy Osiyo orqali Xitoydan O’rta dengizga «Buyuk ipak yo’li»ning ochilishi kabi muhim voqealar madaniyatning taraqqiy etishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ldi.
Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan, Yunon va oromiy alifbosi asosida Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldin taxminan 484 (480) – 431 (425) yillarda yashagan Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan:
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim, - shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illarga ega bo’lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. o’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’tgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’g’il bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar.
O’g’il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardan kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
Bundan tashqari Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi… Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar.
Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarinini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Erkaklargina emas, hatto ayollar ham jasorat ko’rsatgani Yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan.
Plutarxning yozishicha, Aleksandr yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf-odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va harbiy san’atini o’rgatishga murabbiylar tayinlashga buyruq bergan.
Keyinchalik yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi, o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan alolat beradi. Yoki So’g’d yozma yodgorliklari orasida «Eski xatlar» nomi bilan yuritiladigan va V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu xatlar eramizningboshlaridagi so’g’d yozuvi haqida ma’lumot beradi. «Eski xatlar» Dunxuan shahri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijorat, savdo ahlining Samarqandga – o’z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir.
Imperator Yan Di (615-617)ning elchisi Vey TSzi hisobotlarida ham Samarqandda ta’lim-tarbiya haqida ma’lumotlar mavjud. «Aholisi (Samarqandning demoqchi) – mohir savdogrlardir. O’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshlaydilar; o’qishni o’rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar». Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan-TSzin esa Samarqand aholisining axloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o’rnak bo’lganliklarini aytib o’tgan. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-ismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo’lgan uyg’urlar juda katta meros – o’sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – xronologik jihatdan ikki davrga bo’linadi. Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo’lib, ular urxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo’lgan bitiktoshlardan iborat. Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa so’g’d yozuvi asosida shaklangan uyg’ur yozuvida bitlgan matnlar kiradi. Urxun Mo‘g‘ulistonning Komo-Saydam vodiysidagi daryo. Bu guruhga hozirgacha ma’lum bo‘lgan To‘nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon, Ungin, Moyun Chur kabi bitiklar kiritiladi. To‘nyuquq bitigi. Bitik ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi To‘nyuquqqa bag‘ishlangan. To‘nyuquq Qapog‘on va Bilga xoqonlarning ham maslahatchisi bo‘lgan. Tosh bitik 712-716 yillarda To‘nyuquq tirikligi paytida yozilgan. Yodgorlikni 1897 yilda Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda Shimoliy Mo‘g‘ulistonning Bain-Sokto manzilidan topishgan. Yodgorlik hozirda o‘sha joyda saqlanadi. To‘nyuquq bitigi – qahramonlik ruhidagi asardir. To‘nyuquq turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashgan, donoligi, tadbirkorligi, jasurligi bilan ko‘p g‘alabalarni qo‘lga kiritgan sarkadadir. Bitikda uning xizmatlari ulug‘lanadi, turk xalqiga sodiqligi madh etiladi. Asardagi voqealar To‘nyuquq tilidan hikoya qilinadi. Turk xalqi boshboshdoqlik, o‘zibo‘larchilik, beparvolikka berilib, o‘z hukmdori atrofida birlashmasdan erkini qo‘ldan bergani qahramonning ruhiy kechinmalari orqali beriladi. Bilka To‘nyuquqmen o‘zim Tabg‘ach elida o‘sdim. Turk budun Tabg‘achga qarar edi, Turk budun xoni bo‘lmayin Tabg‘achdan ajraldi, xonlandi. Xonin qoldirib yana Tabg‘achga bo‘ysundi, Tangri ancha demish: xon berdim. Xoninga qoldirib (boshqaga) bo‘ysunding Bo‘ysunganing uchun tangri o‘ldirmish ekan. Turk budun o‘ldi, bo‘shashdi, yo‘q bo‘ldi Turk sir budun yerinda kuch qolmadi. O‘tda, toshda qolmishi Birlashib yetti yuz bo‘ldi Ikki bo‘lagi otli erdi Bir bo‘lagi piyoda edi. Yetti yuz kishini boshlagan Ulug‘i shad edi.

Yig‘il, dedi


Yig‘ilishi man erdim-
Bilka To‘nyuquq.
Qog‘on tusayinmu, dedim.

O‘yladim, ariq buqali (dir u)


Semiz buqali orqada bo‘lsa
Semiz buqami, ariq buqami, deyin
Bilmas ermish, deyin.

Ancha o‘yladim.


Unda tangri bilik berdigi uchun
O‘zim o‘q qog‘on (qilmoqni) istadim.
Bilka To‘nyuquq Buyla Baga Tarqan birla
Iltarish qog‘on bo‘layin.

O‘ngda Tabg‘achni to‘g‘rida qo‘tanni,


So‘lda o‘g‘uzni to‘kis o‘ldirdi.
Bilikda, dangda (unga) bo‘yinsundim.
Chugay kuz va qora qumda bo‘lgan edimiz.

Kiyik yeb, quyon yeb yashar edimiz


Budun bo‘g‘zi to‘q erdi.
Yog‘imiz tegrada qushlardek (ko‘p) erdi,
Biz yemdek edimiz.
Shunday edi tirikchilik
O‘g‘uzdan ko‘rik keldi.
Ko‘rikning so‘zi mundog‘:
To‘quz o‘g‘uz budun uza qog‘on bo‘ldi, der
Tabg‘achga Qunu Sanguni yubormish,
Qo‘tanga To‘ngra Samni yubormish.
Ancha so‘z aytdi,
Ozgina turk budun yurar ermish.
Qog‘oni alp ermish
Aytg‘uchisi bilka ermish.
Ul ikki kishi bor ersa
Seni tabg‘ach o‘ldirar, derman.
Oldinda qo‘tan o‘ldirar, derman
Meni-o‘g‘uzni (ham) ular o‘ldirar, derman.
Ular yo‘q qilsam, derman
Tabg‘ach, o‘ngdan yopishing,
Qo‘tan, to‘g‘ridan yopishing,
Man so‘ldan yonishayin.
Turk sir budun yerida edi, yurmasin.
Ularni yo‘q qilsam, derman.
Ul so‘zni eshitib
Tun uxlagum kelmadi,
Kunduz o‘lturgim kelmadi.
Unda qog‘onim qarshisida o‘tindim
Bunday o‘tindim: Tabg‘ach, o‘g‘uz qo‘tan,
Bu uchavi qovushsa, biz ozmiz
O‘z ichi-toshin tushmasdekmiz.
Yupqa, arriqlik to‘plagali oson ermish
Ingichka arriqlik uzgali oson.
Yupqa, qalin bo‘lsa to‘plag‘ali alp (kerak) ermish.
Ingichka yug‘an bo‘lsa uzgali alp (kerak) ermish.
To‘g‘rida qo‘janda, o‘ngda tabg‘achda
Ortda qirdanda, so‘lda o‘g‘uzda
Iki uch ming qo‘shnimiz har biriga yurishi kerak
Shunda o‘yladim.

Qog‘onim man o‘zim – bilka To‘nyuquq


O‘ylagan o‘tinchimni eshita bordi.
Ko‘nglingga kelganini qil, dedi.
Ko‘ng o‘nguk yuqorisi, O‘tukan yushi sari (askar) torttim.
Tog‘lada shaxli molda o‘g‘uz keldi
Qo‘shini uch ming ermish.
Biz iki ming erdimiz,
Urush qildimiz.
Tangri yarlaqadi – yoyib tashladimiz.
Daryoga tushdi, yo‘lda yoydik, yana o‘ldi, ehtimol
Unda o‘g‘uz qarshiga bo‘ysunib keldi
Turk budunni O‘tukan yerga keltirdim o‘q.

Man o‘zim bilka To‘nyuquq


O‘tukan yerga qo‘nmish deb eshitib
Janubiy xalqlar, g‘arbiy, shimoliy,
Sharqiy xalqlar kelib (bo‘yin egdi)
Ikki ming erdimiz
Ikki qo‘shin bo‘ldi.
Turk budun bo‘lsin deb,
Turk qog‘on bo‘lsin deb.
Shantung shahari, daryo, dengiz
(Hali) teggan emas edi.
To‘nyuquq bitigi xotira-memuar shaklidagi dostondir. Unda asosan hayotiy voqealar hamda mifologik tasavvurlar ifodalangan. To‘nyuquq tarixiy shaxs bo‘lib, Eltarish xoqonning maslahatchisi edi. Uning yoshligi Tabg‘ach- Xitoyda o‘tgan. Bu paytda turk xalqi Tabg‘achga bo‘ysungan. Chunki turk xalqi bosh-boshdoqlikka yo‘l qo‘yib, o‘zini idora etolmagan. Ana shunday tarqoq xalqni To‘nyuquq birlashtirdi, ikki bo‘lagi otli va bir bo‘lagi piyoda bo‘lgan 700 kishilik qo‘shini bilan turk mamlakatini tikladi hamda shad (turk xoqonligining oliy unvonlaridan biri) unvoniga ega bo‘ldi. To‘nyuquq Bo‘yla Baga Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan mamlakat farovonligi uchun kurashdi. Natijada, xalq to‘q bo‘ldi. Turklar mamlakatiga yana urush xavfi tug‘ildi. Tabg‘ach, o‘g‘uz, qutan qavmlari birlashib, hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rdi. To‘nyuquq Eltarish xoqonga maslahat solganida xoqon uning kuchiga, tadbirkorligiga, donoligiga ishondi va «ko‘nglingga kelganini qil» deb buyurdi. To‘nyuquq o‘g‘uzlarning uch ming kishilik qo‘shiniga qarshi jangga kirdi, ularni yengdi, yigirma uch shaharni ishg‘ol qildi. Jang qishda, qor-izg‘irinli kunlarda davom etardi. Qattiq sovuq bo‘lsa-da, Irtish daryosidan o‘tish va urushishga to‘g‘ri keldi. Jangda To‘nyuquq g‘alaba qozondi, dushman shadini ham o‘ldirdi, dushmanning oz qismi qochdi, ular Temur qopug‘gacha quvib borildi va qo‘lga olindi. To‘nyuquq Eltarish xoqonga maslahatchi bo‘lgan davrda yurt dushmanlari bilan tez-tez jang bo‘lib turdi. Jumladan, Eltarish xoqon tabg‘achga 17, qutanga 7, o‘g‘uzlarga 5 marta yurish qildi. Tosh bitigda ifodalangan bunday tasvirlar xotira-memuar bo‘lib, ular asarda epik bayonni, syujetni hosil qiladi. To‘nyuquq bitigining boshqa toshbitiglardan o‘ziga xos tomoni shundaki, unda yig‘i-yo‘qlov ruhi sezilmydi, aksincha, asarning butun mazmuni qahramonlik tasviri asosida qurilgan. To‘nyuquq – jasoratli, o‘z xoqoni va mamlakti sharafi uchun kurashgan dono sarkardadir. Bitigda real hayotiy voqealar bilan mifologik tasavvurlar uyg‘un holatda tasvirlanadi. Mifologik tasavvur hayotiy voqealarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kul tegin bitigi. Bitik turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kul tegin qabriga qo‘yilgan. Kul tegin 731 yilda vafot etgan bo‘lib, tosh 732 yilda o‘rnatilgan. Bitiktoshdagi voqealar Kul teginning akasi Bilga xoqon (asli ismi Mo‘g‘iliyon) tilidan hikoya qilingan. Asar Kul teginning jiyani Yo‘llug‘ tegin qalamiga mansub. Asar ikki qismdan iborat, birinchi kichik yozuv – 110, ikkinchi katta yozuv 428 misradan iborat. Kichik yozuvning dastlabki qismida Kul teginning o‘z avlodlariga, beklar va xalqqa murojaati beriladi. Turk davlatining chegaralari ko‘rsatilgan. Kul tegin qo‘shini «Shantung tekisligigacha» (shimoliy-sharqiy Xitoy), «To‘quz arslon» — Tibetgacha yetganligi aytiladi. Kul tegin qo‘shinlari Inju (Sirdaryo)ni kechib, Temir Qopug‘gacha (Bo‘zg‘ala o‘tami), so‘lda esa Bayirqu (Sharqiy Zabaykal)gacha borgani madh etiladi. Kul tegin turkiy xalqlarni O‘teken yerida muqim qolsa, mung bo‘lmasligini uqtiradi. Asarning ikkinchi qismida esa Bilga xoqon ajdodlarining tarixi bitiladi. Kul teginning harbiy yurishlari, shaxsiy bahodirligi, vafoti, matom marosimi va marsiyalar keltiriladi. Asarning har ikki qismi ham Ko‘k tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar bilan yonma-yon yashagan tabg‘achlarning bosqinchiligi, hiylakorligi keskin qoralanadi.


Xulosa
Yosh avlod tarbiyasi bugungi davrda dolzarb muammo hisoblanadi. Bunda turkey xalqlarning yozma ma`rifiy yodgorliklarining o‘rni va ahamiyati bor. Turkiy xalqlarning yozma ma`rifiy yodgorliklari o‘zaiga xos xususiyatiga ega bo‘lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “ O‘rxun-Yenisey yodgorliklari” “Irq yozuvlari” (Ta`birnoma”) kabi manbalar bo‘lib , ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiyb yozuvida bitilgan O‘rxun-Yenisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta`lim-tarbiyaga oid qimmatli ma`lumotlarni beradi. O‘rxun-Yenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida , so‘ngra Mo‘g‘ulistonning O‘rxun daryosi bo‘yida topilib , ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan. V.Tomsondan keyin so‘ng olimlar N.M.Yadrinsev , V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib . o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘rxun-Yenisey yodgorliklari S.E.M alov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. O‘zbekistonda Oybek, O.Sharafiddinov,, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O‘rxun-Yenisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta`lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar. Ma`lumki, eramizning VI asri o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv, va Markaziy Osiyo xududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron vaHindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaralangan . Turk xoqonligi Turkyut deb ham atalgan. Xoqonlik 604-yilda Sharqiy va G‘arbiy Xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa turk Xoqonligi barham topgan. Turk xoqonligi aso9san 3 kishi: Bilga xoqon(Mog‘iliyon)- Xoqon, Kultegin- sarkarda , To‘nyuquq esa –vazir bo‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan. Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp nkishilar , sarkardalar tomonidan ko‘rsatgan jasoratlar, ulkarning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi, o‘z vatatining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta`minlash Xoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish , Eltarining o‘g‘illari – Bilga Xoqon, lashkarboshisi Kultegin , ma`naviy otalari To‘nyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta`rifi berilgan. Kultegin xalqparvar , tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta`riflanadi. U o‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo‘ygan shaxs. Kultegin Eltarish Xoqonining kichik o‘g‘li . U 713-yil 27-fevralda qirq yeti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732-yilda o‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshdav barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mo‘g‘ilyon bo‘lgan. Bitigini Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin yozgan. Demak , bitigining muallifi ham ma`lum. Kultegin bitigida Bilga Xoqonning og‘a-inilari va qarindoshlar-urug‘lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elide ko‘p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo‘shni bo‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so‘z boradi , shuningdek, xalqning yolg‘onchilik , firibgarlik qurboni bo‘lganligi ta`kidlanadi: “ Oltin, kumush,ichkilik , ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg‘ach xalqi so‘zi shirin ,ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so‘zi , ipak kiyimi bilan aldab , yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo‘shni bo‘lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o‘rganar ekan. Yaxshi , dono kishini , yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug‘I ,xalqi ,uyi, yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis ipagiga aldanib , ko‘pturk xalqi o‘lding… Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo‘lsa yomon ipak beradi, yaqin 363 bo‘lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bunga ishonib , unga yaqinlashdilar va ko‘plari o‘ldilar.” Xoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash o‘zaro urushlarga chek qo‘yish, tinch-totuv bo‘lib yashashga undashdek ezgu masad ham yotadi. Xulosa qilib aytganda, O‘rxun-Enasoy bitiklari insoniyatni vatanga bo‘lgan ehtiromini , tarixiy tarqqiyot mobaynida davlatchilikning ilk namunasi sifatida tarbiyaviy ahamiyatga ega.



Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling