Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi
3 kurs talabasi Allamov Jamshidbekning
“Innovatsion Iqtisodiyot” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbekiston milliy innovatsion tizimi.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari
Innovatsion faoliyat va innovatsion jarayon
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotning rivojlanish yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar.
Kirish.
Keyingi yillarda iqtisodiyot sohasidagi ilmiy va amaliy adabiyotlar
hamda ko’pgina ilmiy ishlarda “yangilik” va “ilg’or texnologiya” degan
so’zlar bilan bir qatorda “innovatsiya” va “innovatsion texnologiyalar”
atamalari ham ko’p miqyosda ishlatilmoqda. Juda ko’p minbarlarda,
anjumanlarda va ilmiy kengashlarda ishlatiladigan “innovatsiya” atamasi
lotincha innovus (in – novus – yangilikka qarab) degan ma’noni
anglatadi va u “yangilik” va “ilg’or texnologiya” atamalari bilan
sinonimlar tariqasida ishlatilishi mumkin. Bu barcha tushunchalarni
birlashtiruvchi ma’nosi innovatsiyalarni (yangilik kiritishni) ikki xil
ma’noda tushunishni, ya’ni yangilik yaratish (yangi mahsulot, yangi
texnologik jarayon, yangi hizmatlar va xakozo) va ularni amalga
oshirishni o’z ichiga qamrab oladi. Nafsilambirini aytganda, biror bir
ob’ektga nisbatan yangilik kiritish tugallangan marketing kompleksi
tadbirlarining pirovard natijasi hisoblanadi. Bizning va ko’pchilik horijiy
mamlakatlarning adabiyotlarida innovatsiya tushunchasi boshqacharoq
talqin qilinib, uni moliya-iqtisodiy boshqaruv, ijtimoiy yangiliklarni
joriy qilish, korxona va tashkilotlarni boshqarishdagi yangiliklar sifatida
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |