Kirish. Asosiy qism. Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari
Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari
Download 237.19 Kb.
|
Innovatsion iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion faoliyat va innovatsion jarayon
Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari
Innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma- ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va unga mos bo’lgan innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammoning yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni innovatsion Innovatsion faoliyat va innovatsion jarayon Yangi mahsulot (yoki hizmat) larni hayotga tadbiq qilish bilan tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi bilim va informatsiyani (yoki innovatsion faoliyatni) yaratish jarayonini tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat deb fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatida yangilklar yaratadigan va ularning sinov nushalarini yangi mahsulot sifatida ishlab chiqaradigan korxonalar, tashkilotlar yoki alohida shaxslar tushuniladi. Sub’ektlar sifatida bulardan tashqari innovatsion jarayonga moliyaviy, information, marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing, sotuv va boshqa hizmatlar ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham ko’shishimiz mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir: - faoliyatning va innovatsion hizmatning alohida ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar, texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion va biznes markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar; - Ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari (akademik va tarmoq ilmiy institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar, tajriba maydonlari, oily ta’lim muassasalari); - Yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va tashkilotlar; - Kichik investitsion tashkilotlar va firmalar; - Innovatsion, ilmiy-tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari. Download 237.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling