Kirish. Asosiy qism. Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari


Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari


Download 237.19 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi237.19 Kb.
#1169805
1   2   3
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Innovatsion tizim, uning tuzilishi va funktsiyalari
Innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning
majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va
yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or
innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan
bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi
o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli
muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy
faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga
olib keladi. Innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki
amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy
natijalarni olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (ya’ni ulardan
tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab
chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi mahsulotlarga to’ldirishga
va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-
ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va
unga mos bo’lgan innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy
muammoning yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli
shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni innovatsion

Innovatsion faoliyat va innovatsion jarayon
Yangi mahsulot (yoki hizmat) larni hayotga tadbiq qilish bilan
tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga
oshiriladigan innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur.
Xozirgi davrda yangi bilim va informatsiyani (yoki innovatsion
faoliyatni) yaratish jarayonini tushunishda bir qancha yondoshuvlar
mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan innovatsion faoliyat yangi
mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil bo’lishidan to uning
o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara
olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional
yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati
bo’lib, u yangi vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi
maqsadlarga erishish deb tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat deb fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatida yangilklar yaratadigan va
ularning sinov nushalarini yangi mahsulot sifatida ishlab chiqaradigan
korxonalar, tashkilotlar yoki alohida shaxslar tushuniladi. Sub’ektlar
sifatida bulardan tashqari innovatsion jarayonga moliyaviy, information, marketing, patent-litsenziya, lizing, frentsayzing, sotuv va boshqa hizmatlar ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham
ko’shishimiz mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, innovatsion
faoliyat sub’ektlari quyidagilardir:
- faoliyatning va innovatsion hizmatning alohida
ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar, texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion va biznes markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar;
- Ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari (akademik va tarmoq ilmiy
institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar, tajriba
maydonlari, oily ta’lim muassasalari);
- Yirik va o’rtacha kattalikdagi korxona va tashkilotlar;
- Kichik investitsion tashkilotlar va firmalar;
- Innovatsion, ilmiy-tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi
tashkilotlarning hizmatchilari.

Download 237.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling