Kirish asosiy qism insoniyat taraqqiyotroa musiqa san'atining ahamiyati musiqa maktabda fan sifatida


Download 133 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2023
Hajmi133 Kb.
#1375526
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
UMUMTA\'LIM MAKTABLARJDA MUSIQAVIY TARBIYANING ASOSI

5 MUSIQA O'QITISH METODLARI
Musiqa o'qitish metodlari pedagogikada, maktabda, o'qituvchilar tajribasida tarkib topgan an'analarga ham bog'liq. Masalan, musiqa o'qituvchisi o'z ishiga individual tus bag'ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko'radi. Unga ko'pincha boshqa mukammalroq ish shakllariga o'tish qiyin bo'ladi. Yoki, aksincha, ish uslubi ilg'or tajribani o'rganish va umumlashtirish uchun asos bo'lib qoladi. O'qitish metodlari nihoyatda xilma-xildir. Ulaming ko'pchiligida o'xshash xususiyatlar bor, shu sababli guruhlarga birlashtiriladi. Metodlarning klassifikasiyasi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv metodlarini egallash shakllaridagi o'xshash va tafovut qiladigan jihatlarini chuqurroq anglab olishda hamda o'z o'qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Hozirgi vaqtda ta'lim nazariyasi va amaliyotida biiim olishning asosiy manbai bo'lgan o'qitishning og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlari keng tarqalgan.
Agar o'quvchilar asosiy o'quv axborotini o'qituvchining og'zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki qo'shik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar og'zaki tushuntirish, hikoya, suhbat, izoh, sharx va xokazo metodlar jumlasiga kiradi. Bunda asosiy narsa fikr bayon qilishning to'g'ri tizimidir. Bu metodlar yoki tushunchalami shakillantirish va o'zlashtirish jarayoniga, yoki hissiy obrazlami shakillantirish va tasavvur qilishga qaratilgan bo'ladi. Musiqa darsida o'qituvchining so'z mahoratiga alohida talab qo'yiladi. O'qituvchi o'zining asar haqidagi badiiy kirish so'zi bilan o'quvchilami ajoyib va sehrli san'at dunyosiga olib kiradi, qiziqarli hikoya va suhbati bilan o'quvchilar diqqatini musiqa obrazlariga yo'naltiriradi. Musiqa o'qituvchisi so'zidan foydalanish sohasidagi shaxsiy pedogoglik texnikasini takomillashtirish ustida hamisha ishlashiga to'g'ri keladi. Quyidagilar uning asosiy mezoni qatoriga kiradi: - so'zlami aniq talaffuz qilish, yaxshi diksiya; - nutqning sur'atini va ohangini mohirona tartibga solish, intonasiyalaming rang-barangligi; - pauzalarda mantiqiy urg'ulami o'z vaqtida qo'llash; - bayon qilish uslubining emotsionalligi; - imo-ishora va mimikaning egallaganligi, ulaming nutq mazmuniga o'z vaqtida, o'ylab va me'yori bilan kiritish; - talabalar oldida o'zini qat'iy va ayni vaqtda erkin tutishi. 25 Hikoya. Hikoya tinglanadigan musiqa asari yoki o'rganiladigan qo'shiq mazmunini izchillik bilan obrazli qilib, chiroyli bayon qilishdir. Syujetning borligi va uning vaqt jixatidan rivojlanib borishi hikoya uchun xarakterlidir. Hikoya qilish jarayonida tinglovchilarning tuyg'ulari va kechinmalariga ta'sir etiladi va bu bilan ulaming o'rganilayotgan asarga bo'lgan munosabati shakllanadi. Hikoya - bu o'qituvchining musiqa asari haqidagi jonli, obrazli va yorqin hikoyaviy bayonidan iboratdir. Hikoya qisqa, obrazli va qiziqarli bo'lib, undagi bayon mazmuni asosiy maqsad - o'quvchilami asar obrazini badiiy tasavvur etishga va shu vosita bilan musiqa asarini badiiy idrok etishga erishishdan iboratdir. Hikoya metodi og'zaki bayon qilishda musiqa asarining mazmunini o'quvchilarga savol berib uzmasdan bayon qilishni nazarda tutadi. Faqatgina qiziqarli va obrazli qisqa hikoya bolalar qalbida o'rganiladigan asarga nisbatan qiziqish va muhabbat uyg'ota oladi. Pedagogning yorqin, jonli hikoyasi, u keltirgan misollar va faktlar o'quvchilami o'z-o'zini tarbiyalashga undaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tafakkuming obrazliligi xos bo'lganligi uchun ular bilan ishlashda hikoya metodini qo'llash ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Biz hozircha darsdagi o'qitish metodi sifatida o'qituvchining hikoyasi haqida gap yuritdik. Ammo hikoyadan o'quvchilaming bilimlarini tekshirish vositasi sifatida ham foydalaniladi. U holda gap o'quvchilardan yakka holda so'rash vaqtidagi hikoyalari to'g'risida boradi. O'qituvchi o'quvchilardan hikoyachilarni, dokladchilami oldindan tayyorlaganda, o'quvchilaming hikoyalari dars davomida qo'llaniladi. O'quvchilar bunda eng muhimi hikoya qilish vaqtida muayyan rejadan foydalansin, mazmun elementini mantiiqan birma-bir ochib bersin; hikoyaning ma'lum bosqichini tugallar ekan, yakunlovchi jumlalami tushuntirishning yangi bosqichi bilan bog'lay olsin. Tegishli nutq madaniyatini ta'minlash o'quvchilarga ortiqcha so'zlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutulishda mohirona maslahatlar ko'magida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza, so'zlaming, o'ylab topilgan yangi fikrlaming originalligi uchun rag'batlantirishlar muhim ahamiyatga ega. Nutq o'stirish o'quvchilar shaxsini intellektual rivojlantirishda o'ta muhim ahamiyatga molik vazifa bo'lib, u faqat musiqa o'qituvchilarini emas, balki barcha o'quv fani o'qituvchilarining ham vazifasi ekanligini unutmaslik kerak. Suhbat. Suhbat o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatning jonli, faol savol javob shakli. O'qituvchi savol berishi bilan juda ham rang-barang o'quv vazifalarini hal etish o'quvchilar bilimini aniqlash, ulami umumlashtirish va tizimlashtirish, yangi bilimlami o'zlashtirish vaqtida o'quvchi tafakkurini boshqarish, o'z tarbiyalanuvchilarining bilish kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo'ladi. Bunda o'quv material! bolalaming musiqa haqida 26 bilim doirasi va amaliy tajribalari bilan bog'lanib o'zlashtiriladi. Suhbat jarayonida o'qituvchi o'quvchilaming fikriy faoliyatini kuchaytiradi, musiqa haqidagi bilim doirasini yangi ma'lumotlar bilan boyitadi. Tushuntirish. Bu ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darslarida qo'llaniladi. U musiqa savodi, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi kabilami o'rganishda foydalaniladi. Tushuntirish o'rganilayotgan qo'shiq, musiqa savodi va undagi qoidalar va musiqa bilan harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgandir. Musiqiy tarbiyada u doimo tushuntirilganlami nima uchun aynan o'qituvchi talab qilgan usulda bajarish zarurligi sabablari va shartligini ochib berish bilan bog'langan. Masalan, o'qituvchi musiqa savodidan biror bir mavzuni yoritayotganda uning ham ilmiy asosda, ham hayotiy misollar orqali sodda yo'llar bilan o'quvchilarga tushuntirib berishi kerak. O'qituvchi tomonidan tushuncha berilayotgan vaqtda nutqqa «chunki» so'zini kiritish tushuntirish metodi uchun xarakterlidir . Tavsif. Tavsif musiqa bilan bajariladigan harakatlaming belgisi, sifatlari yoki ulaming izchilligi haqida qo'llanmani o'z ichiga oladi, lekin musiqiy harakatning aynan shunday xarakterini shart qilib qo'yuvchi asboblar ko'rsatilmaydi. Tushuntirishga nisbatan tavsif go'yo uning soddalashgan shakli hisoblanadi. Musiqa tajribasida harakat amallari yoki ulaming elementlari o'quvchilarga yetarligicha yaxshi ma'lum bo'lgan yoki yangi harakatlami bajarish yo'llari juda soddaligi tufayli batafsil tahlil qilinmasa ham bo'ladigan hollarda tavsifdan foydalaniladi. Sharhlash (komentariya). Bu o'quvchilaming musiqa idrokini rivojlantirishda darsning musiqa tinglash qismida asosan musiqa o'qituvchisining badiiy nutqi orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi musiqa darsiga tayyorgarligi jarayonida tanlangan musiqa asariga va uning mazmuniga mos adabiy matn tayyorlaydi. Musiqa va ifodali o'qilgan matn bir vaqtning o'zida magnit lentasiga yoki diskka yozib olinadi. Bunda o'qituvchining vazifasi yangrayotgan musiqa asarini va uning mazmuni hamda xarakterini unda aks etayotgan voqelikni bevosita va bilvosita sharhlab boradi. Sharhlash musiqa o'qituvchisidan katta ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Agar musiqa o'qituvchisida badiiy o'qish qobiyati bo'lmasa, unda u adabiyot o'qituvchisi yoki boshqa talantli o'qituvchi nutqidan foydalanishi mumkin. Musiqa asarini sharhlash orqali o'quvchilarga bunday taqdim etish ularda asarga nisbatan yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi. Darsda og'zaki metodlardan foydalanishga o'quvchilaming o'z fikrini erkin ayta olishlari, ashulalar, she'rlar, badiiy asarlardan parchalar ijro etish uchun keng imkoniyatlar ochib berish kerak. Shunday qilib, maktablarda qo'llanilayotgan ta'lim metodlari og'zaki uslubining asosiy turlarini ta'riflab berdik. O'qituvchining vazifasi bu to'plangan metodlami faqat egallabgina qolmasdan konkret 27 vaziyatda ulaming har biridan oqilona foydalanish, o'sha vaziyat uchun aynan mos variantlarini o'ylab topish, ulaming boshqa metodlar bilan mohirona qo'sha olishdan iboratdir. O'qitishning og'zaki metodlari tarbiyaviy ta'sirini kuchaytirishiga alohida ahamiyat berish zarur. O'quvchilarda musiqa faoliyatlari mazmunini asoslash, isbotlash, taqqoslash, bir-biriga qarama-qarshi qo'ya olish mahoratini oshirish uchun og'zaki metodlaming rolini ko'tarish lozim. O'qituvchining so'zi faqat oddiy axborot berishdan iborat bo'lmay, balki ishontiruvchi, asoslovchi, isbotlovchi ta'sirchan kuchga ega bo'lishi kerak. O'qituvchining so'zi emotsiyalar, bayon qilinadigan mavzularga shaxsiy munosabat bilan yo'g'rilgan bo'lishi lozim. Bulaming hammasi o'qitishdagi og'zaki metodlaming tarbiyaviy ta'sirini kuchaytirish imkonini beradi.
Ko'rgazmali metodlar deganda ta'lim jarayonida qo'laniladigan ko'rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko'p darajada bog'liq bo'lgan o'quv materialini o'zlashtirish shakllari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ta'limning ko'rgazmali vositalari musiqiy bilimlami o'rganish va o'zlashtirish xarakterini belgilaydi. Ta'limning bunday metodlaridan foydalanilganda o'quvchilarning musiqa darsidan olgan bilimlari ko'rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog'liq bo'ladi. Og'zaki tushuntirish kuzatishni tashkil etishda, tasavvurlami bir maromga solishda, ulami o'rganilayotgan musiqa mavzusi g'oyasi bilan bog'lashda yordam beradi. Ko'rgazmali qurollar bo'lmasa, og'zaki izohning uncha foydasi bo'lmaydi. Ko'rgazmali vosita sifatida musiqa asarining nota yozuvi, asaming ritmi yoki tempini aniqlashda foydalaniladigan grafik chiziqlar, musiqa ostidagi harakatlar, asar mazmuniga mos rangli rasmlar yoki ashyolar musiqa darsida namoyish qilib ko'rsatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda o'quv jarayonida turli xil texnika vositalari: kino va boshqa proyeksion apparaturalar, tovush yozish apparatlari va boshqalardan foydalanib namoyish qilish keng tarqalmoqda. Ko'rgazmali qurollar turlicha ahamiyatga ega bo'ladi. Ular bir holda faqat namoyish qilinadi. Ikkinchi holda esa abstraksiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi. Ko'rgazmali qurollar yordamida vujudga keltiriladigan aniq hissiy obrazlarga tayanish abstrakf qoidalami o'zlashtirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlaming tushunarlilik darajasini oshiradi. Masalan, nota haqida dastlabki tushiincha berish paytida nota tayoqchalari, applikasiyalar, rasm xhizilgan kartonlar va hokazolardan foydalaniladi. . : 28 Ko'rgazmali qurollar, ayniqsa, musiqa savodidan olgan bilimlarini tizimga solishda va boyitishda, shuningdek, o'quvchilaming fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi. Ta'lim jarayonida ko'rgazmali quroldan musiqa o'qituvchisining biror og'zaki bayonini yoki izohsiz foydalanishini tasaw ur qilish qiyin. Ko'rgazmali vosita hamisha o'qituvchining so'zi bilan o'zaro aloqada va muayyan munosabatda bo'ladi. O'quv jarayonida ko'rgazmalilik tamoyilini qo'llashning muhimligini musiqa darsi jarayonida o'rganilayotgan mavzu va musiqa asarlarini hissiy idrok etishga, ulami «jonli mushohada» qilishga, bilish faoliyatida aniq va mavhum, hissiy, mantiqiy va nazariy elementlaming birligiga katta o'rin beruvchi nazariya nuqtai nazaridan tushuntirish mumkin. Musiqa asarlarini ko'rgazma vositalari orqali idrok etish katta imkoniyatlarga egadir. Eslab qolishda ko'rgazmalilikning o'zi emas, balki ulaming nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo'ladi. Bu o'qitish metodlarining optimal birikmasini izlash zamrligidan dalolat beradi. Ana shu aytilganlarga ko'ra bilishning o'qitish jarayonidagi yakka tarzda yo'lini hissiy hamda nazariy bilishning haqiqiy birligi sifatida rejalashtirish va tashkil etish kerak. Musiqa darsida o'qitishning ko'rgazmali metodlarini qo'Ilash optimailik mezoniga muvofiq kelishligi uchun musiqa o'qituvchisi ulami tanlayotganda bir qator talablarga rioya qilishi kerak.
XULOSA
Men xulosa qilib aytkanda, ko'rgazmali metodlami tanlashda ulaming quyidagi didaktik vazifalami ancha muvoffaqiyatli hal qilishi nazarda tutilishi shart: - o'quvchilarda musiqani idrok etishda ko'rgazmali- obrazli tafakkumi rivojlantirishga yordam berishligi; - musiqiy faoliyat turlarini o'zlashtirishda diqqatni faollashtirish vositasi rolini bajarishligi; - musiqa savodidan olgan bilimlarini konkretlashtirishga imkon berishligi; - o'rganilgan mavzulami plakatlarda, grafik chiziqlarda, rasmlarda va boshqalarda aniq qilib tizimlashtirish va klassiflkasiya qilish; -musiqaga bo'lgan qiziqishni rag'batlantirish, samarali bilim olish uchun ko'rsatmalar yaratish metodlari rolini bajarishi; -musiqa fanidan o'quv materialining qanchalik o'zlashtirganligi haqida konkretlashtirilgan shaklda ma'lumot olish imkoniyatini beradi. Bu aytilganlardan ko'rgazmalilik qancha ko'p qo'llanilsa, shuncha yaxshi bo'lar ekan, degan ma'no kelib chiqmasligi kerak. Chunki ko'rgazmalilikni optimal qo'Ilash, bu undan maqsadga muvofiq foydalanish degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun ham musiqa o'qituvchisi dasturda va metodik qo'llanmada keltiriladigan namoyish 29 qilishning tavsiya ro'yxatidan, birinchi navbatda, darsning asosiy vazifasini hal qilishga, o'rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o'zlashtirishga bevosita yo'llanganlarini tanlab olishi kerak. Ko'rgazmali vositaga dars davomida asosiy e'tibor beriladi, u puxtaroq tahiil etiladi, asosiy xulosalar ular yuzasidan qilinadi. Bir mavzudagi ikkita ko'rgazmali vositadan qo'yilgan vazifani yaxshiroq va kamroq vaqt sarflab hal qiladiganini tanlash kerak. Shuni unutmaslik kerakki, namoyish hajmini oshirib yuborish vaqtni ko'p sarflashga olib kelibgina qolmay, balki o'quvchilar e'tiborini o'rganilayotgan materialning mohiyatidan ham chalg'itadi. Ko'rgazmali metodlarni tanlashda tegishli sinfning xususiyati, sinfdagi ko'pchilik o'quvchilar tafakkurlarining ustun tipi- og'zakimantiqiy yoki ko'rgazmali- obrazli ekanligi hisobga olinadi. O'quvchilar qo'yilgan savollarga javob kutar ekanlar, ko'rgazmali axborot ustida faol fikr yuritadilar, ko'tarilgan muammolami hal qilish yo'lini o'zlari qidiradilar va shuning uchun ham o'quv materialini faol o'zlashtiradilar. Ko'rgazmali qurollami maqsadsiz namoyish qilaverish musiqa darslarida juda ko'p vaqtni oladi va xatto darsning umumiy maqsadiga erishish nuqtai nazaridan zararli bo'lib ham chiqadi. Musiqa harakatlanuvchi melodik va garmonik tovushlardan iborat bo'lgan san'atdir. Uni faqat eshitish organi orqali tinglab idrok etish mumkin. Bunda ko'rish asosiy rol o'ynamay, balki doskada ifodalanadigan nota yozuvlari, plakatlar, jadvallar, o'qituvchining dirijyorlik ifodalari, raqs harakatlari va boshqalar musiqani jonli va aniq idrok etish yoki ijro etish uchun yordam beradi. Eng muhimi, idrok jarayonida o'quvchilarda musiqa «oqimi » ni kuzatib borishga va shu bilan musiqa asosida nimalar yoki qaysi obrazlar ifodalanganini ilg'ab olishga o'rgatish zarur. Demak, musiqa boshqa san'at turlaridan farqlanib, darsda ko'rgazmali materiallardan deyarli ikkinchi darajada foydalanishni taqozo etadi. Musiqa mazmuni, obrazlar yoki syujetlami ifodalovchi suratlar, kartinalar ko'proq boshlang'ich sinf o'quvchilarini qiziqtiradi. Amalda ko'proq harakatlanuvchi, masalan, dirijyorlik, musiqa o'lchovini taktlash, chalib ko'rsatish, raqs, o'yin, kuy harakatini, registir va ritmik sur'atini doskaga grafik chiziqlarda ifodalash kabi ko'rgazmali vositalardan foydalaniladi.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling