Kirish. Asosiy qism. Jinsga doir siyosat tarixi
Download 130,5 Kb.
|
Erkak va ayollarning teng huquq va imkoniyatlarini ta (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistondagi ayol va erkaklarga teng imkoniyatlarni ta`minlashga qaratilgan huquqiy qarorlar. Xulosa.
Erkak va ayollarning teng huquq va imkoniyatlarini ta`minllashga qaratilgan qonunchilik yo`nalishlari. Reja: Kirish. Asosiy qism. Jinsga doir siyosat tarixi. Huquqni o`rganishda gender yondashuv va nazariyalar. O`zbekistondagi ayol va erkaklarga teng imkoniyatlarni ta`minlashga qaratilgan huquqiy qarorlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Markaziy osiyo va umuman postsovet davlatlarida SSSRdan meros bo`lib qolgan shunday bir umumiy xususiyat mavjudki, u mazkur davlatlarning milliy qonunchiligida namoyon bo`ladi. Ya`ni, mazkur davlatlar mustaqillikka erishgan, ularning milliy konsititutsiyalari va qonunchilik asosi yangilangan bo`lishiga qaramay totalitar tuzumdan meros ba`zi bir huquqiy me`yorlar hamon saqlanib qolmoqda. Mintaqaning ayrim davlatlaridagina, xususan, O`zbekistonda, Ukraina, Qozog`istonda umuminsoniy xuquqlarga, xususan xotin-qizlar huquqlariga doir yangi mehanizmlar, jumladan OMBUDSMAN insitituti, bolalar ishlari insitituti kabi yangi mexanizmlar yaratildi. Ayni paytda bunday insititutlarning vakolatlarini kengaytirish va ularning samaradorligini ta`minlash davrimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanadi. Rasmiy kommunistik barham topgach uning o`rnnida vujudga kelgan bo`shliqni an`anaviy qadriyatlar, urf-odatlar egalladi. Qadimgi madaniyat va xotin-qizlarga ularni an`anaviy ravishda ona va xotin deb qarash amaliyoti barcha darjalarda ustunlik qila boshladi. Bunday amaliyot xotin-qizlarning ayniqsa, qishloq ayollarining ahvoli, tanlash imkoniyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Xotin-qizlarni kamsituvchi qarashlar va urf-odatlar, aqidalar ba`zan uchrab turadi. Shuningdek aholining huquqiy madaniyati past. Bu boradagi kamchiliklarga barham berish, xotin-qizlarni tom ma`noda yangi, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini teng huquqli bunyodkoriga aylantirish yo`lida insoniyat ma`naviyati xazinasiga tayanmoqdamiz. Sotsiologlar va ijtimoiy psixologlar ta`kidlashicha: jins tushunchasi biologik xususiyatlarga oid bo`lib, unga ko`ra odamlar “erkaklar” va “ayollar” toifasiga bo`linadi yoki kamdan-kam hollarda “germafroditlar” uchraydi. Gender esa ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik alomatlarga tegishli bo`lib, odamlarni “erkaklarga oid” yoki “ayollarga oid” turlarga ajratadi. Aksariyat sotsiologlarning fikricha, gender ijtimoi nuqtai nazardan jamiyatning erkaklarga va ayollarga ijtimoiy bo`linishiga tegishli hollarda qo`llanilishi kerak.1 “Erkak” va “ayol” atamalari ularga hos biologik farqqa hamda o`g`il va qiz bolalarga biriktirib qo`yilgan atama bo`lgan holda, “erkaklarga oid” hususiyatlar ijtimoiy jihatdan jinslarga hos deb hisoblangan, madaniyat orqali shakllangan hatti-xarakatlar va mijoz turlariga taaluqlidir. Ushbu xususiyatlar murakkab va davomli ijtimoiylashtirish jarayonida o`rganiladi. Antropolglar, psixologlar, sotsiologlar genderning biologik emas, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan belgilanishi, madaniy va tarixiy jihatdan esa nisbiy ekanligini ta`kidlaydi. Uning mazmuni, sharxi va ifodasi o`z ichida ham, madaniyatlararo ham o`zgardi hamda tarixiy o`zgarioshlar ob`ekti bo`lib xizmat qiladi. Ijtimoiy omillar – toifa, yosh, irq va kelib chiqishi- alohida gender mazmuni, ifodasi va tajribasini tashkil etadi hamda uni biron-bir soddalashtirilgan usul bilan jins yoki jinsiylikka tenglashtirib bo`lmasligini ajratib ko`rsatadi. Aksariyat madaniyatlarning jinsiy ramziyligida “erkaklarga oid”lik rux, so`z, madaniyat, faollik, kuch, oqilonalik, yorug`lik, mazmunlilik, shakllanganlik va hokozolarga o`xshatiladi. “Ayollarga oid”lik – materiya, tartibsizlik, tabiat, xavfsizlik, ojizlik, his-hayajonga berilish, qorong`ulik, bo`shliq, shaklsizlikka qiyoslanadi. Umuman shuni aytish mumkinki, gender munosabatlari tahlili moxiyatan turmushning iqtisodiy, sotsial, siyosiy jabhalaridagi jinslararo munosabatlarning tahlilidir. COLLINS. “Болшой толковый словарь” Download 130,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling