Kirish Asosiy qism: O'quvchilarni
Download 33.79 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’garak o’tkaziladigan ish mazmuni Soat 1.
Fizikadan masalalar yechish bo’yicha to’garak. (11-sinf).
Fizika kechalari – bu maktabda sinfdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir. Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa sinfdan tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni, aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning hammasi aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak. Fizika kechalarining mavzulari turlicha bo’ladi. Kecha fizika kursining qandaydir bo’limiga yoki mavzusiga, fan va texnikaning katta yutug’iga, ajoyib sanalarga (radio kuni, kosmanavtika kuni), vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga, to’garak ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli fizikaga bag’ishlangan bo’lishi mumkin. Fizika bo’limlariga bag’ishlangan kechalar o’quvchilar bilimini chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Quyida 7-sinfdan o’tkazilgan “Assalom fizika” kechasining qisqacha mazmuni hamda 9-sinf o’quvchilari bilan “Zuxro yulduzi” va “Ona zamin” komandalari o’rtasidagi bellashuvning mazmuni beriladi. Quyida “Assalom fizika” kechasining qisqa matni beriladi. o’quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani to’ing, vazifasini tushuntiring. o’quvchi: Menzurkani qo’liga oladi va uning hajmini, o’lchashdagi vazifasini tushuntiradi. o’quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o’lchanadi? o’quvchi: Termometr kashf etilgunga qadar tana harorati qo’l bilan aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o’lchanadi deb termometrni ko’rsatadi. o’quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi? o’quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir. o’quvchi: Kuchni qanday asbob bilan o’lchanadi, uni to’ing va qaerlarda ishlatilishini tushuntiring? o’quvchi: Kuch dinamometr bilan o’lchanadi. U muskul kuchlarini aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi. SHunga o’xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim ko’proq ball yig’sa, shu o’quvchi g’olib hisoblanadi. Download 33.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling