Kirish Asosiy qism Shovqin ekologiyasi


Download 296.61 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi296.61 Kb.
#219053
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maftuna

Vibratsiya – mexanik tebranish bo’lib, odamga salbiy ta’sir qilishi mumkin, ayniqsa past tovush va infratovush chastotalar, Ultratovush tarang muxitda 11200 dan 109 Gts diapazonda mexanik tebranishlarda yuz beradi. Sanoatda detallarni tozalash va yog`sizlantirish, metallarga mexanik ishlov berish uchun 18000 dan 30000 Gts chastotasigacha bo`lgan tebranishli ultratovush qurilmalar keng qo`llaniladi.

Odamga ultratovush havo muxiti orqali ta’sir qiladi. Ulg’tratovush kurilmalarida ishlovchilar bosh og`riq bilan tez charchaydi, uxlagada uyqusi buziladi, og`zi quriydi va ko’rish qobiliyati susayadi. Ishlab chiqarishda va trasportda ventilyatorlar, kompressorlar, ichki yonish dvigatellari ishlaganida, avtomobillar yurganida infratovush paydo bo`ladi, bu tovush eshitish orqali seziladi. eshitish ostonasini pasaytiradi Mashina, ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash va ishlatishda, shuningdek ish joylarini tashkil etishda shovqindan, vibratsiyadan va ultratovushdan ximoyalash uchun zarur choralar ko`rish kerak.



  1. Shovqindan ximoyalanish chora tadbirlari

  1. Tovushni so`ndiruvchi va tovushdan izolyatsiyalovchi materiallardan va konstruktsiyalardan foydalanish kerak.

  2. Tsexda mashina – uskunalarni ratsional joylashtirish zarur.

  3. Shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish kerak.

  4. Mexnat kilish va dam olish rejimlarini ratsional tanlash, shovqin sharoitida bo`lish vaqtini qisqartirish.

  5. Korxonalar xududlarini ko`klamzorlashtirish va suv xavzalarini qurish zarur.

  6. Shovqin paydo bo`lish manbaida mashinalar shovqinini kamaytirish kerak.

  7. Shovqin tarqalishini cheklash.

  8. Tovushdan izolyatsiyalovchi guruxlar vositasida shovqinni lokalizatsiyalash.

  9. Shovqinni ekranlashtiruvchi shovqin so`ndirgichlarni qo`llash kerak.

Devorlar va tusiqlarning tovush izolyatsiyasini oshirish yoki ularning massasini kamaytirish uchun ular urtasida havo oraliqli turli to`siqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday konstruksiyalar bir qavatli shu massadagilarga nisbatan yaxshiroq tovush izolyatsiyasi xossasiga ega. Germetizatsiyalovchi materiallar sifatida yumshoq tipdagi rezina, asbest shnur, bitum shimdirilgan kanopdan foydalanish mumkin.

Tovush energiyasini yutish tipi bo`yicha barcha materiallar va konstruktsiyalar 3 guruxga ajratiladi: g`ovak-g`ovak, rezonans va donador.



  1. G`ovak – g`ovak so`ndirgichlarga yog`och tolali, mineral paxta, shisha tola plitalar, sement fibrolit, ftoroplastlar, kapron va mineral tolali matolar, shisha tolalar kiradi. Bu materiallar tovushni quyidagicha so`ndiradi, tirqishlardagi tovush energiyasi ichki ishqalanishni yengish okibatida issiklik energiyasiga o`tadi. Tovush so`ndirish koefitsienti tovush so`ndirish materiallarining xossalariga, qalinligiga va joylashtirish usuliga bog`lik.

  2. Rezonans tovush so`ndirgichlar ikki tomonidan mato yopishtirilgan perforatsiyalangan ekrandan iborat bo’lib, shovqin manbaidan ma`lum bir masofada joylashadi. Ekran sifatida metall taxtalar, yogoch – qirindi va asbotsement plitalar va fanerlar qo`llaniladi.

  3. Donador tovush sundirgichlar – hajmli tovush so`ndirish jismlari bo’lib, binoda bir – biridan 1500-2000 mm masofada osib qo`yiladi. Ular asosan govak-govak materiallardan tayyorlanadi.

Paxta tozalash zavodlariga ventilyatordagi shovqinni pasaytirish uchun quyidagi choralarni ko`rish zarur:

  1. Ventilyatorlar gildiraklarini balansirovkalash.

  2. Sharikli podshipniklarni ishdan chiqqan ventilyatorlarni ishga tushirishga yo'l quymaslik.

  3. Ventilyator balansirovkasining buzilishiga olib keladigan gildirak detallari yeyilishiga yo’l qo’ymaslik.

Shovqinni ulchash va analiz qilish uchun turli konstruktsiyadagi shovqin o’lchagichlar, analizatorlar, magnitofonlar va otsillograflardan foydalaniladi.

O’lchov traktlari bo’yicha shovqinni o’lchash usullari inspektorlik va muxandislik usullariga bo’liadi.



  • Inspektorlik usuli - asosan ishlab chikarish, transport, maishiy shovqinlarning sanitariya normalariga muvofikligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu o’lchash usulida shovqin o’lchagich va oktava chastota polosalari bor analizatordan foydalaniladi.

  • Muxandislik usuli - bunda shovqin manbalari tekshiriladi, paydo bo’lish sabablari analiz qilinadi va shovqin sundirish vositalari ishlab chikiladi.




  1. Download 296.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling