Kirish asosiy qism: tarixiy-madaniy turizm haqida
Download 75.01 Kb.
|
Hazrati Xizir masjidi
Ma’lumki ajdodlarimiz bir necha ming yilar davomida otashparastlik diniga e’tiqod qilganlar. Ular uchun payg’ambar Zardusht tomonidan tartibga solingan "Ovesto" muqaddas hisoblangan. Otashparastlik dinining aqidalariga ko’ra yer, suv, havo va olov muqaddas hisoblanib bu to’rt unsur har qanday tahqirlashdan xoli bo’lgan. Hashamatli va ulug’vor ibodatxonalarda kecha-yu, kunduz muqaddas olov yonib turgan, ajdodlarimiz sarxush qiluvchi xaoma ichimligidan ichishib "Ovesto"dan ilohiy madhiyalarni ko’ylaganlar. Ular shu tariqa ma’buda Axura Mazdaga o’z mehr-muhabbatlarini izhor qilganlar... Bu holat to VIII asrning boshlarigacha davom etdi... Eramizning VII asrlarga kelib insoniyat ma’naviyatida yangi hodisa ro’y berdi, ya’ni Arabiston yarim orolining Madina shahrida islom dini paydo bo’ldi. Islom dini tezlik bilan yaqin atrofga tarqala boshladi. Arablar Suriya, Falastin va Eron kabi mamlakatlarni egalashib VIII asrning boshlarida Amudaryo qirg’oqlariga yetib keldilar. Ularning nazarlari So’g’diyonaga qaratilgan edi. 674 yili arab lashkarboshisi Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykent shaharlarini istilo qilib juda ko’p miqdorda o’ljani qo’lga kiritdi. Shundan so’ng, arablar tomonidan Movoro¬un¬nahr deya atalgan bu yurtga birin-ketin bosqinlar boshlandi. Bu yurishlar ichida eng halokatlisi Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim tomonidan uyushtirilgan harbiy yurishlar edi. Shu o’rinda, Amudaryo ortiga o’z qo’shinlarini boshlab kelgan arab lashkarboshilarining maqsadlari nima edi? - degan savol to’g’ilishi tabiiydir. Bu muammoni tahlil qilgan tarixchilarning fikrlaricha, arablarning Movoraunnahrga qilgan dastlabki yurishlari talash va ko’plab uljalarni qo’lga kiritishdan iborat bo’lgan Ikkinchi asosiy maqsad esa o’lkaga yangi islom dinini yoyish edi. Ha, arablar ajdodlarimizdan ular bir necha asrlardan buyon muqaddas hisoblab kelgan yer, suv, olov va havoni emas, bu to’rt unsurni yaratgan yagona Allohni tan olishni talab qildilar. Ammo, bir necha ming yillardan buyon amal qilingan e’tiqodni birdaniga tark etib yangi, hali anglab yetilmagan e’tiqodni tan olish unchalik oson emasdi. Shu tufayli ajdodlarimiz o’z e’tiqodlari va vatanlari himoyasi uchun arablarga qarshi qo’zg’oldilar... Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab lashkarlari 712 yili Samarqandni qamal qildilar. So’g’d podshosi Furek boshchiligida samarqandliklar erk jangiga ko’tarildilar. Furek kuchlar teng emasligini yaxshi anglab, Shosh podshosi, Farg’ona ixshidi va turk hoqonidan yovga qarshi yordam so’radi Hoqon, ixshid va podsho o’zaro maslahatlashib Samarqand hukmdori Furekka yordam berishga kelishdilar. Hoqonning o’g’li boshchiligida harbiy otryad tuzildi. Bu lashkarlar Toshkent, Farg’ona va turk hoqonlarining aslzoda-zodaganlaridan tuzilgan bo’lib, dushmanga kutilmaganda hujum qilishga qaror qilindi. Qutaybaning ayg’oqchilari Samarqandga kelayotgan bu yordam haqida xabar topishib unga yetkazdilar. Qutayba o’z akasi Solih boshchiligida 20 ming askarni pistirmaga qo’yib madadkorlarni kuta boshladi. Samarqandga yordamga shoshilayotgan Hoqonning o’g’li kutilmaganda pistirmaga duch keldi. Ikki o’rtada qizg’in jang boshlandi. Arablar yordamga shoshayotgan toshkentlik, farg’onalik va hoqon lashkarlarini katta qismini qirib tashlashga erishdilar, qolganlari asirga olindi. Shunday qilib kutilgan yordam Samarqandga yetib kelmadi. Qattiq qamal va shiddatli janglardan sung arablar shaharni istilo qilishga erishdilar. Arab tarixchisi At-Tabariy Samarqandni istilo qilinishi haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgandir. Tarixchining yozishicha, Qutayba shaharga kirgach shaharliklar bilan vaqtinchalik shartnoma tuzgan, harbiy harakatlar va talon-tarojni to’xtatgan. Qutaybaning o’zi shaharning eng baland qismiga ko’tarilib uni tamosha qilgan. Qutayba bilan tuzilgan muvaqqat shartnomaga ko’ra so’g’dlar arablarga: katta miqdorda tovon to’lashlari, har yili ma’lum miqdorda qullar yetkazib berishlari, ibodatxonalardagi barcha boyliklarni berishlari, masjid qurishlari, so’g’d qo’shinlarini shahardan chiqarishlari va shaharni butunlay arablar ixtiyoriga berishlari lozim edi. Furek shahardan lashkarlarni chiqarishga, ibodatxonaga minbar o’rnatishga va g’oliblar uchun ziyofat hozirlashga buyruq berdi. So’g’d podshosi Furek Qutaybani kutib olish uchun shaharning Kesh darvozasiga bordi. Qutayba arablarga qarshi mardlarcha kurashgan so’g’d podshosi Furekni har tomonlama kamsitishni, uni ruhan mag’lub etishni xohlardi. Shu sababli u dastlab Furekni o’zi oldida tiz cho’kishga va so’ngra to shahar ichidagi ibodatxonagacha piyoda yurishga majbur qildi. Piyoda ketayotgan Furekning ortidan g’olib Qutayba otda viqor bilan borar edi. Qutayba shahar ibodatxonasiga yetib kelgach ichkaridan sanamlarni olib chiqishni buyurdi. Bu sanamlarning barchasi oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Foliblar sanamlardan barcha qim¬mat¬baho narsalarni ajratib olib bir joyga to’pladilar. Ibodatxonada sanamlar shu darajada ko’p ediki, ular bir joyga to’planganda ulkan tepalik paydo bo’ldi. Qutayba barcha sanamlarni yoqib yuborishga buy›ruq berdi. Furek va ibodatxona kohinlari, Qutaybadan bu ishni qilmaslikni so’radilar, kimki bu ishni qilsa bir baloga uchrashini aytdilar. Ularing so’zlaridan g’azablangan Qutayba mash’alani olib sanamlar uyumi ustiga otdi. Sanamlar uyumi gurillab yonib ketdi, so’ngra ularning kuli ichidan arablar 50 ming misqol oltin va kumush mixlarni yig’ib oldilar. So’ngra Qutayba namoz o’qish uchun minbar qo’yilgan ibodatxonaga kirdi va ibodat tugagach ziyofatga o’tirdi Ziyofatdan so’ng arablar tahorat qilishib yana ikki rakaat namoz o’qidilar. Shundan so’ng Qutayba o’z mirzasi Sabitga haqiqiy shartnoma matnini yozishga buyruq berdi. Haqiqiy shartnomaga avval ikki o’rtada tuzilgan muvaqqat shartnoma asos qilib olindi. Ushbu shartnoma yozilayotganda Samarqand istilosida qatnashgan 14 arab lashkarboshilari guvoh sifatida qatnashdilar. Shartnoma yozib bo’lingach barcha guvohlar imzo chekdilar, Qutayba esa o’z muhri bilan tasdiqladi. Ertasi kuni podsho Furek Qutayba bilan uchrashdi va Samarqandni qaytarib berishni so’radi, chunki ikki o’rtada tuzilgan shartnomaga ko’ra, Furek Samarqand podshosi sifatida tilga olingan, bunga Furekning o’zi ham ishongan edi. Ammo Qutayba Furekning yuziga nafrat bilan qarab: "Shahardan chiqib ket" - deya buyurdi. Furek shaharni tark etishga majbur bo’ldi. Shahar ichidagi otashparastlar ibodatxonasi vayron qilinib uning yoniga hashamatli masjid qurildi. Qutayba sanamlarni yoqmoqchi bo’lganida Furek aytgan bashorat to’g’ri chiqdimi yoki boshqa sababdanmi, 715 yili Qutayba Farg’onada o’z odamlari tomonidan o’ldirildi. Samarqand va uning atrofidagi tumanlar asta-sekinlik bilan istilo qilingach, arablar otashparastlar ibodatxonalarini vayron qildilar. Masjidlar qurishib yangi islom diniga da’vat qildilar... Shu tariqa ajdodlarimiz otashparastlik dinini unutishib sekinlik bilan islom dinini qabul qildilar... Download 75.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling