Kirish asosiy qism: tarixiy-madaniy turizm haqida


Download 75.01 Kb.
bet8/20
Sana09.06.2023
Hajmi75.01 Kb.
#1475231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
QOSIM SHAYX AZIZON. Markaziy Osiyo tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan davrlardan biri – bu shayboniylar hukmronligi davridir. Bu davr bir asr davom etib, shu davr tarixida chuqur iz qoldirgan shayboniyzodalardan biri - Abdullaxon binni Iskandarxon binni Jonibekxondir. U 1534 yilda Karmana yaqinidagi Ofarinkentda (hozirgi Xatirchi tumani atrofida) tug‘ilib, hayotining ko‘p qismi Karmana bilan bog‘liqdir. Abdullaxon va uning otasi Iskandarxon davrida Buxoro xonligi, jumladan, uning ajralmas qismi bo‘lgan Karmana ham rivojlangan, obod mavzelardan biriga aylangan. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro poytaxtga aylanib, gullab-yashnashida mamlakat hukmdori Abdullaxonning xizmatlari salmoqli bo‘lgan bo‘lsa, zabardast hukmdorning harbiy-siyosiy muvaffaqiyatlarida esa Karmanalik mashhur sufiy hazrat qutb ul-avliyo Qosim Shayx Azizonning hissasi beqiyosdir.
HAZRAT MAVLONO ORIF DEHGARONIY (DEHGARON yoki DEGGARON). Tasavvuf ilmi sohiblari, ilmiy bashoratchilarning tarixi, ularning hayoti va karomatlari xususida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo‘lyozmalarida, tarixiy kitoblarda ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Mavlono Orif Dexgaroniyning karomatlari xususida bir qancha tarixiy manbalarda qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Sayyid Muhammad Nosiruddinning «Tuhfat az-zoirin» («Ziyoratchilarga sovg‘a») (XX asr), Farididdin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», Faxriddin Ali Safiyning «Rashaxrtu aynil-hayot» («Obihayot tomchilari»), Abul Muhsin Muhammad Bokir ibn Muhammad Alining «Baxouddin Naqshband», Abdurahmon Jomiyning «Nafosat ul-ins», Badriddin Kashmiriyning «Ravzat ar-rizvon», Xusayn as-Saraxsiyning «Manokqibi Sa’diya» kabi asarlarida Mavlono Orifiyning naqadar mo‘tabar va ulug‘ zot ekanligi zikr qilinadi.
Mavlono Orif iy, tarixiy manbalarning guvohligiga qaraganda, taxminan 1312 yilda Xazora qishlog‘i Dexgaron dahasida (hozirgi Karmana tumanining Xazora jamoa xo‘jaligi hududida) tug‘ilgan. Asl kasbi do‘kondor bo‘lib, bo‘z to‘qish bilan shug‘ullangan. Mavlono Orif Dexgaron dahasida tug‘ilganliklari bois Dexgaroniy nomi qo‘shib aytilgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, Amir Kulolning 4 o‘g‘li va 4 xalifasi bo‘lgan. To‘rt o‘g‘illarini to‘rt xalifalari tarbiyasiga bergan. To‘ng‘ich o‘g‘illari Amir Burxonni Bahouddin Naqshband, ikkinchisi - Amir Shohni Shayx Yodgor Konsuruniy, uchinchisi - Amir Hamzani Mavlono Orif Dexgaroniy va to‘rtinchisi - Amir Umarni Jamoliddin Osiyoyi tarbiyalagan. Mavlono Orif Dexgaroniy Xoja Bohouddin Naqshbandning ma’naviy ustozi sanalgan.

Download 75.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling