Kirish asosiy qism: tarixiy-madaniy turizm haqida


Download 75.01 Kb.
bet9/20
Sana09.06.2023
Hajmi75.01 Kb.
#1475231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
DEGGARON MAJMUASI (XIV.). Karmana shahrining 30 km g‘arbidagi hazora qishlog‘ining yonida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri — Deggaron masjidi joylashgan. Navoiy viloyati Karmana tumani Hazara QFY hududida joylashgan “Mavlono Orif Deggaroniy” jome masjidi viloyatning eng qadimiy masjididir. Masjidning qachon qurilgani to‘g‘risida har xil ma’lumotlar bor.
Uning qurilish davri XI asr boshlaridan nariga o‘tmaydi. Bu bino Zarafshonning so‘l qirg‘og‘ida, endilikda vayron bo‘lgan, lyokin ilgari yaxshi mustahkamlanib qurilgan qadimiy kichiq bir qishloq hududida joylashgan. Qishloqning ham, masjidning ham nomi bu yerda yashagan, aholining asosiy mashg‘uloti — o‘tga chidamli qozon tayyorlashdan olingan. 
Shunisi e’tiborliki, Xojagon Sulukining mashhur sufiylaridan biri bo‘lmish Shayx Mavlono Orif Deggaroniy (1313–1376) shu qishloqda tug‘ilgan va shu yerda dafn etilgan. Bu zot Naqshbandiya tariqatidagi Xojagon Sulukining buyuk namoyandasi bo‘lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri hisoblanadi.
Keyinroq, XVII asrda Deggaron qishlog‘i masjiddan bir oz narida joylashgan Hazora qal’asiga aylangan. Masjid turli texnika usulida qurilgan: tashqi yuzasi, ustunlari va poydevorining bir qismi — pishiq g‘ishtdan, devorlari xom g‘isht va paxsadan iborat. Gumbazlarining ichki qismi ravoqlardan, devorga tegib turgan yoki alohida qad ko‘targan ustunlar g‘ishtdan bino qilingan. Markaziy gumbazni ko‘tarib turgan to‘rt ravoq g‘isht va ganjdan sebarga shaklidagi o‘ziga xos bezaklar bilan bezatilgan. markaziy gumbaz atrofidagi sakkizta kichiq gumbaz «balxi» uslubidagi kichiq ravoqlar orqali masjidning tashqi devorlari va ichki ustunlariga tayangan holda qurilgan. Bu joy hozirda qayta ta’mirlanib, majmuada muzey faoliyat ko‘rsatmoqda.
1991 yil imom bo‘lib ishlagan O‘sarov Sa’dulla domlani aytishicha 1991 yil 16 mayda italiyalik ikkita olim kelishgan va qo‘llaridagi kitobda esa Hazara qishlog‘idagi bu qadimgi masjid binosi VI-VII asrda qurilganligi yozilgan edi. U olimlarning kitobida bu masjid zardushtiylarning davrida qurilgan bo‘lib, ularning ibodatxonasi bo‘lgan. Binoning to‘rt tomoni ochiq bo‘lib, to‘qqiz gumbazni to‘rtta g‘ishtdan ko‘tarilgan ustunlar ko‘tarib turgan. Samoniylar davriga kelib bu bino musulmonlar masjidi sifatida foydalana boshlangan.
Masjid hududlari “Deggaron” qishlog‘i bo‘lgan, “deggaron” so‘zining ma’nosi qozon yasovchilar mahallasi degan ma’noni bildirgan va masjid shu mahallada bo‘lgani uchun uni ham “Deggaron” masjidi deb nomlangan.
1910 yil 1328 hijriy sanada Buxoro amiri Abdulaxatxon tomonidan masjidning oldi va bir yon tomoniga ayvon qurilgan. Bu ayvonlar 1980 yillargacha mavjud bo‘lgan.
Keyinchalik bu masjid “Mavlono Orif Deggaroniy” deb atalishini sababi Mavlono Orif Deggaroniy hazratlari 1313 yilda Xazora qishlog‘ida Deggaron daxasida tug‘ilgan. Asl kasbi do‘kondor bo‘lib, bo‘z to‘qish bilan shug‘ullangan. Mavlono Orif hazratlari Said Amir Kulolning eng yaqin shogirdlaridan biri bo‘lib ulug‘ alloma, atoqli tarbiyachi, xojagon-naqshbandiya tariqati rivojiga muhim hissa qo‘shgan sohibikaromat zot bo‘lgan.
Amir Kulol hazratlari aytadiki, Mavlono Orif va Bahovuddin Naqshbandiyga teng keladigan pir yo‘q deb e’tirof qilgan. Ular Alloh taolo marhamatiga musharraf bo‘lgan insonlardir deganlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan yurtimizdagi ziyoratgohlar, avliyolarning qabr va qadamjolarini obod qilish, tarixiy obidalarni ta’mirlash, ularni asl holatiga keltirish uchun sa’y-harakatlar boshlandi. Shular qatori 2007 yil “Mavlono Orif Deggaroniy” jome masjidi katta ziyoratgoh va ko‘rkam manzilga aylandi. Hozirda bu maskan mo‘min musulmonlarimiz ziyorat qiladigan dargoxlardan biridir .

Download 75.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling