Kirish Asosiy qism Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish
Download 0.56 Mb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish. Ish T30 va 2T30 teodolitlarining misolida ko‘rib chiqilgan. Teodolit va uning qismlari.
Reja: Kirish Asosiy qism Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish. Nivelir tuzilishini o‘rganish vs tekshirish Analitik va grafik usulda xisoblash III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish. Ish T30 va 2T30 teodolitlarining misolida ko‘rib chiqilgan. Teodolit va uning qismlari. T30 va 2T30 teodoliti topografik s’yomkada, injenerlik ishlarida gorizontal va vertikal burchaklarini 30" aniqlik bilan o‘lchashga mo‘ljallangan optik takroriy teodolit bo‘lib (1.1-rasm), qismlari va nomlari rasmda ko‘rsatilgan. Optik teodolitlar ham metall limbli teodolitlar kabi bo‘laklardan yasaladi, ular limbining shishadan yasalganligi, verner o‘rnida mikroskop ishlatishi bilan farq qiladi. O‘qlar va ularning munosabati 4.1-rasmga asoslanadi. T30 ning ko‘rish trubasi astronomik ichki fokuslanadigan bo‘lib, shtrixli mikroskopining sanoq olish aniqligi 1. Teodolit ustki qismi taglik 12 ga ajralmas qilib biriktirilgan, taglik esa uchta ko‘tarish vinti 13 yordamida metalldan ishlangan doiraviy maxsus disk 24 ga ajralmas qilib o‘rnatilgan. Disk plastinka 20 ga mahkamlangan, u shtativ 7 ustiga o‘rnatiladi va markazdagi vtulka orqali turg‘izish vinti 8 bilan mahkamlanadi. Taglikka gorizontal doiraning mahkamlash vinti 6 va qaratish vinti (orqasida) joylashgan. Taglik markazida teodolitning asosiy qismi aylanadi, limb, alidada hamda vertikal doiralar yopiq qilib ishlangan. Alidadaning mahkamlash 10 va qaratish 16 vintlari yonma-yon qilib adilak 11 yoniga o‘rnatilgan. Asbob silindrik adilak 11 yordamida gorizontal vaziyatga keltiriladi; adilak tuzatish vinti 9 bilan tuzatiladi. Teodolitning ko‘rish trubasi ikkita taglik-kolonka 14 dagi gorizontal o‘qda o‘rnatilgan bo‘lib, trubaning mahkamlash 17 va qaratish 18 vintlari bir kolonkada joylashgan. Qaratish vinti, hamma vaqt, mahkamlash vinti kotirilgach buralishi kerak. Trubaning ikki tomonida ikkita vizir 4 bo‘lib, bu vizir narsaga taxminan qaratib, uni aniqlab olish uchun xizmat qiladi. Vizirdan foydalanishda ko‘z 20—25 sm narida turishi kerak; nuqtaga vizirdagi krestning markazi qaratiladi. Truba ko‘zga dioptrik xalqa 2 yordamida, narsaga esa kremaler vint 1 vositasida to‘g‘rilanadi. Truba okulyari yoniga mikroskop 19 o‘rnatilgan. Teodolit nuqtaga shovun yordamida yoki optikaviy usulda markazlashtiriladi. Shovun osish uchun ilgak 21 qilingan, truba orqali optikaviy usulda markazlashtirish uchun kolonkalar o‘rtasida doiraviy maxsus tirqish bor, yerdagi nuqta ana shu tirqish orqali ko‘rinadi. Truba ikki tomoni (ob’ektiv va okulyar) bilan zenit orqali aylanadi. Teodolit tagligi o‘rnatilgan disk 24 asbob joylanadigan qalpoqsimon metall g‘ilofning tagi vazifasini ham o‘taydi. Diskning ikki tomonida teshikli moslama 25 bo‘lib, unga teodolit g‘ilofidagi ikkita ilgak ilinadi, shunda g‘ilof (qalpoq) mahkam turadi. 1-rasm. T30 teodoliti shtativda. 1 — kremaler vint, 2 — dioptriy halqasi, 3 — iplar to‘rining qopqog‘i, 4 — vizir, 5 — vertikal doira, 6 — tregerning siquvchi vinti, 7 — stolcha, 8 — turg‘azgich vint, 9 — adilak tuzatgich vinti, 10 — alidada siquvchi vinti, 11 — silindrik adilak 12— treger (taglik), 13 — ko‘targich vint, 14 — kolonka, 15 — gorizontal doira, 16 — alidadaning qaratgich vinti, 17 — trubaning siquvchi vinti, 18 — trubaning qaratgich vinti, 19 — mikroskop, 20 — uch bo‘rtmali plastinka, 21— ilgak, 22 — shtativ oyog‘i, 23 — ob’ektiv, 24 — doiraviy disk, 25 —teodolit qalpog‘idagi ilgak ilgich. Shtativ. Shtativ metalldan, oyoqlari yig‘iladigan qilib ishlangan. Teodolit shtativ ustiga disk orqali qo‘yilgach, turg‘izish vinti 8 bilan mahkamlanadi; buning ichidan chiqqan ilgak 21 ga shovun osiladi. Ishdan keyin shtativ oyoqlari yig‘ilib, tasmasi bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir oyog‘ida shovunni saqlash uchun moslama (qalpoqli chuqurcha) ishlangan. Okulyar nasadkasi. Qiyalik burchagi 45° va undan ortiq bo‘lgan nuqtalarga qarash va o‘rnatgan nuqtaga markazlash uchun ishlatiladigan maxsus nasadkalar bo‘lib, ular okulyar va mikroskop okulyariga kiygiziladi. Unda ko‘rish o‘qi yo‘lini o‘zgartiruvchi prizmadan yasalgan yorug‘lik filtri bo‘lganidan u bilan quyoshga qarash mumkin. Orientirlash bussoli. Teodolit bir kolonkasining tepa tomonida vertikal doira tashqarisida maxsus o‘yilgan joy bo‘ladi, unga moslangan ensiz bussol vint yordamida kerak vaqtda o‘rnatiladi va orientirlash bussoli deyiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling