Kirish Asosiy qism Teodolit tuzilishi va uning asosiy qismlarini o‘rganish
Download 0.56 Mb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik va grafik usullar bilan maydon yuzasini aniqlash.
Nivelirni tekshirish.
N3 niveliri quyidagi shartlar bo‘yicha tekshiriladi: 1. Doiraviy adilak o‘qi nivelirning aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Buni tekshirish uchun uchta ko‘tarish vinti buralib, pufakcha adilak markazidagi doiracha o‘rtasiga keltiriladi, keyin u 180° aylantiriladi. Agar pufakcha doiracha markazidai chetga chiqmasa, shart bajarilgan bo‘ladi, aks holda adilak tagidagi tuzatish vintlari 14 vositasida pufakcha markazidan surilganining yarmi qadar teskariga suriladi. 2. Iplar to‘rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Tekshirish uchun gorizontal ipning bir uchi 40—50 m masofadagi qo‘zg‘almas nuqtaga qaratilib, truba qaratish vinti vositasida o‘ng va chapga suriladi, agar shunda ip qaratilgan nuqtadan siljimasa, shart bajarilgan bo‘ladi, aks holda to‘r qopqog‘ini olib, trubaning okulyar kismini ob’ektiv tirsagiga mahkamlaydigan to‘rtta shurupni otvyortka bilan bo‘shatib, okulyar qismi bir oz buraladi-da, ip gorizontal qilinadi. Bu shart, ko‘pincha, zavod kafolat berganligidan tekshirilmaydi. 3. Ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Bu nivelirning eng zarur sharti bo‘lib, bu shartni ikki usul bilan tekshirish mumkin: 1-usul. Oldinga nivelirlash usulida ikki tomondan nivelirlash yo‘li bilan tekshiriladi. Asbob A nuqtaga o‘rnatilib, gorizontal vaziyatga keltirilgach, asbobning balandligi i1 o‘lchanadi, keyin 50—60 m masofadagi V nuqtaga qo‘yilgan reykadan sanoq v olinadi. Analitik va grafik usullar bilan maydon yuzasini aniqlash. Yer maydonlaridan foydalanishga oid turli loyihalarini tuzishda, ularning tabiiy boyligini o‘rganishda, yerlarni hisobga olish va yo‘qlama qilishda yer maydonlari yuzalarini aniqlash talab qilinadi. Er maydonlarni xo‘jalik ahamiyatiga, ularning o‘lchamlari, shakli va cho‘zilganligi, joyda va planlarda o‘lchangan chiziq uzunligi va burchaklari qiymatlarini mavjudligi hamda joyning topografik sharoitiga qarab yer maydonlari yuzalari quyidagi usullarda aniqlanadi. Analitik - joyda o‘lchangan chiziq uzunligi va burchaklarning natijalari yoki ularning funktsiyalari - shakllar uchlarining koordinatalari bo‘yicha yuzalar aniqlanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling