Kirish. Asosiy qism


Neft va gaz uyumlariga ta’sir etuvchi qatlam enyergiyasi


Download 1.07 Mb.
bet4/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1317604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barqaror rejimdagi gidrodinamik tatqiqotlari natijasiga ishlov berish

2.3 Neft va gaz uyumlariga ta’sir etuvchi qatlam enyergiyasi
Uyumlaridagi neft va gaz quduqlar yordamida ochilgunga qadar statik holatda bo‘lib, tiklik bo‘yicha (yuqorida – gaz, undan keyin neft va tub qismida suv) joylashadi.
Kon ochilganda quduq tubida qatlamga nisbatan kichik bosim paydo bo‘ladi, natijada uyumda muvozanat buziladi, suyuqlik va gaz quduq tubi tomoniga siljiydi, ya’ni harakat bosim bilan bosimli soxaga tomon yo‘naltiriladi.
Bunday holatlarda qatlam enyergiyasi neft yoki gazning siljishiga va qarshiliklarni engib o‘tishiga sarflanadi. Suyuqlik va gazlar qatlam g‘ovakliklarida harakatlanganda qarshilikka uchraydi va natijada qatlam bosimi pasayadi. Tog‘ jinslarida neft va gaz kuch ta’sirida joylashgan bo‘lib, bu kuch neft, gaz va suvni qazib olish ko‘rsatgichiga, tasnifiga va jadalligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Qatlamga ta’sir etuvchi kuchlar: harakatlantiruvchi kuchlar, neft va gazning harakatlanishiga qarshilik qiluvchi kuchlar, neftni uyumda ushlab turuvchi kuchlar kabi turlarda bo‘ladi. Uyumlarda neft, gaz va suvlarni harakatlantiruvchi kuchlarga quyidagilar kiradi:
a) tutashuv chegarasi va tub qatlam suvlari ta’siridagi kuchlar;
b) qatlam suv bosimi tizimi tarangligi tufayli paydo bo‘ladigan kuchlar, ya’ni suyuqlikning taranglik kuchi;
v) neft va gaz do‘ppisida yerigan gazlar siqilishidan uning yerkin kengayishi ta’sirida paydo bo‘ladigan kuchlar;
g) neftning og‘irlik kuchi;
d) tog‘ jinsining taranglik kuchi;
Qatlamda neftning harakatlanishiga qarshilik qiluvchi kuchlarga quyidagilar kiradi:
a) suyuqlik va gazlarning ichki ishqalanish kuchlarini va qovushqoqligini engib o‘tish bilan bog‘liq kuchlar;
b) neft, gaz va suvning tog‘ jinslari g‘ovaklik kanallari devorlariga ishqalanish kuchlari;
v) neft va gazning qatlam bo‘ylab fazalar oralig‘ida harakatlangandagi ishqalanish kuchlari;
g) g‘ovak kanallar devorlarining namlanishi hisobiga qatlamda neftni ushlab turuvchi kapillyar va molekulyar sirt kuchlar.
Suyuqlik va gazning uyum bo‘ylab harakatlanishida gidravlik qarshilik kuchi katta bo‘lib, oqim tezligi oshishi bilan qarshilik kuchi ham oshib boradi. Suyuqlik va gaz harakatlanganda ishqalanish qarshiligi kuchi qiymati tog‘ jinslari g‘ovakligi o‘lchamlari va kesimining yaxlitlik (bir xillik) darajasiga hamda g‘ovaklar devorlari sirti g‘adir budurliklariga bog‘liq bo‘ladi.
Neft qumoq tosh kollektorlari orqali harakatlanganda zarralar diametri va qatlam tog‘ jinsining kanallari qanchalik kichik bo‘lsa fazalar oralig‘idagi ishqalanish va qarshilik kuchi shunchalik katta bo‘ladi. Qarshilik kuchlari komponentlarningqovushqoqliklari har xilligi natijasida ularning bir-biriga nisbatan qarshilik harakati tufayli paydo bo‘ladi.
Kichik g‘ovaklarda suyuqlikni ushlab turuvchi va qatlamda harakatlantiruvchi kuchlarga qarshi ta’sir etuvchi siqishga intiluvchi kuchlarga ta’sir etishda kapillyar kuchlar katta rol o‘ynaydi. Qumoq toshli qatlamlarda neftning suv bilan namlanishi, neft oluvchanlik kattaligiga keskin ta’sir etadi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling