Kirish. Asosiy qism


Quduqlarni qurish bosqichi


Download 1.07 Mb.
bet5/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1317604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barqaror rejimdagi gidrodinamik tatqiqotlari natijasiga ishlov berish

2.4 Quduqlarni qurish bosqichi
Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin quduqni burg‘ilash joyidagi maydon begona predmetlardan tozalanadi, o‘rmon mavjud bo‘lganda daraxtlarni qirqish va kundalar qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash ishlari botqoqli joyda olib borilsa yo‘l tayyorlanadi. Maydoncha qurilish matyeriallari to‘qiladi, burg‘ilash qurilmasi tagidagi botqoqlik bartaraf qilinadi.
Qurilish maydoni tekislanadi, elektr uzatmasi, aloqa va suv keltiriladi. Agar mahalliy relf va masofa yaqin bo‘lsa, burg‘ilash minorasi demontaj qilinmasdan - maxsus zanjirli telejkalarda yoki sirpanuvchi chanalarda, hamda pnevmatik harakatlanuvchi usullarni qo‘llash mumkin.
Burg‘ilash minorasi ko‘chirib borilgandan va joyiga o‘rnatilgandan keyin qolgan jihozlarni montaj qilish boshlanadi, ya’ni dizel uzatmali porshenli nasoslarni yoki elektrouzatmali nasoslarni; burg‘ilash aralashmasini tozalash tizimi, elektr shitlari, quduq usti jihozlari (rotor, preventor, gidravlik og‘irlik indikatori), minora inshootlarini burg‘ilash yopilmalari va hakozolar.
Agar burg‘ilash ishlari yangi maydonda boshlansa, unda hamma jihozlar, burg‘ilash minorasidan boshlab, nasos bloki, tozalash inshootlari va hokazolar alohida-alohida burg‘ilash maydoniga tashib keltiriladi, shu yerning o‘zida burg‘ilash minorasi va hamma qolgan jihozlar yig‘iladi. Burg‘ilash minorasi va hamma jihozlar montaj qilingandan keyin quduqni burg‘ilashni boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
1. Tal blokini va kranblokni po‘lat arqon bilan jihozlash va ko‘taruvchi ilgakni osish.
2. Kichik mexanik vosita qurilmalarini o‘rnatish va sinash.
3. Kvadratni vyertlyug ilgagiga yig‘ish va osish (etakchi quvurni), quvur-ustunga va vyertlyuga egiluvchan yuqori naporli shlangni ulash.
4. Minorani markazlash.
5. Rotorni o‘rnatish.
6. Quduq yo‘llanmasini burg‘ilash.
Tayyorlov ishlari tugallangandan keyin burg‘ilash brigadasi hamma agregatlarni sinaydi va undan keyin sinov burg‘ilash ishlari o‘tkaziladi. Sinov burg‘ilashdan keyin ishga qo‘shish deb ataluvchi konfyerensiya o‘tkaziladi.
Ishga tushirish konfyerensiyasida mastyer boshchiligida burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari, muhandislik-texnologik xizmatning mas’ul xodimlari, markaziy laboratoriya xodimlari burg‘ilash ishlari boshlig‘i va bosh muhandislarning hammasi qatnashadi.
Konfyerensiyada texnologik reja va quduqni burg‘ilash masalalari, burg‘ilashda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkabliklar va boshqa savollar bilan tanishtiriladi.
Burg‘ilash rejasiga muvofiq burg‘ilash uchun burg‘ilar, burg‘ilash quvurlari jamlanadi. Burg‘ilash maydonida burg‘ilashni boshlaguncha vagon-oshxona, dam olish va maxsus kiyimlarni quritish uchun vagonlar, burg‘ilash yeritmalarini tarkibi va sifatini tahlil qilish uchun kimyoviy laboratoriyalar o‘rnatiladi.
Burg‘ilash ishlari olib boriladigan joy atrofiga asboblar maydoni, burg‘ilash aralashmalarini saqlash, kimyoviy regentlar uchun omborxonalar joylashtiriladi.
Ishga tushirish konfyerensiyasidan keyin rejali quduqlarni burg‘ilash ishlari boshlanadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida to‘xtovsiz burg‘ilash yeritmalari haydaladi.
Burg‘ilash aralashmasi faqat parchalangan tog‘ jinslarini yer ustiga o‘zi bilan olib chiqmasdan, boshqa bir qator quyidagi muhim funksiyalarni ham amalga oshiradi:
1. Neft va gazning ochiq otilmalariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quduq tubida qarshi bosim hosil qilish.
2. Quduq stvoli devorini loylash va quduqda tog‘ jinslarining nurab ketishi oldini olish.
3. Quduq stvolida burg‘ilash aralashmasi sirkulyasiyasi to‘xtatilganda, parchalangan tog‘ jinslarini muallaq holda ushlab turish.
4. Burg‘ini, turboburni, elektroburni va tizmani sovutish.
5. Enyergiyani turboburga yoki vintli dvigatelga uzatish.
6. Burg‘ilash jihozlarini va burg‘ilash tizmasini karroziya va ishqalanishdan himoya qilish.
7. Inyertlik xossasiga ega bo‘lish.
8. Issiqlikka chidamli bo‘lishi va o‘zidan issiqlikni qatlamga o‘tkazib yubormaslik.
9. Tog‘ jins zarrachalaridan tozalashning qo‘lay bo‘lishi va brshqa shu kabilar.
Burg‘ilash yeritmalarini tayyorlash usullariga ko‘ra quyidagi turlarda bo‘ladi:
1. Suvli asosda tayyorlangan, ya’ni loy suvda kimyoviy reagentlar qo‘shimchalari bilan yeritilgan yoki oddiy texnik suvda yeritilgan bo‘lishi mumkin.
2. Neft asosli yeritmalar yoki karbonsuvchil yeritmalar.
3. Emulsiya asosidagi yeritmalar.
4. Gazsimon yoki ayeratsiyali yeritmalar.
5. Sirt-faol moddalar (SFM) va polimyerlar, ko‘pincha poliakrilamid (PAA) li yeritmalar.
Suv ko‘pgina ijobiy sifatlarga egadir, jumladan: quduq tubida parchalangan tog‘ jinslarini yaxshi tozalaydi, burg‘ilash jihozlarini sovitadi, boshqa yeritmalar bilan taqqoslanganda arzon. Lekin texnologik suvning qo‘llanilishi chegaralanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda texnologik suv qatlamga sizilib, kollektorlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada quduqdan neft qazib olish debitining kamayishiga olib keladi. Suv sirkulyasiyasi to‘xtab qolganda tog‘ jinslarini ushlab turolmaydi, loy jinslarning bo‘lishiga olib keladi va hokazo.
SHuning uchun loyli burg‘ilash yeritmalari qo‘llaniladi, loyli yeritmalarni tayyorlash uchun bentonit, kaomin va boshqa shu turdagi loylar qo‘llaniladi. Bir tonna bentonitli loylarga 14-15 m3 suv aralashtirilganda sifatli loyli yeritma olinadi, o‘rta va past sortli loydan 4÷8 m3 hajmdagi loyli yeritma tayyorlanadi.
Loyli yeritmalarning zichligi va qovushqoqligi yeritma sirkulyasiya to‘xtatilganda u parchalangan tog‘ jinsini zarrachalarini muallaq ushlab turishi, qatlamga filtratlarning kirib borishiga to‘sqinlik qilishi, quduq devorini yaxshi loylashi va neft gazni ochiq otilishiga to‘sqinlik qilishi kabi xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi.
Loyli yeritmalar burg‘ilash sharoitiga bog‘liq holda kimyoviy reagentlar qo‘shimchalari, sirt faol moddalar (SFM), poliakrilamid va boshqalar bilan tayyorlanadi.
Neft asosli yeritmalar ko‘p komponentli tizim bo‘lib, asosi neft yoki dezil yoqilg‘isi bo‘lib, dispyers fazasi sifatida esa bitum oksidi, asfalt yoki gidrofobli bentonit olinadi.
Neft asosli burg‘ilash yeritmalari mahsuldor gorizontlarni ochishda, hamda qatlamda bo‘kuvchi loylar va tuzlar mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Neft asosli burg‘ilash yeritmalari asosan mahsuldor qatlamlarni ochishda yaxshi samara byeradi, chunki qatlamning quduq tubi soxasidagi tabiiy xossalarini saqlaydi, jumladan, neft va gazli kollektorlarga kirib borganda qatlamning asosiy parametri – o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Yeritmaning asosiy emulsiyasida 60-70 % neft yoki neft mahsulotlari, qolgan qismi esa suvdan iborat. Emulsiyali burg‘ilash aralashmalari loyli va tuzli yotiqiziqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Gaz shaklli yoki ayeratsiyali aralashmalar suyuqlikni (suv yoki neft emulsiyasi) gaz-havo bilan aralashtirilgan aralashmasidan tuzilgan bo‘lib, SFM va ko‘pik shakllantiruvchilar bilan 1:30 nisbatda bo‘ladi.
Bu yeritmalar ham, yuqorida keltirilgan loyli yeritmalarning xossalariga ega bo‘lib, ularni burg‘ilash jarayonidagi katastrofik yutilishda qo‘llash mumkinligi, hamda past qatlam bosimli mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‘llash mumkin kabi qo‘shimcha yutuqlarga ham ega.
SFMdan va biopolimyerlardan foydalanib, suvli asosdagi burg‘ilash yeritmalarini tayyorlash mumkin. Suvni SFM yoki biopolimyerlar bilan aralashtirilganda geleosimon aralashma shakllanadi, jumladan o‘zining tuzilmali mexanik xossalari har qanday minyerallizatsiyada saqlanadi. Bunday aralashma quduq devorining mustahkamligini saqlash va mahsuldor qatlamlarning o‘tkazuvchanligini pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaniladi.
Burg‘ilash yeritmalarining zichligi har xil bo‘ladi. Kam loyli yeritmalarning zichligi 1500-1600 kg/m3, og‘ir burg‘ilash yeritmalariniki 2100kg/m3 va undan yuqori, neft asosli yeritmalariniki esa 790-980kg/m3 bo‘ladi. Burg‘ilash yeritmalarining qovushqoqligi uni tashkil etuvchi zarrachalar harakatlanganda qarshilik ko‘rsatish xossasidir.
Burg‘ilash yeritmasining tarkibidagi suvni tog‘ jinsiga byerish hususiyatiga filtratsiya deb ataladi. Yeritmada suv qancha ko‘p bo‘lsa, loyli zarrachalar shuncha kam bo‘ladi, mahsuldor qatlamga suv qanchalik ko‘p yutilib kirsa, uning hisobiga mahsuldor qatlamning o‘tkazuvchanligi va quduqning debiti shuncha kam bo‘ladi.
Burg‘ilash yeritmalarini parchalangan tog‘ jinslarini qanchalik ushlab turish qobiliyatiga barqarorlik deb ataladi.
Burg‘ilash yeritmalarini tayyorlash jarayonida uni xossalarini yaxshilash maqsadida kimyoviy ishlov byeriladi. Burg‘ilash yeritmalariga kimyoviy ishlov byerish uning tarkibiga mos bo‘lgan kimyoviy moddalarni qo‘shish jarayonidir.
Burg‘ilash yeritmalariga kimyoviy ishlov byerilganda zaruriy qovushqoqlikka yerishish, uning issiqlikka chidamlilik xossasini oshirish, barqarorligini kuchaytirish va sizilish xossasini pasaytirish kabilarga yerishish nazarda tutiladi.
Burg‘ilash yeritmalar zavod sharoitlarida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri burg‘ilash maydonida tayyorlanadi. Burg‘ilash yeritmalari quduqlarni burg‘ilash jarayonida tozalanadi. Burg‘ilash yeritmalari qisman tog‘ jinslaridan tarnovlardan tushishida va sig‘imlardan chiqishida tozalanishi mumkin. SHuningdek burg‘ilash yeritmalari tebratish bloklarida, gidrotsiklonlarda maxsus tizimlarda majburiy mexanik tozalashdan o‘tkaziladi. Tog‘ jinslaridan tozalangan yeritma yana qaytadan quduqqa haydaladi. Quduqni burg‘ilash jarayonida har xil murakkabliklar, jumladan tog‘ jins nomustahkamligi tufayli ag‘nab ketishi; burg‘ilashda qatlamning katta g‘ovakligi va o‘tkazuvchanligi tufayli burg‘ilash yeritmasining oz-ozdan to to‘liq yutilib ketishi; katta kovaklarning paydo bo‘lishi; quduqdagi bosimdan qatlam bosimi yuqori bo‘lganda neft yoki gaz (ochiq neft yoki gaz) otilmalarining paydo bo‘lishi; tog‘ jinslari nurab ketganda, katta egrilanishda, quduqning stvolida burg‘ilangan tog‘ jinslari cho‘kkanda, quduq stvolida sirkulyasiya to‘xtaganda burg‘ilash jihozlarini qisilib qolishi kabilar sodir bo‘ladi.
Quduqlar tik, qiya-yo‘naltirilgan va gorizantal burg‘ilanadi. Uzoq vaqt quduqlar faqat tik holda burg‘ilanib kelindi. So‘nggi yillarda ko‘proq quduqlarni burg‘ilashda kech-yo‘naltirilgan burg‘ilash usuli qo‘llanilib, quduq loyihaga muvofiq tiklikdan traektoriya bo‘ylab og‘diriladi.
Odatda qiya quduqlarni dengiz tagini, daryo, ko‘l, hamda tog‘lar tagini, jarlarni: botqoq joylarni hayvonot o‘rmonlarini, yirik sanoat ob’ektlarini, shahar va qishloqlar joylashgan joylar tagini burg‘ilashda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf etishda, mahsuldor yerlarni saqlab qolishda, burg‘ilashga quduqlarni tayyorlashda, kommunikatsiya (aloqa elektroenyergiya, suv uzatmalari va hokazo) harajatlarini kamaytirishda qiya quduqlarni qo‘llash mumkin. Quduq profilini tiklikdan og‘dirish uchun maxsus moslamalar qo‘llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: egri uzatma, egri burg‘ilash quvuri, har xil ko‘rinishdagi og‘dirgichlar va h.k.
Keyingi yillarda ko‘proq gorizontal quduqlar, hamda ishlangan quduqlarda va norentabel quduqlarda, neft bilan ishlanmagan qatlamchalarda yon gorizontal stvollarni burg‘ilash qo‘llanimoqda.
Hisob qismi

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling