Kirish asosiy qism yuklama diagramma haqida tushunchalar Elektr yuritma quvvatini tanlash
Elektr motorlarining nominal tezligini tanlash
Download 49.01 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr motorlarning konstruksiyasini tanlash.
Elektr motorlarining nominal tezligini tanlash. Elektr motorlarni ish mashinalari bilan o’zaro biriktirishning eng sodda va mustahkam turi ularni bevosita mufta orqali ulashdir. Bu holda motorning tezligi ish mashinasining tezligiga teng qilib olinadi. Motorlar esa ma’lum standart tezlikka mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, motorlarning nominal quvvatda ( kattaroq bo’ladi. Shuning uchun aksariyat motorlar 1500 va 3000 ayl/min tezlikka mo’ljallab chiqariladi. Ikkinchidan, ish mashinalari, asosan, kichik tezlikka (200 500 ayl/min) mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, motorlarni ish mashinalariga ulash uzatish qurilmalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bunday hollarda motorning nominal tezligi bir necha variantlarda hisoblash, tekshirish va analiz qilish asosida tanlanadi.
Elektr motorlarning konstruksiyasini tanlash. Motor konstruksiyasini tanlashda atrof-muhit sharoiti ham hisobga olinadi. Bunda motorni tashqi muhit ta’siridan himoyalash kerak bo’lsa, ikkinchi tomondan, motorlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uchqunlardan atrof- muhitni (agar yonuvchi changlar, portlovchi gazlar va aralashmalar va shunga o’xshashlar mavjud bo’lsa) himoya qilish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham motorlar ochiq, himoyalangan, yopiq va portlashga xavfsiz ko’rinishda ishlab chiqariladi. Ochiq motorlar hech qanday himoya vositalariga ega bo’lmaydi va changsiz, iflossiz va boshqa aralashmalarga ega bo’lmagan quruq xonalarda ishlatiladi. Himoyalangan motorlar quyidagilarga bo’linadi: - tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishdan va motor ichiga tashqi buyumlar tushib ketishidan himoyalangan (motorning ochiq joylarini yopib truvchi to’rlari bo’ladi); - suv tomchilari tushishidan himoyalangan (to’rdan tashqari soyaboni ham bo’ladi). Yopiq motorlarni zax, gazli, changli xonalarda ishlatish mumkin. Ular qopqoq hamda maxsus zichlagich bilan ta’minlanadi. Bunday motorlar ichiga tashqaridan chang, gaz va boshqa aralashmalar kirmaydi. Germetik yopiq motorni esa uzoq muddat suvga botirib qo’yilsa ham motor ichiga nam o’tmaydi. Portlashga xavfsiz motorlar yong’in va portlash xavfi bo’lgan, xavfli gaz yoki bug’li xonalarga o’rnatiladi. Ularning korpusi shu qadar mustahkamki, portlash natijasida motor ichida hosil bo’lgan alanga tashqariga – portlash xavfi bo’lgan muhitga chiqmaydi. Bulardan tashqari, motorlarni sovitilishi, mahkamlanishi va shu kabi boshqa shunga o’xshash xususiyatlariga qarab ham bir necha turga ajratish mumkin. Download 49.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling