Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar


-chizma. DAMAS avtomobilining ramasi


Download 2.89 Mb.
bet61/164
Sana02.06.2024
Hajmi2.89 Mb.
#1834183
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   164
Bog'liq
yurish qismiga txk O\'MT

94-chizma. DAMAS avtomobilining ramasi.
Lonjeronlar va ko'ndalang to'sinlarga avtomobil qismlarini yoki mos agregatlarni mahkamlash uchun zarur bo'lgan turlicha kronshteynlar (3) payvandlanadi yoki parchin mix bilan biriktiriladi. Lonjeronlar va to'sinlar o'zaro payvandlash yo'li bilan birikliriladi.
Yengil avtomobillarda rama vazifasini kuzov bajaradi. Kuzov karkasi tashqi qoplama panellar bilan kuchaytinlib, payvandlangan bikr konstruksiyadir. Kuzovning umumiy bikrhligiga kuchaytiruvchi armaturasi turlicha yupqa devorli shaklda ishlangan po'latli qoplama panellanib mos ravishda biriktirish orqali erishiladi,Kuzov korpusining dvigatel mahkamlanadigan joyiga asos bilan biriktiriladigan kalta rama payvandlanadi. Kuzov poli qalinroq bo'lgan metall varaqlardan (listlardan) tayyorlanadi va yon tomondan quti shaklidagi bo'sag'a (porog) bilan kuchayliriladi. Kuzovning qoplama panellari yupqa devorli metall varaqlardan shtamplanadi. Tutib turuvchi kuzov detallari ko'pincha payvandlash usuli bilan biriktiriladi.
Yetaklovchi bo’magan oldingi ko'prik. Yuk avtomobillarining yetaklovchi bo'lmagan oldingi ko'prigi boshqariladigan oldingi g’ildiraklarni o'rnatish uchun xizmat qiladi. U avtomobilni yo'l bilan kontakti natijasida hosil bo'lgan bo'ylaina va yon kuchlarni g'ildirakdan osmalar orqali avtomobil ramasiga uzatadi.
Oldingi ko'prik asosini ( 95-chizma) ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo'rtmasi bo'lgan qo'shtavrli to'sin (2) tashkil qiladi. To'sinning o'rta qismi pastga tomon egilgan bo'lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko'prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar (3) mavjud. To'sin bo'rtmasiga shkvoren (4) qo'yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o'qiga podshipniklarda g'ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o'zi esa buruvchi richag (5) yordamida shkvorenda burila oladi.Oldingi g'ildiraklari mustaqil osmaga ega bo'lgan orqa yuritmali yengil avtomobillarda oldingi ko'prik kalta to'sin ko'rinishida bo'lib, avtomobil kuzoviga mahkamlanadi. U bir paytning o'zida dvigatelni mahkamlash uchun ham xizmat qiladi. Yetaklovchi orqa ko'prik to'sini. G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan avtomobillarda, u tortish rejimida yetaklovchi g'ildiraklardan turtuvchi kuchlarni va tormozlashda tormozlanish kuchlarini osmalar orqali avtomobil kuzoviga yoki ramasiga uzatadi.
Yetaklovchi ko'prik to'sini konstruksiyasiga qarab ajraladigan yoki ajralmaydigan bo'lishi mumkin. To'sin ichiga yetaklovchi ko'prik mexanizmlari joylashtiriladi, uchlariga esa podshipniklarda yetaklovchi g'ildiraklarning gupchaklari o'rnatiladi. Ko'prik to'sini old tomondan asosiy uzatma va differensial karterini mahkamlash uchun flanesga, orqa tomondan qopqoqqa ega. To'sinning tepa qismiga ressorlar mahkamlanadigan ikkita tayanch maydonchalar payvandlab qo'yilgan,
Yuk avtomobilidagi oldingi yetaklovchi ko'prikning to'sini konstruktiv jihatdan orqa yetaklovchi ko'prik to'sinidan unchalik farq qilmaydi.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Avtomobil ramalari qanday vazifabajaradi?
2. Lonjeronli ramalar qaysi avtomobilla ko’proq qo’llanadi? .
3. Yengil avtomobillarning ramasi qanday ko’rinishda bo’ladi?.
4. Oldingi va orqa ko’priklarning turlarini ayting.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling